Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi


PISA BAHOLASHINING UMUMIY DOIRASI



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə8/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

PISA BAHOLASHINING UMUMIY DOIRASI 

SIFATIDA ISBOTGA TAYANGAN DIZAYN
8. Isbotga tayangan dizayn (ITD) (Mislevy, Steinberg va Almond, 2003 
[22]) innovatsion va puxta baholashlarni shakllantirishda nazariy asos
sifatida xizmat qiladi. Bu baholashlar isbotga tayangan dalillar asosida 
shakllantirilib, oʻquvchilar kompyuter platformasida qilayotgan, oʻqiyotgan
va yaratayotgan narsalarni koʻp jihatli malakalar bilan bogʻlaydi (Shute, 
Hansen va Almond, 2008 [23]; Kim, Almond va Shute, 2016 [24]). Baholash
bu – oʻquvchining qobiliyatlari haqidagi muayyan da’volarni dalilga 
asoslangan fikrlash jarayonida tahlil etishdir, degan gʻoya ITDning dastlabki
nuqtasidir. Umuman olganda, oʻquvchining baholashdagi vazifalarga javobi 
ushbu fikrlash jarayonida dalillar bilan taʼminlaydi, psixometrik tahlil esa
har bir da’voni tahlil qilish uchun isbotning yetarli ekanligini belgilaydi. 
ITDdan PISA tadqiqoti kreativ fikrlashni baholashning asosiy doirasi
sifatida foydalanish test tuzilishining bir qator muhim savollariga javob 
beradi: sinovdagi har bir vazifa kreativ fikrlashning aynan qaysi jarayonini
oshkor etmoqda? Taklif etilgan sinov uslublari oʻquvchining javoblaridan 
olingan dalillarni samarali tahlil qilmoqdami? Oʻquvchining tanlovidan hosil
boʻlgan barcha dalillar butun vazifalar bo‘yicha qanday sintez qilinmoqda? 
Muayyan tuzilma uchun yigʻilgan barcha dalillar boshqa oʻquvchilar alohida
vazifani bajarib koʻrganlarida ham taqqoslanishi mumkinmi? 
9. ITD murakkab va koʻp qirrali kreativ fikrlash tuzilmasini aniq
baholashni tashkil etishda mustahkam asos boʻlib xizmat qiladi. Bu testdan 
koʻzlangan maqsad, test topshiruvchilar borasidagi fikrlarni va ushbu
fikrlarni tasdiqlovchi dalillar o‘rtasidagi hujjatlashtirilgan, aniq bogʻliqlikni 
talab etadi. PISA tadqiqotining kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi
uchun ITD jarayonini qoʻllash quyidagilarni taqozo etadi:


9


Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin