Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi


KREATIV FIKRLASHDA TAʼLIMNING OʻRNI QANDAY?



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə7/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

KREATIV FIKRLASHDA TAʼLIMNING OʻRNI QANDAY?

4. Taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli


hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni 
shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak
boʻlgan muhim koʻnikmadir (Lucas va Spencer, 2017 [15]). Bu koʻnikma 
ularga doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan
tashqari «XXI asr» koʻnikmalariga ega ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga 
moslashishga koʻmaklashadi. Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kela jakda
hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi 
texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. Oʻquvchida kreativ fikrlash
1

CERI 2015-yildan beri 11 mamlakatda ijodiy fikrlashni oʻqitish va baholashni oʻrganib kelmoqda.


CERI boshlangʻich nuqta sifatida Lucas, Claxton va Spencerning (2013 [124] ) Angliyadagi tajribasini 
olgan holda, boshlangʻich va oʻrta ta’limda ijodiy va tanqidiy fikrlashni sinf xonalarida oʻrgatish
uchun yangi oʻqituvchi konseptual ramkasini yaratdi. Shuningdek, CERI o‘qituvchilarni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida tanqidiy va ijodiy fikrlash boʻyicha OECD rubrikalarini shakllantirgan.
Xalqaro mutaxassislar ijodiy fikrlashni «yangi gʻoya va yechimlarni berish» deb ta’riflaganlar. 
Uning 6 jihati bor: 1) mos tajriba va ma’lumotni ta’riflash, sezish, kuzatish, hamdard boʻlish;
2) tadqiq qilish, qidirish va gʻoyalarni ishlab chiqish; 3) bogʻliqliklarni qurish, sohalararo nuqtayi 
nazarni tatbiq etish; 4) noodatiy yoki jasur gʻoyalar bilan oʻynash; 5) yangi mahsulotni tasavvur
qilish, ifodalash, ishlab chiqish, kashf qilish; 6) yechimning yangiligini tan olish.


7
koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy 


va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini
beradi.

5. Maktabda kreativ fikrlashni rivojlanti-


rishning ahamiyati faqatgina mehnat bozori 
bilan cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun
oʻz qobiliyat va koʻnikmalarini, shu jumladan 
ijodiy talantlarini kashf etishda muhim
ahamiyatga ega. 
6. Shuningdek, kreativ fikrlash oʻquv-
chilarning taʼlim olishini hodisalar, tajribalar 
va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin etish
orqali qoʻllab-quvvatlaydi (Beghetto va Kaufman, 2007 [17]). Oʻquvchining 
xayoli va qiziquvchanligi taʼlim jarayonida qoʻl keladi: ijodiy fikrlash
shu tariqa oʻzaro kelishuvchanlik vositasiga aylanadi, hattoki avvaldan 
belgilangan taʼlim maqsadlari kontekstida ham (Beghetto va Plucker,
2006 [18]). Maktabda oʻquvchining motivatsiyasi va qiziqishini oshirish 
uchun, barcha oʻquvchilarning ijodiy salohiyati va shijoatini hisobga
oluvchi taʼlimning yangi shakllari yoʻlga qoʻyilishi zarur. Bu ayniqsa taʼlim 
jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan oʻquvchilarga yordam berishi
mumkin va ular oʻz fikrini ayta olishiga, salohiyatini ochishiga xizmat 
qiladi. (Hwang, 2015 [19]).
7. Har qaysi boshqa koʻnikma kabi, kreativ fikrlash ham amaliy va 
manzilli yondashuv orqali rivojlantirilishi mumkin (Lucas va Spencer, 2017
[15]). Baʼzi o‘qituvchilarga oʻquvchining kreativ fikrlashini rivojlantirish 
oʻquv dasturidagi boshqa fanlar evaziga boʻlayotgandek tuyulishi
mumkin. Aslida, oʻquvchilar barcha fanlarda kreativ fikrlashi mumkin. 
Kreativ fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida koʻr-koʻrona
yodlash oʻrniga tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar 
orqali rivojlantirilishi mumkin (Beghetto, Baer va Kaufman, 2015 [20]).
O‘qituvchilar kreativ fikrlashni ajrata olishlari, bunday fikrlashga mos 
shart-sharoitlarni bilishlari va oʻzlari ham oʻquvchilarga fikrlashda koʻp roq
ijodiy yondashishga yordam bera olishni bilishlari kerak. Kreativ fikr lash 
qay tariqa vujudga kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, oʻz navbatida,
Maktab bolalarda ular 
ham jamiyatning bir boʻla-
gi ekanligi va jamiyat ta-
raqqiyotiga oʻz ulushini
qoʻsha olishi mumkinligi 
bo rasidagi hissiyotni shakl-
lantirishda katta rol oʻynaydi 
(Tanggaard, 2018 [16]).



8
9


o‘qituvchilarga taʼlim jarayonida o‘quvchilarda ijodiy gʻoyalar «inkubatsiya» 

boʻlishi uchun muayyan vaqt talab etishini anglashga yordam beradi


(Csikszentmihalyi, 1996 [21]).



Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin