O’ZBEKISTON RESPUBLIRASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO'QON DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
FAKULTETLARO O‘ZBEK VA RUS TILI KAFEDRASI
SOHADA O’ZBEK TILINING QO’LLANISHI
Ы
O'QUV-USLUBIY МAJMUA
Bilimsohasi:
|
100000 – Gumanitar soha
|
Ta’limsohasi:
|
110000 Pedagogika
|
Bakalavr yonalishi:
|
Barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun
|
QO‘QON-2021
Ushbu oquv-uslubiy majmua Oliy va orta maxsus talim vazirligining 2020 -yil
14-avgustdagi 418-sonli buyrugi bilan (buyruqning 1 - ilovasi) tasdiqlangan Sohada ozbek tilining qollanishi fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchilar:
|
H.Ahmedova, katta oqituvchi
|
Taqrizchilar:
|
A.Hasanov, dotsent
|
|
M.Ergashova, dotsent
|
Ushbu oquv-uslubiy majmua Muqimiy nomidagi Qoqon davlat pedagogika instituti Kengashining 2021-yil -avgustdagi 1-sonli majlis bayonida korib chiqilgan va tasdiqlangan
MUNDARIJA:
I.
|
OQUV MATERIALLAR
|
|
1)
|
Amaliy mashgulotlar
|
|
2)
|
MUSTAQIL TALIM MASHGULOTLARI
|
|
II.
|
GLOSSARIY
|
|
III.
|
ILOVALAR
|
|
1)
|
Fan dasturi
|
|
2)
|
Ishchi fan dastur
|
|
3)
|
Tarqatma materiallar
|
|
4)
|
Testlar
|
|
5)
|
Baholash mezonlari
|
|
6)
|
Boshqa malumotlar (fan boyicha boshqa materiallar mavjud bolsa keltiriladi)
|
|
7)
|
OUMning elektron varianti (CD yoki DVD diskda)
|
|
|
|
|
Amaliy mashg‘ulot ishlanmalari
1-mavzu. Ozbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari.
Reja:
1. Tilning jamiyatda tutgan o‘rni. Ozbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari.
2. Til va tafakkur, til va madaniyat munosabati.
3. Davlat tili tushunchasi.
4. Davlat tili haqidagi hujjatlar va ularning mazmun-mohiyati.
Davlat tili qonun yoli bilan tasdiqlanadi. Mamlakatning ichki va tashqi ishlari davlat tilida olib boriladi. Mamlakatda bir yoki bir-necha til davlat tili sifatida qabul qilinishi mumkin. Masalan: Ozbekistonda davlat tili - ozbek tili, rus tili esa millatlararo aloqa vositasi hisoblanadi. Adabiy til umumhalq tilining qayta ishlanib normalashtirilgan shaklidir. Bu til mamlakatning ijtimoiy faoliyatida ogzaki va yozma tarzda xizmat qiladi. Adabiy tilga asos qilib shu millatga mansub bolgan dialektlar olinadi. Masalan: ozbek tili uchun qarluq-chigil-uygur lahjasi asos qilib olingan. Ozbek adabiy tiliga fonetik jihatdan Toshkent shevasi, morfologik jihatdan esa Fargona shevasi asos qilib olindi. Respublikamizda Davlat tili maqomiga ega bolgan ozbek tili o‘qitishni bugungi davr talablariga javob beradigan darajaga yetkazish muhim vazifadir.
Mustaqil davlatimizda ozbek tilining ijtimoiy mavqeyi tobora ortib borayotganligi, lotin yozuviga asoslangan yangi ozbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilayotganligi barcha mutaxassislarning millatidan qat’iy nazar ozbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda. Shuningdek, uzluksiz talimning barcha bosqichlarda, jumladan, oliy o‘quv yurtlarining o‘qish boshqa tilda olib borilayotgan guruhlarida ham ozbek tilini o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi.
Ozbek tili fanini rus tili va adabiyoti talim yonalishi talabalariga oqitish talabalarning davlat tilini puxta egallashiga, milliy, madaniy qadriyatlarni organishiga va ularga hurmat bilan munosabatda bolishiga, barcha sohalarda erkin fikr almashishiga hamda mutaxassislik doirasida muloqot yuritishiga zamin yaratadi.
Ozbek tili fani davlat tilida ogzaki va yozma muloqot yuritish, adabiy til meyorlari, tilning orfoepik va imlo qoidalari, sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili, monologik va dialogik matn tuzish, nutq uslublari, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish masalalarini qamrab oladi.
Ozbek tili fanining asosiy maqsadi talabalarning kundalik, ilmiy va kasbiy sohalarda faoliyat olib borishi uchun oqitishning kommunikativ-nutqiy tamoyili asosida ularda fan boyicha egallangan bilim, konikmalarni muloqot va ish faoliyati jarayonida qollash malakasini shakllantirishga qaratiladi.
Fanning vazifalari:
nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;
ogzaki va yozma nutqda sohaviy terminlarni samarali qollash konikmalarini shakllantirish;
ixtisoslikka oid matn tuzish, uni tahrir va tahlil qilish malakalarini hosil qilish;
– sohaviy hujjatlarni tuzish, shu jumladan, hujjatlarni toldirish va rasmiylashtirish konikmalarini shakllantirish.
Til jamiyat uchun xizmat qilganligi, tuzilishi jihatdan murakkab hodisa
bolganligi uchun ham turli fanlarning tadqiqot obyekti hisoblanadi. Har bir
fan vakili tilni oz nuqtayi nazaridan tadqiq qiladi. Shuning uchun ham turli
fan vakillari tilga turlicha tarif berganlar.
Ulardan ayrimlarini keltiramiz:
- Til insonning sozlash, gapirish qobiliyatidir. (psixolog).
- Til fikr ifodalash va ozaro aloqa quroli bolib xizmat qiladigan tovushlar,
sozlar va grammatik vositalar tizimidir. (psixolingvist).
- Til nutqning oziga xos xususiyatlari va ifoda vositalari bilan ajralib turadigan bir turi, stil, uslub. Mas.: Badiiy adabiyot tili. Sozlashuv tili. Gazeta
tili. Bola tili. Navoiy tili. (adabiyotshunos).
- Til fikr ifodalashda, ozaro aloqa jarayonida yuzaga keladigan ibora, gap, soz, nutq.(tilshunos).
- Til ijtimoiy hodisa. Inson jamiyati mavjudki, til ham mavjuddir. U jamiyatning tugilishi va rivoji bilan tugiladi va rivojlanadi. Jamiyat olishi
bilan til ham oladi. Jamiyatdan tashqarida til yoqdir. (faylasuf).
-Til dil kaliti, bilimlar kaliti, haqiqat quroli.
Til inson ruhining nafasidir. (Y.Grimm).
- Til otganlarni, yashayotganlarni va yashaydiganlarni bir - biri bilan
boglaydigan eng hayotiy va eng mustahkam vositadir. (K.D.Ushinskiy).
- Til xalq tarixidir. Til - rivojlanishga va madaniyatga yoldir. (A.I.Kuprin).
- Til muomala jarayonida har qanday fikrni ifodalay oladigan quroldir.
(L.Uspenskiy).
- Axborot nazariyasiga muvofiq til muomala tizimining kodidir. (Injener-
psixolog).
- Til soz va grammatik qoidalar, qoida-tushunchani ifodalaydigan ramziy
ishoradir.(V.F.Humboldt).
-Til oziga xos strukturaga ega bolgan sistemadir. (F.de Sossyur).
- Til mano bilan boglangan va akustik-artikulatsion birikmalar va ularning psixik obrazlaridan tarixiy yosinda tashkil topgan ijtimoiy aloqa
vositasidir.
Dostları ilə paylaş: |