KRE ATIV FIKRLASHNING KOMPETENSIYAVIY MODELI 86. PISA baholash dasturida kreativ fikrlash testining kompe-
tensiyaviy modeli uch shaklda aks etadi. Kompetensiyaviy model kreativ
fikrlashni baholash maqsadiga ko‘ra uch jihatga boʻlinadi: «turli gʻoyalarni
ishlab chiqish», «kreativ gʻoyani ishlab chiqish», «gʻoyalarni baholash va
takomillashtirish».
87. Test oʻquvchilardan gʻoya berish (yaʼni, turli yoki kreativ gʻoyalar
berish) kognitiv jarayonida hamda gʻoya qiymatini baholash va uni
takomillashtirishda samarali ishtirok etishni talab etish orqali kreativ
fikrlashni oʻlchaydi. Shuning uchun testlar nafaqat kreativ fikrlashning
tafovutli (divergent) kognitiv jarayoniga diqqat qaratadi, balki o‘quvchilar,
shuningdek, boshqalarning gʻoylarini baholashga, ularni takomillashtirish
usullarini ham taklif etishi kerak.
88. PISA sinovida gʻoya turli shakllarni olishi mumkin: masalan, hi-
koya, chizilgan rasm, ijtimoiy muammoga yechim yoki ilmiy fenomen
borasidagi gipoteza. Test komponentlari oʻquvchilarning turli gʻoyalarni
bera olish va nostandart fikrlay olish qobiliyatlarini namoyish qilishi uchun
maʼnili kontekst va yetarli darajada ochiq vazifalarni taqdim etadi. Test
komponentlari kreativ fikrlashning barcha jihatlarini qamrab oladigan
shaklda tuziladi. Lekin testdagi har qaysi komponent ham kompetensiyaviy
modelning barcha jihatlari haqida maʼlumot bermaydi.