Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi


DOMENNING UMUMIYLIGI YOKI OʻZIGA XOSLIGI



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə11/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

DOMENNING UMUMIYLIGI YOKI OʻZIGA XOSLIGI
17. «Domen» deganda «sanʼat, adabiyot, tarix yoki astronomiya kabi 
ilmning har qanday muayyan sohasi» yoki «muayyan ilm sohasi asosida
yotadigan va uni qo‘llab-quvvatlaydigan reprezentatsiyalar turkumi» 
tushuniladi (Baer, 2011 [27]). Tadqiqotchilar ijodkorlik qobiliyati sohaga
xos yoki xos emasligi to‘g‘risida koʻp bahslashganlar: ijodkor inson barcha 
sohalarga kreativ yondashadimi yoki faqatgina muayyan faoliyatgami?
Ijodkorlik mohiyati borasidagi bu munozara mantiqan kreativ fikrlashga 
ham taalluqli: ilm-fandagi kreativ fikrlash sanʼatdagi ijodiy fikrlashdan



12
13


farqlimi? Ilmiy hodisani tushuntirib berish uchun osonlikcha gʻoya bera 

oladigan insonlar xuddi shunday osonlik bilan hikoya uchun ham gʻoya


beraoladimi?
18. Kreativ fikrlash testlarining birinchi avlodi domenning umumiyligi,
yaʼni har qanday sohadagi ijodkorlikning umumiy xususiyatlari mavjudligi 
haqidagi g‘oyaga asoslangani (Torrance, 1959 [7]) kabi tadqiqotchilar
ijodkorlikni baholaydigan sinovlarda shaxsning natijalari umumiy-
lashtirilishi mumkinligini, bir sohadagi kreativlik ikkinchi sohaga ham
oʻtkazilishi mumkinligini taxmin qilganlar. Lekin soʻnggi tadqiqotlar bu 
da’volarni rad etmoqda. Ushbu tadqiqotlar yo ijodkorlik uchun zarur boʻlgan
qobiliyat va koʻnikmalar domenga bog‘liq boʻlib, domendan domenga ajralib 
turishini taʼkidlamoqda (Baer, 2011 [27]), yoki ikki yondashuvning qisman
jamlagan ijodkorlik modellarini taqdim etmoqda (masalan, Kaufman va 
Baer (2005 [28])).
KREATIV YON DASHUVNING DOMENLARI
19. Ijodiy qobiliyatning muayyan domenga bog‘liqligi quydagicha dir: 
ijodiy yondashuvning qaysi va qancha sohalari mavjud boʻlishi mumkin?
Koʻpgina nazariyotchilar turli ijodkorlik sohalarini aniqlashga harakat 
qilib kelmoqdalar, shularning ichida diqqatga eng sazovori Kaufman
(va boshqalar) (2004 [29]; 2005 [28]; 2006 [30]; 2009 [31]; 2012 [32]) 
tadqiqotlaridir. Soʻnggi ishlarida Kaufman kreativ yondashuvning besh
domenini sanaydi: kundalik, taʼlimga oid, harakatga oid, ilm-fanga oid va 
sanʼatga oid sohalar (Kaufman, 2012 [32]).
20. Boshqa tadqiqotchilar ham shunga oʻxshash kreativlik sohalari 
haqida ma’lumot berishgan. Runco va Bahleda (1986 [33]) ijodiy faoliyatni
«sanʼatkorlik» va «ilmiy» sohalariga ajratgan. Amabile fikricha (1983 [34]; 
1996 [35]), ijodiy faoliyat uch umumiy sohaga boʻlinishi mumkin: verbal,
sanʼatkorlik va muammoni hal qilish. Chen va boshqalar (2006 [36]) ham 
verbal, sanʼatkorlik va matematika sohalari haqida ma’lumot berishgan.
Kreativ faoliyatni sanaʼtkorlik va verbal sohalarga boʻlish Conti va boshqalar 
(1996 [37]) tadqiqotlarida ham uchraydi.
21. Kreativlik sohalarini oʻrgangan amaliy tadqiqotlarning batafsil 
meta-tahliliga ko‘ra, matematika ilmiy sohasi doimo boshqa ijodkorlik



13
sohalardan yaqqol ajralib turadi (Julmi va Scherm, 2016 [38]). Ushbu meta-


tahlil barcha tadqiqotlarda kreativlik sohalari Kaufman va Baer (2004
[29]) tomonidan aniqlangan amaliy ijodkorlik, empatiya/munosabat va 
matematika/ilm-fan sohasidagi ijodkorlikka boʻlinishi kabi umumiy bir
qonuniyat kuzatilayotganini koʻrsatmoqda.



Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin