10
11
10. Validatsiya va tajriba-sinov tadqiqotlari ushbu dizayn siklining
takroriy mohiyatini kuchaytirishi mumkin: masalan, baholash natijalari
dalillarni tanlash va vazifalarni shakllantirishda yordam berishi mumkin.
11. Ushbu doira hujjatining tuzilishi ITD bosqichlarini qaytaradi.
Birinchidan, ham umumiy, ham taʼlim jarayonidagi ijodiy fikrlash tav-
siflanadi. So‘ngra, konstruktning elementlari va dalillarni aniqlashtirish
uslubi bayon etiladi.
BAHOLASH SOHALARINI ANIQLASH
KREATIV FIKRLASH NIMA?
12. PISA butun dunyodagi 15 yoshli oʻquvchilar uchun tegishli kreativ
fikrlash tavsifidan foydalanadi.
13. Kreativ fikrlashning ushbu tavsifi
Kreativ fikrlash strategik kon sultativ guruhi
tomonidan taklif etilgan taʼrifga mosdir (IHRT,
2017 [3]).
1
Ushbu tavsif oʻquvchilarning turfa
kontekst va taʼlim darajasida gʻoya be rish
amaliyotida samarali qatnashishni oʻrganish-
lari kerakligiga, gʻoyaning oʻziga xosligi va
mu nosibligini baholagan holda uning ustida
mulohaza yuritishga va toki maromiga yetkaz-
maguncha gʻoyani takomillashtirishga urgʻu
beradi. Bu tavsif ishlab chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi
mutaxassislar maslahati va kreativlik borasidagi keng adabiyot tahlilining
natijalari ham inobatga olingan.
14. Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir
paytda ancha keng, ammo ich-ichidan bog‘liq kreativlik tuzilmasi kuchli
tadqiqotchilik an’anasiga ega bo‘ladi. Plucker, Beghetto va Dow (2004
[5]) ushbu konsepsiyaning koʻp qirraligi va ijtimoiy mohiyatini hisobga
olgan holda taklif etgan taʼrifiga koʻra, kreativlik – layoqat, jarayon va
1
Strategik konsultativ guruh ijodiy fikrlashni «...yangi gʻoyalarni ishlab chiqish jarayoni. U
muayyan bilim, koʻnikma va yondashuvni talab etadi. Uning ichiga mavzular, nazariya, sohalar
va uslublararo bogʻlanishlarni qurish kiradi», deb ta’riflagan.
P
I
S
A
tadqiqotida kreativ fikrlash
bilim sohasida original va
samarali yechimlar, yutuq-
lar va tasavvurni ta’sir-
chan ko‘rinishlarga olib
ke ladigan g‘oyalarni ish lab
chiqish, baholash va tako-
millashtirishda sama rali
ish tirok etish qobiliyati,
deb taʼriflangan.
11
muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, u orqali shaxs yoki guruh
ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali boʻlgan salmoqli
mahsulotni yaratishidir.
15. Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo
etadi, lekin shu bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va
sanʼatkorlik talanti kabi kengroq va maxsus koʻnikma va qobiliyatlar ham
zarur boʻladi. Masalan, sanʼat durdonalari yoki texnologik kashfiyotlarni
yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari
salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan sohada tinimsiz mehnat hamda
jamiyat tomonidan ushbu mahsulot qiymatga ega ekanligi haqidagi eʼtirof
ham talab etiladi. Va aksincha, kichik yoxud kundalik kreativlik (masa lan,
fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqla-
ridan yangi taomni hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga
ijodiy yechim topish kabi (Kaufman va Beghetto, 2009 [26])) ijodiy fikr-
lashga qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir.
16. Umuman olganda, tadqiqotchilar kundalik ijodkorlik amaliyot va
taʼlim orqali takomillashtirilishi mumkin degan xulosada yakdildir. Demak,
tugʻma talantning ahamiyatini kamaytirish hamda takomillashtirish
mumkin boʻlgan shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga koʻproq urgʻu
berish maqsadida PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi
mana shu kichik kreativlik bilan bogʻliq vazifalarga asosiy eʼtiborni qara-
tadi. Kreativ fikrlashning bu turi nafaqat insho yozish yoki rasm chizish
kabi asosan ichki dunyoni aks ettirish talab qilinadigan taʼlim kontekstiga,
balki gʻoya berish masalalarini tahlil etish, jamiyatdagi muammolarni hal
etishga aloqador boʻlgan kengroq sohalarga ham taalluqlidir.
Dostları ilə paylaş: