MAQSA D SARI ISHTIYOQ 47. Maqsad sari ishtiyoqning bo‘lishi ijodiy faollikning asosiy motori
ekanligi ilm-fanda, xususan, Amabile (1997 [85]; 2016 [40]; 2010 [1]; 1983
[34]) tadqiqotlarida batafsil isbotlangan. Bu yerdagi asosiy faraz shundan
iboratki, inson yuqori ijodiy faollikka kerak boʻladigan barcha xislatlar
turkumiga ega boʻlsa ham, lekin bunga yetarlicha ixlos qoʻymagani sababli
ijodiy mahsulot bermasligi mumkin.
48. Kreativ boʻlishga ishtiyoq mohiyatan ham tashqi, ham ichki boʻlishi
mumkin. Maqsadi sari ichki ishtiyoqi bo‘lgan insonlar: oʻz faoliyatlarini
maʼnoli deb biladilar, bu faoliyat bilan faqatgina zavqlanganliklari,
oʻzlariga qiziqarli boʻlgani yoki oʻzlarini sinab koʻrmoqchi boʻlganlari
uchungina shugʻullanadilar; ular tashqi ragʻbatlantiruvchi omillarga
nisbatan befarq boʻladilar. Csikszentmihalyi (1996
[21]) taxmin qilishicha, turdosh «oqim» hissiyoti
ijodiy faollikni sezilarli tarzda qoʻllab-quvvatlaydi,
zero, oqim holatida «insonlar ochlik, charchoq
va noqulayliklarga qaramay, faoliyatlarida qatʼiy
davom etadilar» (Nakamura va Csikszentmihalyi,
2002 [86]). Chunki ular maqsadlari sari ichki
ishtiyoqlari bo‘lganligi sababli, ishga toʻliq kirishib
ketgan boʻladilar.
49. Umuman olganda, tadqiqotlar kreativ samara uchun ichki ish-
tiyoqning ijobiy taʼsiri, tashqi ishtiyoqning salbiy taʼsiri mavjudligini
ko‘rsatib keladi (Amabile, 2012 [59]; Sternberg, 2006 [43]). Lekin yaqindan
buyon, bosim (misol uchun, topshiriqning yaqinlashayotgan muddati)
yoki ragʻbat (katta maosh va eʼtirof) kabi tashqi motivatsiya omillari
ham insonlarni ijodiy faollikda bardavom boʻlishlarini taʼminlashi e‘tirof
etilmoqda (Eisenberger va Shanock, 2003 [87]; Amabile va Pratt, 2016
[40]).
Tashqi ishtiyoq deb,