16. O‘zbekistonda yoki xorijda chop etiladigan ko‘p tirajli
gazetalardan birining obzorini tayyorlang. 17. Muammoli topshiriq. Ommaviy axborot vositalaridagi malumotlar yordamidaquyidagi savollarga javob topishga harakat qiling.
1. Dunyoda yarmarkalar juda kop. Masalan, kitoblar yarmarkasi,
sanoat yarmarkasi, samolyotlar, traktorlar yarmarkalari mavjud. Ammo
Marokashning Atlas toglari etagida har yili kech kuzda uch kungina
bolib otadigan yarmarkada antiqa savdo bolib otadi. Antiqa yarmarka
qay korinishda va nima bilan savdo qiladi?
2. Bank sozi italyanchada kursi degan manoni bildiradi. Osha
kursida otirgan bankir, deylik, bir savdogardan olgan qarzini vaqtida
qaytara olmasa, osha savdogar tomonidan u bankrot deb elon qilinadi.
Orta asrlarda bankrotlik elon qilgan savdogarlar kursida otirgan
bankirga uni bankrot bolganligini qanday ifoda etishgan?
3. Yapon aviakompaniyalari surunkali bir halokat sabab
samolyotlar uchiga kattakon, odamning kozini chizib qoya boshlashdi.
Nima sababdan ular bu usulni qollashga majbur bolishdi?
4. Reklama biznesni harakatlantiruvchi eng katta kuchdir. Oz
molini hamma xohlagan yol bilan reklama qiladi. Yevropalik Este
Lauder degan parfumeriya ishlab chiqarish bilan shugullanuvchi bir
tadbirkor ayol yangi ishlab chiqargan atirining taqdimot marosimida
mahsulotini antiqa, kutilmagan yol bilan reklama qiladi va hammaga
mahsuloti manzur boladi. Este Lauder qanday usulda reklama qilgan?
5. Uni 1930-yilda ommaviy ravishda Germaniyada ishlab chiqara
boshlashdi. Dastavval unga atirgul hidi va qizil lavlagi zarur bolgan. U
nima edi?
6. REEBOK krossovkalari dunyoga mashhur. Ular antiqa usulda
ishlab chiqarilgan. Ong tarafi Tayvanda, chapdagisi Tailandda.
Natijada firma zararlarini qisqartirishga erishgan. Bu qanday zarar?
Adabiyotlar:
1.Asilova G.A. Ozbek tili. Darslik.
Oliy va orta maxsus talim vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashi
qarori bilan oliy talim bakalavriat yonalishlari rus guruhlari
uchun darslik sifatida tavsiya qilingan
Toshkent: Yosh kuch,
2018, 133-143-betlar.
2.Adilova S., Narimova G., Quvandiqova I., Mirazizov A., Yunusova Sh. Ozbek tili. (OTM rusiyzabon guruhlari uchun). -T.: TDPU, 2016, 29-33-betlar.
3. Mirqosimova M., Alimova Sh., Zoitova O., Umarova N. Ozbek tili (texnika universitetining rusiyzabon talabalari uchun). Toshkent: TDTU, 2004. 11-15- betlar.
4.https://lebrary.ziyonet.uz/ Talim portali.