BAHOLOVCHILARNING OʻZARO ISHONCHLILIGI 122. Ochiq vazifa va javoblarni qoʻshish mohiyatan baholashning
ishonchliligiga tahdid soladi. Baholashning ishonchliligi va turli baho-
luvchilar qo‘ygan baholarni solishtirish imkoniyati PISA sinovlarining asosiy
maqsadi ekanligini hisobga olsak, ushbu baholash doirasida belgilangan
kodlashtirish yondashuvlari amalda ishlashini tekshirish oʻta muhimdir.
Asosiy tadqiqotdan oldin oʻtkazilgan bir necha sinov bosqichlari hamda
amaliy tekshiruvlar ushbu tahdidni salmoqli darajada bartaraf etishi
kutiladi.
123. Ushbu baholash yondashuvlarning muvaffaqiyati ishlab chiqilgan
kodlashtirish rubrikalarning sifatiga, xususan, rubrikalar madaniyatlarga
xos emasligini tekshirish jarayoniga bogʻliqdir. Milliy baholovchilardan
shuning uchun kodlashtirish yoʻriqnomasida va rubrikalarda foyda-
langan til va mazmunga oʻz munosabatini bildirishi soʻraladi. PISA tad-
qiqotida allaqachon urf boʻlgan amaliyotga muvofiq, mamla katlararo
baholovchilarning oʻzaro ishonchliligiga tajriba-sinov orqali erishilgan.
Mamlakatlararo baholovchilarning oʻzaro ishonchliligini baholash turli
davlatlardagi inglizzabon baholovchilardan real talabalarning har bir
kodlangan bandiga tasodifan tanlangan 10 ta tayanch javob turkumini
kodlashtirishni soʻrash orqali amalga oshirilgan. PISA tadqiqotining kreativ
fikrlash sinovi uchun ilk baholovchilarning oʻzaro ishonchliligini tekshirish
tajriba-sinov oldidan oʻtkazilgan validlash mashqlarining bir qismi sifatida
amalga oshiriladi va ishonchlilikni aniqlashga qaratilgan qoʻshimcha
tadqiqotlarda koʻrib chiqiladi.
124. Xususan, ushbu sinov uchun tadqiqot tajrida-sinovda band boʻlgan
barcha – nafaqat inglizzabon – baholovchilardan bir qator tarjima qilingan
tayanch javoblarni baholash soʻraladi.