Pedagogika tarixi fani haqida ma`lumot. Eng qadimgi davrlardan XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. Mashg‘ulot mavzusi



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə12/32
tarix28.11.2023
ölçüsü125,4 Kb.
#166805
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Maruza 3

4. Xilvat dar anjuman - solik tashqi tomondan xalq bilan, qalban haq bilan birga degani.
Yuqorida keltirilgan to‘rt aqidaga Abdulholiq G‘ijduvoniy quyidagi to‘rt aqida-(talab)ni qo‘shadi:
Yodkard - bu til yoki dil zikri bo‘lib, “Lo iloha illallohu Muhammadur Rasulloh”ni uch marta dilda aytish, ya’ni, Ollohning yagonaligi hamda Muhammad Alayhis-salomning uning erdagi rasuli ekanligini qayd, zikr etish.
Bozgasht - turli fikrlardan xalos bo‘lish, tashqi olamdan ajralishga intilish. Bunda kalimai tayyibani necha marta aytsa ham xayolni boshqa narsalarga bo‘lmaslikdir. Bu – fikrni, diqqatni bir joyga to‘plashga yordam beradi.
Nigohdasht – turli fikrlardan xalos bo‘lish, xayolni boshqa narsalarga bo‘lmaslik. Bunda xayol quvvatini Olloh yodi borasidagi yagona g‘oyada saqlab qolish malakasi hosil bo‘ladi.
Yoddasht - Alloh bilan doimo birga ekanligidan zavq olishdir. Yoddasht hosil bo‘lganda haq muhabbati ko‘ngilni qamrab oladi, huzur baxsh etadi.
Xoja Bahouddin Naqshband, o‘z navbatida, quyidagi uch talabni qo‘shadi:
Vuqufi zamoniy - solik o‘z yo‘lida har vaqt, har bir nafasda Allohga shukronalik va uzr aytmoqlikdan voqif bo‘lish kerak.
Vuqufi-adadiy - bu talab ilohiy ilm martabasining boshlanishi sanalib, “Lo iloha illolloh” kalimasini takrorlashdan maqsad uni ko‘p aytish emas, balki haqiqatni anglash va zikr toq sonni tashkil etishiga etibor berish.
Vuqufi-qalbiy - aytilgan zikrdan qalbning to‘liq ogoh bo‘lishi.
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning ta’lim -tarbiyaga oid o‘gitlari hozirgi davrda ham o‘z qimatini yo‘qotmagan. Ulardan ba’zilarini keltiramiz:
- Ey o‘g‘il, senga nasihat qilaman:
Jamoat xizmatida bo‘lgin, hadis, fiqh ilmlarini o‘rgan, johil so‘fiylardan o‘zingni saqla, hargiz shuhrattalab bo‘lmaginkim, shuhrat ofatdur, mansabni ko‘zlamagil. Noming tillarga kam olinsin, qabulgohinggga nomingni yozma, xonaqoni maskan qilmagil, hukmdorlar va ularning kishilari birla do‘stu hamsuhbat bo‘lma, oz so‘zla, kam egil, ko‘p uxlama, halol egil va haromdan saqlan, hamma kishilarga shafqat ko‘zi birla boq, tashqi ko‘rinishingga oro bermakim, zohirga oro berish botin (dil, qalb)ning xarobligidandir, kishidan hayr so‘ramagil, kishini xizmatga buyurma va hokazolar.
Bu o‘gitlar Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning tariqat suluklariga muvofiq keladi.
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy 1220 yilda (ba’zi manbalarda 1174 yil ko‘rsatiladi) vafot etgan.

Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin