Kreativ tadbirkorlikda kreativ fikrlashning ahamiyati zarnigor Kosimovna Tuychiyeva O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Annotatsiya



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix11.09.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#142643
  1   2
kreativ-tadbirkorlikda-kreativ-fikrlashning-ahamiyati



KREATIV TADBIRKORLIKDA KREATIV FIKRLASHNING AHAMIYATI 
 
Zarnigor Kosimovna Tuychiyeva 
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 
 
Annotatsiya:
Maqolada kreativ tadbirkorlik faoliyatida kreativ fikrlashning 
zarurligi va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Madaniyat va san’at sohasining hozirgi 
rivojlanishida kreativ tadbirkorlikning xalqaro tajribalari tahliliy jihatdan o‘rganilgan. 
Tadbirkor o‘z faoliyatini tashkil etishda kreativ fikrlashi, ish jarayonini tahlil qilishi 
va xulosa chiqarish g‘oyatda muhim hisoblanadi. 
Kalit sо‘zlar:
kreativ tadbirkorlik, fikrlash, ijodiy jarayon, iqtisodiyot, 
tadbirkorlik madaniyat, san’at 
IMPORTANCE OF CREATIVE THINKING IN CREATIVE 
ENTREPRENEURSHIP 
 
Zarnigor Kosimovna Tuychiyeva 
Uzbekistan State Institute of Arts and Culture 
 
Abstract:
The article talks about the necessity and importance of creative 
thinking in creative entrepreneurship. The international experiences of creative 
entrepreneurship in the current development of the culture and art sphere are 
analytically studied. It is extremely important for an entrepreneur to think creatively, 
analyze the work process and draw conclusions when organizing his activities. 
Keywords:
creative entrepreneurship, thinking, creative process, economy, 
entrepreneurship, culture, art 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan Yangi Oʻzbekistonni barpo 
etishga kirishganimizga qisqa vaqt boʻlsa hamki katta samarali natija va 
muvaffaqiyatlarga erishmoqdamiz. Ijodiy ishlab chiqarish sohasida mutaxassislarni 
tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga oʻrgatib, ijobiy rivojlanish ham Yangi 
Oʻzbekistoning yangi strategiyasiga aylanib ulgurdi. Ayniqsa mazkur islohotlarning 
ta’lim va tarbiya jaroyani bilan uzviy qorishib borayatgani yaxshi samara bermoqda. 
Chunki, biz oʻz oldimizga Yangi Oʻzbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni 
maqsad qilgan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va kreativ-
innovatsion ishlar orqali erishamiz. Avvalo, hozirgi islohotlarning amaliy 
natijadorligini oshirish, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda aholimizning 
xususan, yoshlarni yanada faol, tashabbuskor boʻlishga da’vat etishimiz lozim. 
Hamma yoshlar ham davlat ravnaqi yoʻlida kamarbasta boʻlib maydonga chiqa 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
264
http://oac.dsmi-qf.uz


olmaydi. “Ayni, paytda islohatchi boʻlib maydonga chiqadigan, strategik fikr 
yuritadigan, bilmli va malakali yangi avlod kadrlarni tarbiyalashimiz zarur. Shu 
boisdan ham bog‘chadan boshlab oliy oʻquv yurtigacha - ta’limning barcha 
boʻg‘inlarini izchil isloh qilmoqdamiz”. Albatta, Yangi Oʻzbekistonda xalq boy 
boʻlsa, davlat ham qudratli boʻladi tamoyili shakllandi. Bizning ota-bobolarimiz ham 
tadbirkorlikni kasbu-kor etib nafaqat Markaziy Osiyo balkim dunyo iqtisodi rivojiga 
katta hissa qoʻshganlar. Bugungi kunga kelib respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotida “Tadbirkorlik”. “Tadbirkor”, “Biznes”, “Biznesmen” kabi so‘zlar keng 
qoʻllanila boshlandi. Ularning mazmun va mohiyatini anglash maʼlum bir maʼnoda 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik haqida tasavvurni shakllantiradi. 
Tadbirkorlik - bu yaratuvchanlikdir. Uning bu missiyasi va belgisi paydo 
bo‘layotgan ehtiyojga muvofiq yangi taklif yoki taklifning yangi uyg‘unligi 
(kombinatsiyasi)ni yaratish va u orqali yangi bozor shakllantirishda namoyon bo‘ladi. 
Demak, tadbirkorlik yangi taklif, ya’ni qiymat yaratib, jamiyat boyligiga boylik 
qo‘shadi. Tadbirkorlikning yana bir qirrasi va belgisi islohotchilikdir. Tadbirkorlik 
ishlab chiqarish omillari (mehnat, mehnat qurollari, mehnat predmeti)ning yangicha 
mukammalroq uyg‘unligi (kombinatsiyasi)ni, ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni, 
tuzilmaviy qayta qurishni amalga oshirib, ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilishga olib 
keladi. Natijada ularing ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanadi, ishlab chiqaruvchi 
kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining o‘zaro muvofiqligi yaxshilanib, 
ishlab chiqarish samaradorligi oshadi. Tadbirkorlik tavakkalsiz bo‘lmaydi. Bozor 
iqtisodiyotiga noaniqlik xosdir. Ana shunday noaniqlik va yangi taklif uchun yangi 
talab bo‘lishiga kafolat yo‘qligi hamda bozor vaziyatining o‘zgarib turadigan 
sharoitida tavakkal qilib ish olib borishga to‘g‘ri keladi. Lekin tavakkal ham 
baholangan, asoslangan, oqilona bo‘lishi lozim. Shunday qilib, tadbirkorlik uning 
yuqorida ko‘rib chiqilgan qirralari va belgilari bilangina tadbirkorlik hisoblanadi. 
Tadbirkorlik faoliyati bir qator tamoyillar asosida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. 
Tadbirkorlik tamoyillari bu aniq talablar, tartibqoidalar majmuyi bo‘lib, ularga to‘liq 
rioya etib tashkil qilinadigan va amalga oshiriladigan xo‘jalik faoliyati haqiqiy 
tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Ularga turli xil cheklovlar qo‘yilishi, ularning 
buzilishi, noto‘g‘ri talqin qilinishi tadbirkorlikning amalga oshirilishi va 
rivojlanishiga xalaqit beradigan omillardir. Tadbirkor o‘z faoliyatini tashkil etish, 
yuritish va uning natijasida oladigan daromad (foyda)ni ishlatishda to‘la mustaqil 
hisoblanadi. Olgan foydasini o‘zi xohlaganday mustaqil tasarruf etishi mumkin. 
Tadbirkorlik faoliyatida davlat va hokimiyat organlari, ularning mansabdor 
shaxslarining aralashuvi taqiqlangan. Tadbirkorlarning mustaqilligi ham tegishli 
qonun hujjatlarida kafolatlangan[1:23]. Iqtisodiy nе’mаtlаrni ishlаb chiqаrish uchun 
mа’lum miqdordаgi iqtisodiy rеsurslаrdаn: yеr, ishchi kuchi, tаdbirkorlik qobiliyati, 
boshqаruv mаlаkаsi, kаpitаl, хomаshyo vа mаtеriаllаrdаn foydаlаnishni tаlаb etаdi. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
265
http://oac.dsmi-qf.uz


Аgаr jаmiyatdаgi iqtisodiy rеsurslаr miqdori chеklаnmаgаn bo‘lgаnidа, hаr bir inson 
o‘zi istаgаn hаmmа nаrsаgа egа bo‘lishi mumkin bo‘lаrdi. Аmmo, insoniyatning 
moddiy ehtiyojlаri хаyol vа orzulаr ummoni singаri chеksiz bo‘lgаn bir shаroitdа, bu 
ehtiyojlаrni qondirish vositаlаri bo‘lgаn iqtisodiy rеsurslаr miqdori o‘tа chеklаngаn. 
Bu shuni аnglаtаdiki, jаmiyatdаgi mаvjud bаrchа iqtisodiy rеsurslаrning ishlаb 
chiqаrish imkoniyatlаri jаmiyat а‘zolаrining ehtiyojlаrini to‘liq qondirish uchun 
yеtаrli emаs. Bundаy holаt jаmiyat а’zolаrining o‘z ehtiyojlаrini to‘liq qondirishgа 
bo‘lgаn imkoniyatlаrini doimo vа muqаrrаr rаvishdа chеklаb turаdi. Hаr qаndаy 
jаmiyat iqtisodiy rеsurslаr chеklаngаn shаroitdа o‘zining ehtiyojlаrini mаksimаl 
qondirishgа intilаrkаn, kundаlik hаyotdа quyidаgi uchtа аsosiy vаzifаlar еchimini 
topishgа urinаdi: 
1. Nimаni ishlаb chiqаrish, ya’ni qаysi turdаgi tovаrlаr vа хizmаtlаrdаn qаnchа 
miqdordа ishlаb chiqаrish tаlаb etilаdi? 
2. Qаndаy qilib ishlаb chiqаrish, ya’ni tovаrlаr vа хizmаtlаr qаndаy 
tехnologiyalаrdаn foydаlаnib, qаysi yo‘l bilаn ishlаb chiqаrilishi lozim? 
3. Kim uchun ishlаb chiqаrish, ya’ni tovаrlаr vа хizmаtlаrning istе’molchilаri 
kimlar? Nimаni, qаndаy qilib vа kim uchun ishlаb chiqаrish mаsаlаsi jаmiyat oldidа 
turgаn eng аsosiy iqtisodiy muаmmolаrdаn sаnаlаdi[1:11]. Bu vazifalarni amalga 
oshirishda tadbirkorlarning ishchanligi, amaliy ko‘nikma. Tajribasi va fikrlash 
qobliyati yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Kreativ tadbirkorlik so‘ngi yillarda 
MDHda ham yaxshi taraqqiy etmoqda. Kreativ tadbirkorlik ham ijodiy sohaning 
hamma yo‘nalishlarida mujassam bo‘lavermaydi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining 
asosiy imkoniyatlariga asoslanib mintaqaviy darajada kreativ sohalar ro‘yxati 
to‘g‘risida batafsil yoritib olish kerak. Bundan tashqari, har bir sektorga maksimal 
darajada batafsil tushuntirish berish kerak. Guruhlar, mutaxassisliklar va yo‘nalishlar 
uchun nom va dekodlash ta’sniflar. Xorijiy mamlakatlar tajribasi, shubhasiz, 
qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. Ammo Markaziy Osiyodagi ijodiy sohalar 
ro‘yxati quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin 

Moda, dizayn va hunarmandchilik 

Kino va animatsiya 

Musiqa 

Teatr va raqs 

Nashriyot va adabiyot 

Zamonaviy san’at 

Arxitektura 

Televizor, radio, yangi media va raqamli madaniyat 

Kompyuter o‘yinlari va kibersport 

Ko‘ngilochar sanoat 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
266
http://oac.dsmi-qf.uz



Shoular va ommaviy tadbirlar 

Reklama 
Bular mavjud kichik tarmoqlarning tasnifi ularning mintaqa yoki mamlakat 
darajasida dolzarbligi, boshqa formulalar yoki yangi kichik tarmoqlarni mutaxassislar 
va turli kasb vakillari bilan birgalikda maqsadli muhokama qilish orqali qo‘shish 
kerak[2:12]. Tadbirkorlik - foyda olish uchun biznesni rivojlantirishga tayyorlik va 
uni tizimli ravishda boshqarish qobiliyati egalikdir. Biroq, tobora koʻproq aralash 
modellar paydo boʻlishini ta’kidlash muhim. Masalan, muzeylar davlat tomonidan 
qisman mablag‘ oladi. Shu bilan birga, muzeyning oʻzida kafe, esdalik sovg‘alari 
doʻkoni mavjud, u yerda xususiy tadbirlar oʻtkaziladi - bularning barchasi tashkilotga 
qoʻshimcha foyda keltiradigan usullardir. Bu faoliyatda ish olib borayotgan 
tadbirkorlar ham kreativ firlash va g‘oyalari bilan sarmoyalarini yanada to‘liqtirib 
boraveradi. Ushbu mablag‘lar operatsion faoliyatni qoplash, shuningdek qoʻshimcha 
loyihalarni amalga oshirish uchun sarflanadi. Ha, bu ham ijodiy tadbirkorlikning 
namunasidir. Asosiysi biznesni boshlamoqchi boʻlgan kishining oʻz tamoyili boʻlishi 
kerek. Shu bilan birga, oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan har bir kishi ikkita 
savolga aniq javob berishi kerak: Birinchisi, men aniq nima bilan shug‘ullanaman? 
Ikkinchisi, mening biznesim nimasi bilan mijozlar uchun jozibali kabi savollar shular 
jumlasidan. Chuningdek, biznesni boshlashdan oldin, barcha shartlarni oylab, 
maqsadlarni belgilash kerak, buning uchun asosiy savollar toʻplamini aniqlashtirish 
zarur: 

Boshqalar taklif qilmaydigan nimani taklif qila olaman? 

Qanday qilib men koʻrsatadigan xizmatlarni yoki ishlab chiqaradigan 
mahsulotlarni iste’molchilar uchun qiymatliroq qilishim mumkin? 

Agar odamlarga xizmat yoki mahsulot taklif qilinsa, ular nima uchun pul 
toʻlashlari kerak? 
Kreativ tadbirkorlikni yoʻlga qoymoqchi boʻlsangiz ham aynan ushbu savollarga 
javob 
topishingizga 
toʻg‘ri 
keladi. 
Kreativ 
fikrlashingiz 

kreativ 
tadbirkorligingizning rivojlanish omilidir. Har qanday ishni, ayniqsa, tadbirkorlikni 
boshlashdan oldin motivatsiya boʻlishi kerak, ya’ni ma’lum maqsadlarga erishish 
uchun odamni oʻz mablag‘larini xavf ostiga qoʻyishga undaydigan ichki intilish, 
iqtisodiy-daromad olish yoki ijtimoiy-psixologik va shaxsiy ambitsiyalarni qondirish 
boʻlishi kerak[3:72]. Kreativ va madaniy sanoat (KM) - eng qadimiylaridan biri. 
Evropa kreativ iqtisodiyoti hozirgi vaqtda reklama, arxitektura, moda, musiqa, 
matbuot va kino ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Har yili quyidagi miqdorda 
daromad keltiradi. 535,9 milliard evro, bu degani Evropa mamlakatlarining YAIM 
hajmining jami 4,2% ni tashkil qiladi. Ushbu sohalar iqtisodiyotning tegishli 
tarmoqlarini, kreativlikni rivojlantirish, innovatsion fikrlash va o‘sish bilan 
izohlanadi[4:1]. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
267
http://oac.dsmi-qf.uz


1990-yillardan boshlab O‘zbekiston hukumati turli xalqaro tashkilotlar bilan 
hamkorlikda mamlakatdagi sanoat muassasalari va agentliklarning kreativ faoliyatni 
qo‘llab-quvvatlash 
va 
rivojlantirish choralarini ko‘ra boshladi. Bunday 
yo‘nalishlarga: turizm sanoati, an’anaviy san’at va hunarmandchilik, “tungi 
iqtisodiyot” va boshqalar tegishlidir. Markaziy Osiyoda kreativ iqtisodiyotining 
o‘sishini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida, Janubiy Kavkaz va Sharqiy 
Yevropaning bir qismi, shuningdek, O‘zbekistonda ijodiy industriyani rivojlantirish 
va istiqbolli yo‘nalishlarni o‘rganishga hissa qo‘shish bo‘yicha Britaniya Kengashi 
tadqiqot o‘tkazdi. Bundan tashqari, tadqiqot quyidagi sektorni yanada rivojlantirish 
bo'yicha tavsiyalar berdi va ularni taraqqiy ettirishga intiladi. Xulosalarni ishlab 
chiqishda mualliflar rasmiy statistika, mutaxassislar tegishli adabiyotlar, manfaatdor 
tomonlar ishtirokidagi bir qator guruhlar shuningdek, ushbu sohadagi korxonalar 
o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga tayanishdi[5:2]. 
“Kreativ iqtisodiyot” va “kreativ sohalar”ni - birlashtirish insonning ijodiy 
faoliyatining asosiy zamonaviy (“yangi”) iqtisodiy manbasi sifatida juda muhim rol 
o‘ynaydi. Umuman olganda, hozirda ushbu tadbirlar jamiyatda shaxsning 
ijodkorligini rivojlantirishda katta hissa qo‘shadi. Bugun dunyoda yuz berayotgan 
to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli - harakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. 
Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli 
namunalariga duch kelasiz: elektron xizmatlar, virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar, 
tuproqsiz hosil olish. Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun 
biz uchun odatiy tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham 
qachonlar orzu va tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq 
yaratilgan. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga 
qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tag zamirida originallik, amaliylik, 
noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala 
yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni 
anglatadi[6:182]. 
Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, 
ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning 
ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan stereotiplarni 
isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan 
va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, berilgan bilimlarni 
takrorlash orqali kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, 
yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir. Masalan, ingliz tilida so‘zlarni 
yodlab, grammatika qoidalarini “suv qilib ichib yuborgan” bo‘lsangiz ham, insho 
yozolmasangiz, barchasi bekor. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur 
muhim rol o‘ynaydi. Albert Eynshteyn “Tasavvur - bilimdan muhim” deganida aynan 
mana shu jihatni nazarda tutgan. Ko‘pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
268
http://oac.dsmi-qf.uz


inson xayoliga keladi. Buning uchun, avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, 
odatiylikka barham berilishi lozim. Bunda kreativ tadbirkorlikning ham har xil 
usullarini ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish zarur. Madaniy-marifiy sohada 
tadbirkorlikni amalga oshirish biroz g‘oyrioddiy hodisalik tuyilishi mumkin. Ammo, 
hozirda bu ikki sohani teng olib borish va taraqqiy ettirish zarurligi sezilmoqda. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab oʻtgani kabi: “Agar jamiyat hayotining 
tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi Oʻzbekistonni 
barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi 
- bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy 
merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat - deya ta’kidlagan edi. 
Haqiqatan ham bu ikki unsur jamiyat taraqqiyotida kata kuchdir. Shunday ekan, 
madaniy sohada kreativ tadbirorlikni kreatif fikrlash orqali rivojlantirish bir 
tomondan bosh omil bo‘lsa, ikkinchi tomondan ahamiyatli masala bo‘lib qolaveradi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin