Ko‘makchi haqida ma’lumot
Ot, olmosh, harakat nomi va otlashgan so‘zlardan (sifat, son, sifatdosh, ravish) keyin kelib, ularni boshqa so‘zlarga tobelanish yo‘li bilan bog‘slaydigan yordamchi so‘zlar ko‘makchi deyiladi: O‘z qo‘li bilan to‘g‘riladi. Ko‘makchi qaysi so‘zdan keyin kelsa, o‘sha so‘z bilan birgalikda bir so‘roqqa javob bo‘lib, bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.
Ko‘makchilar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Sof ko‘makchilar lug‘aviy ma’nolarini butunlay yo‘qotib, vazifa jihatidan kelishik qo‘shimchalariga yaqin turadigan so‘zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra, qadar, yanglig‘, tufayli. Bunday ko‘makchilar urg‘u olmaydi, urg‘u ko‘makchidan oldingi so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi .
2. Ko‘makchi vazifasida qo‘llanuvchi so‘zlar (vazifadosh ko‘makchilar gapda o‘rni bilan mustaqil so‘z, o‘rni bilan ko‘makchi bo‘lib keladi. Bular quyidagi turkumlardan ko‘makchilarga ko‘chadi:
1)ot turkumidan: tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda;
2)sifatdan: sababli, tufayli, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa; 3) fe’ldan: qarab, qaraganda, ko‘ra, tortib, degan, deydigan, osha, bo‘ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata;
4) ravishdan: avval, so‘ng, keyin, burun, ilgari, beri, buyon, asosan, binoan.
Ayrim ko‘makchilar bog‘lovchi vazifasini ham bajaradi. Bunday so‘zlar ko‘makchi-bog‘lovchilar deb yuritiladi: bilan, deb, deya. Masalan: daftar bilan qalam; Umrim shirin o‘tsin deb(deya), u ko‘p mehnat qildi.
4. Bulardan tashqari, o‘z lug‘aviy ma’nolarini saqlagan holda ko‘makchi o‘rnida kelib, harakat bilan predmet o‘rtasidagi turli munosabatlarni ifodaslaydigan so‘zlar ham bor. Bu so‘zlar o‘rin-payt, chiqish kelishigi va egalik qo‘shimchalarini qabul qiladi. Bunday so‘zlar ko‘makchi otlar deb ataladi: old, o‘rta, yon, orqa, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o‘rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so‘zlar belgisiz qaratqich kelishigidagi so‘zdan keyin kelgandagina ko‘makchi ot hisoblanadi: ish ustida, siqig‘i ostida. Aks holda, ular o‘rin otlari hisoblanadi: stolning ustida, uyning oldida. Ko‘makchi otlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 1) vertikal yo‘nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag. 2) gorizontal yo‘nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon; 3) aralash yo‘nalishni bildiruvchi: o‘rta, ora, bosh.
Dostları ilə paylaş: |