Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə34/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

VAZIFALARNI BAHOLASH
107. Kompetensiyaviy modelning har bir jihatiga toʻgʻri keladigan 
ochiq test topshiriqlarining bari o‘sha for matda boʻlgani uchun, ularni
kod lash tartibi ham shunday boʻladi. Lekin, javoblarning aniq shakli (ma-
salan, sarlavha, yechim yoki dizayn) domen va vazifaga qarab farqlangani
uchun, javobning originalligi va turfaligini baholaydigan mezonlar ham 
farqli boʻladi. Ishlab chiqilgan kodlash yoʻriq nomasi kodlash jarayonidagi
har bir qadamni batafsil yoritadi ham da kodlovchilarni yoʻnaltirish va ular 
orasida umumiylikni taʼminlash maqsadida namunaviy javoblarni taqdim
etadi.

108. Lekin ushbu sinovdagi baholash qiyinchiliklari PISA dasturining


boshqa domenlariga qaraganda ancha yuqoriroqdir, bu ushbu kreativlik 
domenining mohiyati bilan bogʻliq. Ochiq turdagi vazifalardan foydalanish
PISA dasturidagi barcha ishtirokchi davlatlar, madaniyatlar va tillarga 
tegishli avtomatlashtirilgan va inson tomonidan baholash uslublarining
ishlab chiqilishi zarurligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ushbu baholashdagi 


43
qiyinchiliklarni va ularning oldini olish yoʻllarini muhokama qilish 


maqsadga muvofiqdir.
Kompetensiyaviy modelning turli gʻoyalarni ishlab chiqish jihatiga 

oid topshiriqlarni baholash uslubi.
109. Turli gʻoyalarni ishlab chiqish jihatiga tegishli har bir topshiriq 
ikki yoki uchta javobni talab etadi. Ushbu javoblar shaklan farqlanishi
mumkin: masalan, o‘quvchilardan sarlavha, logotip, ijtimoiy muammoning 
yechimi yoki ilmiy tarjiba uchun gʻoya berish soʻralishi mumkin.
110. Ushbu topshiriqlarni kodlashtirish ikki bosqichdan iborat. 
Birinchidan, kodlovchi o‘quvchining javobi «munosibligini» aniqlashi kerak.
Munosib javoblar muayyan vazifasining shakliga nisbatan tushunarli va 
muayyan vazifa mazmuniga nisbatan taalluqlidir. Bu, masalan, kiritilgan
maʼnisiz (tasodifiy) matnlarni vazifa shakliga (masalan, hikoya gʻoyasi 
oʻrniga sarlavha taklif etilgan) muvofiq boʻlmagan yoki vazifaga umuman
aloqasi boʻlmagan (masalan, suvni tejash haqida gʻoya berish soʻralgan 
vazifada «koʻproq gilos tanavvul qiling» degan) javoblarni bekor qilish
deganidir.
111. Ikkinchidan, kodlovchi javoblar bir-biridan «yetarlicha farqli»
ekanligini aniqlashi kerak. Kodlash yoriqnomasida turli toifalarga tegishli 
(masalan, mazmuni yetarli darajada farqli boʻlgan ikki hikoya gʻoyasi
yoki ijtimoiy muammoni yechishga ikki turli yondashuv) javoblarga 
misol keltirilgan. Ikki javob yetarli darajada farqli yoki bir xil ekanligini
belgilaydigan maxsus mezon iloji boricha obyektiv va turli javob shakllarini 
oʻz ichiga oluvchi boʻlishi kerak. Masalan, o‘quvchilar turli sarlavhani taklif
etishi soʻralgan yozma ifoda testida, yetarli farqni belgilovchi mezon «farqli 
maʼnoni beruvchi (yani, sinonim boʻlmagan) soʻzlardan foydalanish» boʻlishi
mumkin; shirkat logotipining yaratilishi soʻralgan vizual ifoda testida esa, 
mezon oddiygina «turli shakllarni qoʻshish orqali farqli rasm yaratish»
boʻlishi mumkin. Ijtimoiy va ilmiy muammoni hal qilish domenidagi bir 
qator vazifalarda kodlovchilarni yoʻnaltirish maqsadida farqli javoblarning
avvaldan belgilangan toifalarini shakllantirish mumkin (masalan, suvni 
tejash yoʻllari haqida soʻralgan vazifada, «kamroq suv bilan yuvinish» bilan
«yuvinishga ajratiladigan vaqtni qisqartirish» ayni toifaga mansubdir).


44
45


112. Eng yuqori baho (to‘liq kredit) vazifaga berilgan javoblar ham 

munosib, ham bir-biridan farqli boʻlgan holda beriladi. Yarim baho (qisman


kredit) o‘quvchilardan uchta javob soʻralganda, shu javoblardan ikki yoki 
uchtasi munosib, lekin faqatgina ikkitasi bir-biridan farqli boʻlgan hollarda
beriladi. Qolgan barcha hollarda kredit berilmaydi.



Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin