Pedagogika va psixologa



Yüklə 101,14 Kb.
səhifə11/12
tarix30.04.2023
ölçüsü101,14 Kb.
#105110
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Muhayyo Mamatqulova 523-21

9. Oʼzini nazorat qilish.
(Nazorat qilish istagi-taʼsirchanlik).
Ballar yigʼindisi: 9, 19, 29, 39, 49, 59, 69, 79, 89, 99.
1–3 ball (3,5 ball)–Sizdagi iroda zaif boʼlib, oʼzingizni nazorat qilish ham yetarli emas. Sizni faoliyatingiz betartib va bebosh. Koʼpincha bir tekisda harakat qilmaysiz, oʼz vaqtingizni va ishingizni tartibli tashkil qilishni bilmaysiz. Sizda intizomsizlik tez-tez uchrab turadi, faqat oʼz fikrlaringiz bilan hisoblashasiz. Shu bilan birga siz oʼzingizni hayot va uning talablariga toʼla moslashganman deb hisoblaysiz.
5–6 ball (4; 4,5; 6,5; 7 ball)–Umuman olganda, ijtimoiy va ahloq normalarini bajarishda siz qatʼiysiz. Koʼpchilik holatlarda tartibli va rejali harakat qilasiz. Lekin har doim ham qiyinchiliklarni yengib, boshlagan ishni oxirigacha yetkazavermaysi. Siz oʼz faoliyatingizni samarali tashkil qila olsangizda, har qalay oʼzingizni nazorat qilishingizga koʼproq eʼtibor berganingiz maʼqul.
8–10 ball (7, 5 ball)–Sizda oʼzini nazorat qilish yuqori darajada boʼlib, sizni uyushganligingiz, ijtimoiy aniqligingiz, eʼtiborligingizdan dalolat beradi. Oʼzingizni hurmat qilish bilan birga oʼz obroʼyingiz haqida doim gʼamxoʼrlik qilasiz. Sinchkovsiz, baʼzan qaysarlikka moyilsiz. Sizda bu xususiyatlar “Men–kontseptsiyasi” ni kuchli nazorat qilishini natijasidir.
10. Qoʼzgʼaluvchanlik, zoʼriqish-boʼshashish.
Ballar yigʼindisi: 10, 10, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90, 100.
1–3 ball (3, 5 ball)– Siz boʼshashgansiz, murakkab maqsadlardan oʼzingizni olib qochasiz. Baʼzi bir vaziyatlarda haddan tashqari oʼzidan qoniqish dangasalikka olib keladi. Kamroq xatolarga yoʼl qoʼyish uchun kichik maqsadlarni qoʼyasiz. Muvaffaqiyatga ham, muvaffaqiyatsizlikka ham loqayd va xotirjam qaraysiz. Аgar sizda oʼzgarishga, muvaffaqiyatga erishishga intilish boʼlmasa, “Men” ingizni kuchi zaif boʼlsa, “Men – kontseptsiyasi” salbiy boʼlsa, faoliyatingiz samarasi koʼrinmaydi.
5–6 ball (4; 4,5; 6,5; 7 ball)–Ehtiyojlaringiz miqdori koʼpligi tufayli sizda bir muncha zoʼriqish bor, xarakteringiz notinch, asabiy ruhiy olamingiz qoʼzgʼaluvchan. Murakkab maqsadlardan oʼzini olib qochish va zoʼriqish birinchi navbatda kasbiy faoliyat natijasi boʼlib, bunga oʼz navbatida, temperament tiplarining oʼziiga xos xususiyatlari maʼlum darajada oʼz taʼsirini oʼtkazadi. Shu bilan birga qoʼzgʼalish va zoʼriqishni namoyon boʼlgan darajasi sizda “tolerantlik” shakllanganligini koʼrsatadi.
Tolerantlik-yoqimsiz omillar taʼsiriga berilmaslik, ruhiy chidamlilik. Bu holat sizning faoliyatingizni muvaffaqiyatli davom ettirishingiz uchun imkoniyat beradi.
8–10 ball (7,5 ball )–Siz haddan tashqari zoʼriqqansiz, meʼyordan ortiq faolsiz, sabr-toqatingiz yoʼq. Siz uchun hissiy barqarorlik xarakterli boʼlib, past kayfiyat va qoʼzgʼaluvchanlik ustunlik qiladi. Siz koʼpincha oʼzingizni toliqqan his qilasiz.



Yüklə 101,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin