Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti


Fikrning noaniqligini ifodaslaydigan modal so‘zlar



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə29/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

2. Fikrning noaniqligini ifodaslaydigan modal so‘zlar:

1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, cho­g‘i;

2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;

3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan;

4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.

Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.

Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.

Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.

Achinish: afsus, attang, esiz.

Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.

Quvonch: xayriyat.

Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo‘q.

Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so‘zlar ham mavjud.

  • Modal so‘zlarning ko‘pchiligi mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqqandir.

1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to‘g‘ri, so‘zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) fe’ldan: xoyna-xoy (tojikcha xohi-naxohi so‘zidan); 4) bog‘lovchidan: balki; 5) so‘z birikmasidan: har qalay, har hol­da; 6) gapning modal so‘zga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) so‘z tushirish natijasida hosil bo‘lgan: o‘z-o‘zidan (aniq so‘zi tushib qoladi).

Modal so‘zlar sof va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan so‘zlari sof modal so‘zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo‘llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi. Modal so‘zlar gap tarkibidagi so‘zlardan vergul bilan ajratiladi va ko‘pincha kirish so‘z vazifasini bajarib keladi.

So‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini bildira­digan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi: Ehtimol, bugun etib kelar.

Modal so‘zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi:

1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so‘zlar:

1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.); 2) fikrning qat’iyligi ta’kid­lanadi: shubhasiz, shaksiz, so‘zsiz 3) ishonch: albatta 4) ang­latilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o‘z-o‘zidan, 5) fikrning chinligi eslatiladi: to‘g‘ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan.

2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so‘zlar:

1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, cho­g‘i;

2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;

3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan;

4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.

3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.

4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.

5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.

6. Achinish: afsus, attang, esiz.

7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.

8. Quvonch: xayriyat.

9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo‘q.

Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so‘zlar ham mavjud.

Modal so‘zlarning ko‘pchiligi mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqqandir.

1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to‘g‘ri, so‘zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) fe’ldan: xoyna-xoy (tojikcha xohi-naxohi so‘zidan); 4) bog‘lovchidan: balki; 5) so‘z birikmasidan: har qalay, har hol­da; 6) gapning modal so‘zga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) so‘z tushirish natijasida hosil bo‘lgan: o‘z-o‘zidan (aniq so‘zi tushib qoladi).

Modal so‘zlar sof va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan so‘zlari sof modal so‘zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo‘llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi.

Modal so‘zlar gap tarkibidagi so‘zlardan vergul bilan ajratiladi va ko‘pincha kirish so‘z vazifasini bajarib keladi.



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin