Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi


KREA TIVLIKNING TUTASH YONDASHUVLARI



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə12/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

KREA TIVLIKNING TUTASH YONDASHUVLARI
22. «Tutash yondashuvlar» yoki «Komponent nazariyalari» kreativ 
fikrlash va kreativlikni koʻp qirrali fenomen sifatida taʼriflaydi (Lucas, 2016
[39]). Amabile (1983 [34];2016 [40]) nazariyasi har qanday shaxsning ijodiy 
faolligi uchun toʻrt zaruriy qismni sanaydi: sohaga bogʻliq qobiliyatlar,
kreativlikka bogʻliq jarayonlar vazifa borasidagi ishtiyoq (motivatsiya) 
ham da mos, qulay sharoit. Bu modelga koʻra, umuman olganda, ijodiy
ser mahsullik bazaviy resurs yoxud xomashyo (masalan, sohaga bogʻliq 
qobiliyatlar, jumladan, bilim va texnik koʻnikmalar) bo‘lib, ushbu xomashyo-
ni yangicha usulda birlashtirish uchun kerak boʻladigan qobiliyatlar (yaʼni, 
kreativlikka bogʻliq jarayonlar, jumladan, tayyor qoʻllanmalardan voz
kecha olish kabi tegishli kognitiv stillar) hamda ushbu amallarni oshirishga 
ishtiyoqni (yaʼni, motivatsiya) taqozo etadi. Bu toʻrt komponent ham tur-
gʻun, ham takomillashtirish va muhitga moyil boʻlgan komponentlardan 
iborat.
23. Sternberg va Lubartning (1991 [41]; 1995 [42]) «kreativlikning 
sarmoya nazariyasi»da kreativlik uchun toʻrt alohida, lekin chambarchas
bogʻliq resurs talab etiladi: intellektual qobiliyatlar (tahlil va sintez qilish 
kabi); sohaga oid bilim; muayyan «fikrlash tarzi» (yangicha fikrlash kabi);
motivatsiya; muayyan shaxsiy xislatlar hamda kreativ gʻoyalar uchun mos 
va qulay atrof-muhit. Sternberg (2006 [43]) keyinroq ushbu resurslar
tutashganligining ahamiyati borasida fikr bildirgan. Uning aytishicha
ijodiy yondashuv har bir komponentning oddiygina qoʻshilishi emas, balki
undan ancha murakkabroq jarayondir. Komponentlar oʻrtasidagi oʻzaro 
munosabat turli natijalarni beradi: masalan, aksar komponentlarning
yuqori darajasi ijodiy salohiyatga multiplikativ taʼsir koʻrsatishi mumkin, 
va aksincha, har bir komponent uchun pastki chegara mavjud boʻlib, undan
oʻtilgan taqdirda, boshqa komponentlardagi yuqori darajalardan qatʼi 
nazar, hech qanday ijodiy mahsulotni kutib boʻlmaydi.



14
15



Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin