30
31
koʻnikmalarini takomillashtirishda muhim oʻrin tutadi (Tompkins, 1982
[106]). Ravon yozuvchilik mantiqiy izchillikni talab etadi. Ijodkor yozuvchi
insonlarni uning xayolotini anglashga va unga ishonishga chaqiradi. Bu esa
yozuvchi detal va izchillikka urgʻu berishini taqozo etadi. Masalan, hatto
jinlar va oʻzga sayyoraliklar haqidagi xayolotga asoslangan hikoyalarda
ham ichki mantiqiylik boʻlishi, muallif yaratgan dunyo ichida maʼno boʻlishi
kerak.
75. Yozuvchilik bilan shugʻullanayotgan in-
sonlar yozuvchilik mahorati va jarayoni borasida
tafakkur qiladilar, oʻz ishidan kutilgan natijalarni
aniqlab oladilar va boshqalarning matniga ijodiy
munosabat bildiradilar (Carter, 2001 [107]).
Ushbu qadamlar oʻquvchi uchun intellektual va
emotsiyonal rivoj lanishning yangi qirralarini
ochishi, oʻzlarini va atrof-muhitni yax shiroq
anglashga yordam berishi mumkin (Essex, 1996
[108]). Ustiga-ustak, ijodiy yozuvchilik faqat
adabiyot janri bilan kifoyalanib qolishi shart
emas, hujjatli nasr ham ijodiy boʻlishi mumkin.
76. Kognitiv testda, o‘quvchilar oʻz xayolotini yozma ravishda ifodalay
olish qobiliyatini namoyon qilishi kerak. Bunda ular yozma muomalani turli
auditoriya uchun tushunarli va oʻziga xosligini namoyon qiladigan tarzda
qoida va tartiblarga amal qilishi lozim. Yozma ifodalash sohasi uchun bir
qator test shakllari ishlab chiqilgan. Oʻquvchilarga beriladigan vazifalarda:
ochiq va xayoliy yozma ish (buni tekshiruvchilar inson boʻlgani bois, hajm
cheklovi mavjud); sarlavhasini tanlash kerak boʻlgan rasm kabi turli yozma
formatlarga gʻoya berish; boshqalarning (testda taqdim etiladigan) yozma
ishini ijodiy takomillashtirish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: