49
126. Birinchi vazifada o‘quvchilardan shashqol donasidagi tasvir lar-
ga asoslanib, ikki farqli hikoya oʻylab topishlari soʻralmoqda. Bu topshi-
riq turli gʻoyalarni ishlab chiqish jihati boʻyicha maʼlumot beradi. Shablon
vazifaning variantlari farqli stimul turidan (masalan, tasvir, surat, interak-
tiv film) foydalanish mumkin, bunda film yoki
tasvirning mavhumligi yoki
rasmning kontekstual tanishligi kabi stimulning xususiyatlari vazifa ning
murakkabligiga taʼsir qilish ehtimoli mavjud. Ushbu vazifada agar ular
hikoya gʻoyasida (yaʼni, ehtimoliy sujetni ochgan bir yoki koʻproq jumla) aks
etsa va ular u yoki bu shaklda vazifada namoyish etilgan ikkala tasvirga
ham munosabatda boʻlsa, gʻoyalar munosib deb topiladi. O‘quvchilar bir-
biridan yetarlicha farqlanadigan munosib hikoyalarni taklif etish orqali
turli gʻoyalar bera olishlarini namoyish etadi. Bitta sujetni bir-biridan farq
qiladigan soʻzlar bilan aytib berilgan ikki hikoya (masalan, «oʻq
dunyo
boʻylab sayohat qildi» va «oʻq yer kurrasini aylanib chiqdi») yetarlicha
farqli deb hisoblanmaydi.
127. Ikkinchi vazifadan koʻzlangan maqsad kreativ gʻoyani ishlab
chiqish jihati boʻyicha maʼlumot toʻplashdir. O‘quvchilar
oltita tasvirga
aloqador ijodiy hikoya yozishlari kerak boʻladi. Ushbu vazifada hikoya
gʻoyasi (yaʼni, uning ehtimoliy mazmuni haqida bir yoki koʻproq jumla)
va birin-ketin paydo boʻlayotgan tasvirlarga shu ketma-ketlikda muayyan
tarzda havola berish munosib gʻoyalarni aks ettiradi. Originallik borasida
toʻxtamga kelish uchun, o‘quvchi javobi mavzu
yoki yondashuvda noodatiy
ekanligini belgilash uchun kodlovchi yoʻriqnomaning tegishli boʻlimiga
murojaat qiladi. Ushbu vazifa uchun odatiy javoblarga misol quyidagicha
boʻlishi mumkin: 1) hikoya sayohatga chiqqan yurak haqida; 2) hikoya
sevgi uchun oʻz uyidan
chiqib ketgan insonlar haqida; 3) hikoya uyida baxt
topmagan va ketishni niyat qilgan inson haqida. O‘quvchi javobi odatiy
hikoya mavzusiga toʻgʻri kelsa ham original deb topilishi mumkin, agar
hikoyaga noodatiy yondashilgan boʻlsa (mazmunda noodatiy elementlar
yoki kutilmagan burilishlar mavjud bo‘lsa).
128. Yakuniy vazifada o‘quvchiga qoʻshimcha maʼlumot berilib,
doʻstining hikoyasini davom ettirishi soʻraladi. Bu topshiriq gʻoyani
baholash va takomillashtirish jihati haqida tasavvur beradi. Agar o‘quvchi
taqdim etgan hikoyaning davomi mos keladigan bo‘lsa, (ya’ni, uchta taklif
etilgan qo‘shimcha tasvir bilan bog‘lansa va do‘sti
boshlagan voqeani
50
51
izchil dalillasa) va sujetning noan’anaviy davomini tasvirlasa, o‘quvchi
to‘liq kredit oladi. Ikkinchi topshiriqda bo‘lgani kabi o‘quvchining javobi
noan’anaviy bo‘lishi mumkin. Agar o‘quvchining hikoyasi faqat bir holatda
o‘rinli bo‘lsa, u qisman kredit oladi.
Dostları ilə paylaş: