5.Savollarga yozma ravishda javob bering.
Matnda qaysi sohalardagi innovatsiyalar tilga olingan?
So‘nggi yillarda talim sohasida qanday innovatsiyalar joriy
qilindi?
Sizning bolajak kasbingiz sohasida qanday innovatsiyalar
kiritilmoqda? Misollar keltiring.
6. Qavs ichidagi sozlarni ozbek tiliga ogirib, tariflarni
toldiring.
Novatsiya (lotincha novatio) har qanday (новшество) yoki
(изменение) bo‘lib, (деятельность) ning natijasida aks etadi.
Innovatsiya – (передовой) texnika va texnologiya, (управление)
va boshqa sohalardagi (нововведения) va ularning turli sohalarda
qo‘llanishi. Innovatsiya muayyan (процесс) yoki (продукция) sifatining
(требование рынка) bilan o‘sishini ta’minlaydi.
7. O‘ylab ko‘ring va fikringizni bildiring.
XX asrda nimalar ixtiro qilindi?
Bu ixtirolar insoniyat hayotiga qanday ta’sir o‘tkazdi?
Siz XXI asr oxiridagi hayotni qanday tasavvur qilasiz?
8. Quyidagi sozlarning mazmunini izohlang yoki sinonimlarini
toping. Ularni kelib chiqishi boyicha guruhlang.
Maishiy texnika
Elektron hamyon
Robototexnika
3D printer
Elektromobil
Aqlli uy
Virtual sayohat
Biotexnologiya
Quyosh batareyalari
Nanokiyim
Ilmiy-texnikaviy leksika
Fan va ishlab chiqarish sohalarining har biri oz terminologiyasiga ega.
Ishlab chiqarish, texnika va texnologiyalarga oid terminologiya bir
manoliligi, sinonimlarning kamligi, uslubiy betarafligi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, ilmiy-texnikaviy terminlar hamda tushunchalar axborot tashish,
aniqlik, obyektivlik, tushunarlilik kabi xususiyatlarga ega.
Ozbek tilining ilmiy-texnikaviy leksikasi etimologiyasi boyicha
quyidagi guruhlarga bolinadi:
1) kelib chiqishi ozbekcha bolgan terminlar (sanoat, tog tizmasi,
butlovchi uskuna kabi);
2) boshqa tillardan ozlashtirilgan terminlar (antenna, kompyuter,
magniy sulfat kabi);
3) aralash terminlar (zanjirli reaksiya, elektr quvvati, axborot
texnologiyalari kabi).
Ilmiy-texnikaviy mazmundagi matnlar maxsus terminlarga boy boladi.
Unda fikr aniq va ravshan bayon etiladi, emotsional-ekspressiv vositalar
qollanmaydi. Asosiy urgu mantiqiylikka beriladi.