VAZIFALARNING TAQSIMLANISHI 101. Amaldagi PISA sinovining tuzilishiga koʻra, kreativ fikrlashni
baholashda qatnashayotgan o‘quvchilarga kreativ fikrlashning topshiriq-
larini yechish uchun bir soat beriladi, qolgan bir soat esa matematika,
oʻqish va tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishlariga ajratilgan. Kreativ
fikrlashni tekshirishga qaratilgan test topshiriqlari 30 daqiqalik seksiya
yoki klasterlardan iborat. Har bir klaster sinalanayotgan jihat (turli
gʻoyalarni ishlab chiqish, kreativ gʻoyani ishlab chiqish, gʻoyalarni baholash
va takomillashtirish), soha (yozma ifoda, vizual ifoda, ijtimoiy va ilmiy
muammoni hal qilish) hamda davomiyligi (5 daqiqadan 15 daqiqagacha)
bilan farqlanadigan test qismlaridan iborat. Klasterlar almashib turadigan
test dizayniga koʻra kompyuterlashgan turli test formatlariga kiritilgan.
102. Kreativ fikrlashning jihatlari hamda topshiriqlarning foizdagi ulu-
shi 2-jadvalda keltirilgan. Ushbu raqamlar bu baholash doirasini (framework)
ishlab chiqilayotgan davrda maslahatlashilgan mutaxassislarning qarashini
aks etadi.
2 -jadval
KOMPETENSIYAVIY MODELNING JIHATLARI BO‘YICHA
TOPSHIRIQLARNING TAQSIMLANISHI
Jihat
Sinov davomiyligi, foizda Turli gʻoyalarni ishlab chiqish
40 %
Kreativ gʻoyalarni ishlab chiqish
30 %
Gʻoyalarni baholash va takomillashtirish
30 %
103. Sinovdan koʻzlangan maqsad kreativ fikrlashning ikki keng mav-
zudagi mazmun sohalariga va toʻrt domen orasida munosib muvozanatni