№5. Ma’ruza
Shisha va shisha buyumlar.
Mavzuni yoritish uchun reja
1. SHisha haqida asosiy ma’lumotlar
2.SHisha uchun xom ashyolar va ishlab chiqarish usullari
3. SHishaning asosiy xossalari
4.Pardozbop oyna taxta va ularning xillari
Tabiiy
tosh materiallar, ya’ni tarkibida shisha hosil qiluvchi qo‘shil-malar
(kremniy, alyuminiy, bor va sh. k.), shuningdek, metall (litiy, kaliy, bariy, titan va
sh. k.) oksidlari bo‘lgan sovutilgan suyuq mineral erit-malarining qotishidan
olinadigan shaffof materialga “
shisha
” deb ataladi.
Ushbu materiallar yuqori
haroratda (1400...1500
0
S) eritilib suyuq yoki bo‘tqasimon holatda qolipga quyiladi
va sovutilganidan keyin shishasimon (shaffof) qattiq, mustahkamligi yuqori
materialga aylanadi.
SHisha ishlab
chiqarish dastlab qadimgi Misr, Gretsiya va Italiyada era-
mizdan oldin ma’lum bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy
va Markaziy Osiyo mamla-
katlariga kirib kelgan. O‘zbekiston shishasozlari o‘ziga xos va chiroyli
shisha
buyumlar yaratish san’atiga qadimdayoq erishganlar. Ayniqsa,
respublikamiz
mustaqillikka erishgach, shisha ishlab chiqarishga bo‘lgan e’tibor kuchay-tirildi.
Jumladan, CHirchiq va Quvasoy shisha korxonalarida
bir tomonlama nur
o‘tkazuvchi, shishapaket, rangli
va uch qatlamli shishalar, shuningdek, shisha
eritmasini yopiq usulda va surib ishlanadigan yuzasi silliq yuqori sifatli tekis oyna
taxtalar va boshqa bir qator ajoyib texnik xususiyatlarga ega bo‘lgan turli xil shisha
material va buyumlar ishlab chiqarilmoqda.
SHisha uchun xom ashyolar va ishlab chiqarish usullari
Respublikamiz xududlarida shisha ishlab chiqarish uchun tabiiy mineral
zaxiralar va sanoat chiqindilari juda ko‘p. SHisha ishlab
chiqarishda asosiy xom
ashyo sifatida kvars qumi, ohaktosh, dolomit, soda va natriy sulfat kabi minerallar
ishlatiladi.
Tarkibidagi minerallarning miqdoriga qarab shisha ishlab chiqarishda
ishlatiladigan xom ashyolar shartli ravishda asosiy va qo‘shimcha
turlarga
bo‘linadi: