Pedagogika instituti


Rasmiy uslubda og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar, dialektizmlar, jargonlar deyarli ishlatilmaydi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə31/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

Rasmiy uslubda og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar, dialektizmlar,
jargonlar deyarli ishlatilmaydi.
Demak, o‘zbek tilining rasmiy uslubiga mansub yozishma va hujjatlar
boshqa uslublardan leksik-frazeologik va grammatik xususiyatlarga ko‘ra bir-biridan farqlanib turadi. Bayon qilingan fikrlarning izchillik bilan uzviy
bog‘langan bo‘lishiga alohida e’tibor qilinadi va tanlangan so‘zlarning gap
qurilishining rasmiy munosabatni ifodalashga bo‘ysundirilganligi bilan
izohlanadi
1.Tekshirish uchun savollar:
1.Vazifaviy uslublar qanday turlarga bo‘linadi?
2.Uslublar qaysi jihatlarga qarab bo‘lingan?
3. Rasmiy ish uslubining o‘ziga xosligi nimalarda ko’rinadi?
2.Keys-stadi: ―Rasmiy-idoraviy hujjatlarning til xususiyatlari‖.
1-guruhga Muammoli vaziyat.
Quyida qaysi hujjat xususiyatiga ta’rif berilgan? Nima uchun ? Fikringizni
isbotlang. Fikringizga asoslanib matn tuzing.
Rasmiy yozishma va hujjatlar iqtisodiy, yuridik va diplomatik
munosabatlarda, ma’muriy-davlat idoralarida ishlatiladi. Shunga ko‘ra,
rasmiy uslubda....(yuridik qonunlar, diplomatik yozishmalar, farmonlar,
qarorlar, ko‘rsatmalar, buyruqlar, shartnomalar, rasmiy e’lon va xabarlar,
yozishmalar)va shu kabi hujjatlar yoziladi. Yozishmalarga oid qog‘ozlar,
chunonchi, ....(ma’lumotnoma, tilxat, chaqiriq xati, tushuntirish xati,
taklifnomalar) qisqa va aniqligi bilan ajralib turadi. Tildagi muayyan
nutqiy shtamplar, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllardan idoraviy
yozishmalarga xos hujjatlar sanaladi. ....(rasmiy e’lon va xabarlar) ham qisqa
va sodda, ravon va tezda anglashilarli bo‘lishni talab qiladi. Avvalo, bunday
matnlar sintaktik qurilishining murakkabligi bilan ajralib turadi.
Ma’lumki, hujjatlar xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning
maqsadi, yo’nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham
turlichadir. Ma’muriy va huquqiy hujjatlar quyidagi turlarga bo‘linadi...
Ma’muriy va huquqiy hujjatlar qanday turlarga bo‘linishini ayting va
dalillarni isbotlang.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin