Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi


ILMIY MUAMMONI HAL QILISH



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə26/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

ILMIY MUAMMONI HAL QILISH
81. Ilm-fanda kreativ fikrlash turlicha aks etishi mumkin: ilmning 
ilgʻorlashishiga hissa qoʻshadigan yangi gʻoyalarni taklif etish; taxminlarni



32
33


isbotlash uchun eksperimentlarni shakllantirish; amaliy manfaat boʻl-

gan muayyan sohalarga tatbiq etiladigan ilmiy gʻoya yoki ixtirolarni


ishlab chiqish yoki ilmiy/muhandislik faoliyatini yangicha rejalashtirish 
(Moravcsik, 1981 [111]). O‘quvchilar kreativ fikrlashni ilmiy tadqiqot
mobaynida materiallar bilan istagancha sinab ko‘rish, oʻrganish va tahlil 
etish orqali namoyon qilishlari mumkin (Hoover, 1994 [112]).
82. Ilm-fanda kreativ fikrlash ilmiy tadqiqot malakasiga juda yaqin, 
lekin ushbu testning bir qator xususiyatlari uni matematika va ilm-fan
sohasidagi testlardan butkul ajratib turadi. Birinchidan, ushbu test avval 
oʻrgatilgan bilimni qoʻllashga emas, yangi gʻoyalarni yaratishga urgʻu
beradi. Ikkinchidan, oʻquvchining yondashuv va yechimlarining oʻziga 
xosligi baholanadi (agar javoblar yaroqli deb topilsa). Uchinchi farq
yagona mukammal yechimi boʻlmagan ochiq savollardan foydalanishdan 
iborat. Nihoyat, ushbu test oʻquvchining ilmiy kontekstda kreativ fikrlash
jarayonlariga – yaʼni «toʻgʻri» yoki «eng maʼqul» yechimni topish qobiliyatiga 
emas, ochiq muammolar yechimiga qay tarzda yondashishiga e’tiborni
qaratadi.
83. Ilmiy muammoni hal qilish domenidagi test savollar turli ilmiy
kontekstdagi kreativ fikrlashning farqli jihatlarini qamrab oladi. Umuman 
olganda, oʻquvchilardan quyidagilar soʻraladi: ilmiy kontekstda ochiq
shakldagi muammoni yechish; taqdim etilgan ssenariyga asoslangan 
holda, ilmiy mohiyatga ega muammolarga yechim yoki gipoteza (farazlar,
taxminlar) gʻoyasini berish; avvaldan berilgan tayyor yechimni yanada 
takomillashtirish haqida taklif berish. Ehtimoliy vazifalarda ilmiy fenomen
borasida kuzatuvlar taqdim etilib, oʻquvchidan farqli tadqiqot predmeti 
yoki muammoni ifodalab berish uchun gipoteza soʻralishi; laboratoriya
muhitida turli jihozlar orqali biror narsani kashf etish ham soʻralishi 
mumkin. Ko‘proq matematik yo‘nalishga ega bo‘lgan topshiriqlar guruhi
o‘quvchilardan ma’lumotlar yoki geometrik shakllarning berilgan xu-
susiyatlarini namoyish qilish uchun turli usullarni ishlab chiqishlarini talab
qilishi yoki ma’lumotlarning berilgan to‘plamidan iloji boricha ko‘proq 
xulosa chiqarishlarini so‘rashi mumkin. Shuningdek, ushbu topshiriqlar
guruhida innovativ yechimni talab etadigan ochiq muhandislik muammo 
yoki takomillashtirilishi lozim boʻlgan tizim ham taqdim etilishi mumkin.



33
84. Interaktiv simulatsiya va oʻyinlar ilmiy muammoni hal qilishdagi 


kreativ fikrlashni baholashda ayniqsa qoʻl keladi, chunki bunday muhitda
oʻquvchiga uning tanlovi va harakatlari borasida darhol aks bog‘lanish yuz 
beradi; oʻquvchilar ushbu aks bog‘lanishga qanday munosabat bildirishini
kuzatish ilmiy innovatsiyaning ajralmas qismi boʻlgan magʻlubiyat va 
kashfiyot bilan oʻquvchilarning munosabati borasida munosib maʼlumot
beradi.

85. Mazmun sohasiga tayyorgarlikning muhimligi bu – shubhasiz shu


sohada tasavvur qilish mumkin bo‘lgan aksar topshiriqlarni yechishda 
muqarrar paydo bo‘ladigan muammodir. Validliksiz originallik qiymatga
ega emas, validlik esa, o‘z navbatida, hech bo‘lmaganda, asosiy bilimlarning 
ba’zi darajalarini yoki asosiy ilmiy tamoyillarni anglashni taqozo etadi.

Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin