Pedagogika va psixologa


Oʼziga ishonch – ishonmaslik



Yüklə 101,14 Kb.
səhifə10/12
tarix30.04.2023
ölçüsü101,14 Kb.
#105110
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Muhayyo Mamatqulova 523-21

7. Oʼziga ishonch – ishonmaslik.
Ballar yigʼindisi: 7, 17, 27, 37, 47, 57, 67, 77, 87, 97.
1–2 ball (3,5 ball) – Qatʼiy oʼzingizga ishonasiz, sizni “oʼzdan” chiqish holatiga olib kelish qiyin. Siz atrofdagilar va hamkasblaringiz taʼsiriga berilmaysiz, oqibatda ularga yoqmaysiz. Haddan tashqari oʼziga ishonish va taʼsirga berilmaslik, sizning faoliyatingiz uchun maqsadga muvofiq emas.
5–ball (4; 4,5; 6,5; 7 ball)– Sizni oʼzingizga boʼlgan ishonch darajangiz oʼz muvaffaqiyatsizliklaringizni boshqarish imkoniyatini, boʼlayotgan voqealarni toʼgʼri baholash va ularga munosib javobni bera olishni, oʼz imkoniyatlarga ishonchni yuzaga keltiradi. Sizda oʼzini kamsitishga moyillik boʼlmasada, lekin bir muncha yuqori darajadagi tez xafa boʼlish, taʼsirchanlik bor. Oʼzingizga boʼlgan ishonchni mustahkamlashga harakat qiling. Kasbiy sifatlaringizni takomillashtirishga alohida eʼtibor bering.
8–10 ball (7, 5 ball )– Sizda ortiqcha vahima, taʼsirga tez berilish mavjud. Siz deyarli har doim bezovtasiz, sizda oldindan nohush fikrlar va xislar vujudga keladi, oʼz imkoniyatlaringizni yetarli baholaysiz. Jamoatchilik orasida oʼzingizga ishonmaslikni xis qilasiz, oʼzingizni haddan tashqari jiddiy, kamgap tutasiz. Oʼz kuchlaringizga ishonchni rivojlantiring. Hayotda va ishda oʼzingizni aybdor deb xis qilishga moyillik, oʼzini toʼgʼri baholashni va umuman obroʼyingizning pasayishiga olib keladi.
8. Mustaqillik – tobelik.
Ballar yigʼindisi: 8, 18, 28, 38, 48, 58, 68, 78, 88, 98.
1–3 ball (3, 5 ball)– Siz guruhga tobesiz, mustaqil emassiz, doimiy suyanchiqqa, qoʼllab-quvvatlashlarga muhtojsiz. Faoliyatda (umuman hayotda) sizga tashabbuskorlik, shaxsiy feʼl-atvor yoʼnalishini tanlashda dadillik yetishmaydi.
5–6 ball (4; 4,5; 6,5; 7 ball)– Siz hamma narsani oʼzingiz qilishni maʼqul koʼrsangiz ham, atrofingizdagilar tavsiyasi va takliflarini ham rad etmaysiz. Siz mustaqil boʼlishni ham, atrofdagilarga tayanishni ham, ularni qoʼllab-quvvatlashlarini ham hohlaysiz. Ushbu mustaqillik faoliyatingizning samarali boʼlishini taʼminlaydi.
8–10 ball (7,5 ball)–Oʼzingizdan koʼnglingiz toʼq, shaxsiy qarorlaringizni tavsiya qilasiz, tadbirkorsiz, uddaburonsiz. Oʼz yoʼlingizni tutishga moyilsiz, mustaqil harakat qilasiz. Odamlar fikri bilan hisoblashmaysiz. Sizni “odamlarni yoqtirmaydi”, deb boʼlmaydi, siz faqat ularning maslahatiga, qoʼllab-quvvatlashiga muhtoj emassiz. Oʼzgalar fikrini hisobga olmasligingiz koʼpincha jamoadagi obroʼyingizga salbiy taʼsir oʼtkazadi. Baʼzi hollarda boshqalar fikriga ham quloq solish kerak.

Yüklə 101,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin