Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachi shaxsiga qo'yiladigan talablar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə1/4
tarix20.12.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#187401
  1   2   3   4
Sahnalashtirish 4- ma\'ruza (2)

Maktabgacha ta’limda bolalarni ijodiy faoliyatini tashkil qilish texnologiyasi

Oqituvchi: D.Xusaanova.

Reja:

MTTda ijodiy faoliyatga o‘rgatishning asosiy maqsadi

Ijodiy faoliyatga o‘rgatishning vazifasi

Maktabgacha yoshdagi bolalar ijodkorligiga rahbarlik qikish

Maktabgacha yoshdagi bolada bilish jarayoni ijodiy faoliyat natijasida yuz beradi. Bolaning berilgan topshiriqni bajarish jarayonida izlanishi, ijodiy faoliyati namoyon bo‘lishi uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan, meʼyor va mezonlarga ega bo‘lgan, o‘zo‘zini anglagan faoliyat zaruriyati seziladi. Bu esa bolada atrof-olam obʼektlari va ular haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish; taʼlim samaradorligini vujudga keltirish, faoliyatning avvalgi turlariga tayanishni taqozo etadi.

Xususan, “Shaxsdagi ijodkorlik xususiyatlarini qanday tarbiyalash mumkin?”- degan dolzarb muammo bugun paydo bo‘lmagan. Azal-azaldan ijodkorlikning boshlanishi bo‘lgan insondagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish masalasi bevosita bolalar taʼlimtarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi pedagoglarni ham, tadqiqotchilarni ham hozirgi davrgacha qiziqtirib keladi. Taʼlim va tarbiya, shaxsning jamiyatda shakllanishi, qobiliyatlarni rivojlantirish hanuzgacha pedagogikaning eng dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy faollikni shaklantirish texnologiyasini ishlab chiqish muammosi ko‘p qirrali pedagogik- psixologik ijtimoiy vazifalardan biri bo‘lib, jamiyat ijtimoiy rivojlanishi va taraqqiyoti uchun dolzarb vazifalardan biridir.

Maktabgacha taʼlimda bolalarda ijodiy faollikni shakllantirish taʼlim-tarbiya jarayonining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Maktabgacha taʼlimning faol va yetakchi subʼektlari bo‘lgan bolalarning yosh va psixologik xususiyatlari, shuningdek, tasviriy sanʼat, mehnat, musiqa va jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos jihatlari o‘qituvchidan ijodiy yondashuvni talab qiladi.

MTTda ijodiy faoliyatga o‘rgatishning asosiy maqsadi

Ijodiy faoliyatga o`rgatish fanining asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ijodiga rahbarlik qilish uchun amaliy bilim va ko’nikmalar berish.


Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin