Tez o’qish. Tez o’qish normal tezlikda o’lib, o’qish sur’ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O’qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o’suvi kerak. O’qilayotgan asar mazmunini o’zlashtirishni, matin mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan o’qish tez o’qish deyiladi.
O’qish sifatlarini yaxshi o’zlashtirgan holda o’quvchilarning o’qish sur’ati bir-biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og’zaki nutq tempiga to’g’ri keladigan o’qish sur’ati normal tezlik hisoblanadi. Chunki o’ta tez ham , o’ta sekin o’qish ham matn mazmunini o’zlashtirishni qiyinlashtiradi.
O’qish tezligi bir daqiqada o’qiladigan so’zlar soni bilan belgilanadi. 2005- yilda e’lon qilingan o’qish dasturida 1- sinfning 2- yarim yilligida o’qish sur’ati 20-25 so’z (notanish matnni o’qish tezligi Xam 20-25 so’z); o’quv yili oxirida 25-30 so’z; 2- sinfning 1- yarim yilligida matnni o’qish tezligi 30-35 so’; 2-yarim yilligida 40-50 so’z; 3- sinfning 1- yarim yilligida 60-70 so’z; 2- yarim yilligida 70-80 so’z; 4- sinfning 1- yarim yilligidja ichda ovozsiz 110-130 so’z, ovozli o’qishda 90-100 so’z.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bir daqiqada bola 250 so’zli matnni o’qisa, undagi 200 ta so’zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo’g’inlab o’qisa, uning diqqat markazida so’z emas, bo’g’in bo’ladi. atijada u so’zlarni eslab qola olmaydi.2 Bu 4- sinf o’quvchilarining o’qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so’zdan 100 so’zni eslab qoladi. Bu esa yuqori ko’rsatkichlarga erishish imkonini beradi.4- sinfda xatto bir daqiqada 170-180 ta so’z o’qiydigan o’quvchilar ham bor.
2 Yo’ldoshev J.1992-yil «O’qituvchilar uyidagi ijodkor o’qituvchilarning 1- anjumanidagi nutqidan.
O’qish tezligi to’rt yil davomida to’g’ri va ongli o’qish bilan bog’liq holda asta ortib boradi. O’qish tezligini tekshirganda o’qituvchi o’qiladigan materialning harakterini , ya’ni g’oyaviy mavzuviy murakkabligshini , so’z va gaplarning tuzilishini , ularning bolalar nutqida qaydarajada ishlatilishini, o’qishning to’g’ri va ongli bo’lishini hisobga oladi. O’quvchilarning o’qish tezligi har xil bo’ladi, albatta. O’qituvchining vazifasi barcha o’quvchilarning o’qish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat. Bunga asosan matnni ovoz chiqarib o’qishni mashq qilish bilan erishiladi.