12
13
farqlimi? Ilmiy hodisani tushuntirib berish uchun osonlikcha gʻoya bera
oladigan insonlar xuddi shunday osonlik bilan hikoya uchun ham gʻoya
beraoladimi?
18. Kreativ fikrlash testlarining birinchi avlodi domenning umumiyligi,
yaʼni har qanday sohadagi ijodkorlikning umumiy xususiyatlari mavjudligi
haqidagi g‘oyaga asoslangani (Torrance, 1959 [7]) kabi tadqiqotchilar
ijodkorlikni baholaydigan sinovlarda shaxsning natijalari umumiy-
lashtirilishi mumkinligini, bir sohadagi kreativlik ikkinchi sohaga ham
oʻtkazilishi mumkinligini taxmin qilganlar. Lekin soʻnggi tadqiqotlar bu
da’volarni rad etmoqda. Ushbu tadqiqotlar yo ijodkorlik uchun zarur boʻlgan
qobiliyat va koʻnikmalar domenga bog‘liq boʻlib, domendan domenga ajralib
turishini taʼkidlamoqda (Baer, 2011 [27]), yoki ikki yondashuvning qisman
jamlagan ijodkorlik modellarini taqdim etmoqda (masalan, Kaufman va
Baer (2005 [28])).
KREATIV YON DASHUVNING DOMENLARI
19. Ijodiy qobiliyatning muayyan domenga bog‘liqligi quydagicha dir:
ijodiy yondashuvning
qaysi va
qancha sohalari mavjud boʻlishi mumkin?
Koʻpgina nazariyotchilar turli ijodkorlik sohalarini aniqlashga harakat
qilib kelmoqdalar, shularning ichida diqqatga eng sazovori Kaufman
(va boshqalar) (2004 [29]; 2005 [28]; 2006 [30]; 2009 [31]; 2012 [32])
tadqiqotlaridir. Soʻnggi ishlarida Kaufman kreativ yondashuvning besh
domenini sanaydi: kundalik, taʼlimga oid, harakatga oid, ilm-fanga oid va
sanʼatga oid sohalar (Kaufman, 2012 [32]).
20. Boshqa tadqiqotchilar ham shunga oʻxshash kreativlik sohalari
haqida ma’lumot berishgan. Runco va Bahleda (1986 [33]) ijodiy faoliyatni
«sanʼatkorlik» va «ilmiy» sohalariga ajratgan. Amabile fikricha (1983 [34];
1996 [35]), ijodiy faoliyat uch umumiy sohaga boʻlinishi mumkin: verbal,
sanʼatkorlik va muammoni hal qilish. Chen va boshqalar (2006 [36]) ham
verbal, sanʼatkorlik va matematika sohalari haqida ma’lumot berishgan.
Kreativ faoliyatni sanaʼtkorlik va verbal sohalarga boʻlish Conti va boshqalar
(1996 [37]) tadqiqotlarida ham uchraydi.
21. Kreativlik sohalarini oʻrgangan amaliy tadqiqotlarning batafsil
meta-tahliliga ko‘ra, matematika ilmiy sohasi doimo boshqa ijodkorlik
13
sohalardan yaqqol ajralib turadi (Julmi va Scherm, 2016 [38]). Ushbu meta-
tahlil barcha tadqiqotlarda kreativlik sohalari Kaufman va Baer (2004
[29]) tomonidan aniqlangan amaliy ijodkorlik, empatiya/munosabat va
matematika/ilm-fan sohasidagi ijodkorlikka boʻlinishi kabi umumiy bir
qonuniyat kuzatilayotganini koʻrsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: