Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi


VAZIFAGA KIRISH IB KETISHNI (VAZIFA BORASIDAGI MOTIVATSIYA)



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə47/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

VAZIFAGA KIRISH IB KETISHNI (VAZIFA BORASIDAGI MOTIVATSIYA) 

INOBATGA OLISH
143. Kreativlikning turli tutash nazariyalaridagi kreativ fikrlashning 
asosiy drayveri sifatida ishtiyoqga (motivatsiyaga) berilgan urgʻuni hisobga
olsak, vazifaga kirishib ketish va ishtiyoqning kreativ fikrlash sinovidagi 
o‘quvchining koʻrsatkichlarga taʼsiri salmoqli boʻlish ehtimoli katta.
Ijodiy faollikning barcha jabhalarida ishtiyoqning taʼsiri yaqqol koʻrinib 
turmoqda: ilmiy jabhada vazifaga kirishib ketish kreativ fikrlashni qo‘llab-
quvvatlaydi, chunki u narsalar qanday ishlashini kashf etishni ragʻbatlan-
tiradi va yechim yoki kashfiyot topilguncha faoliyatni davom ettirishni
qoʻllab-quvvatlaydi (Mansfield va Busse, 1981 [119]); ishtiyoq, shuningdek
yozma ifodalashdagi kreativ fikrlashni qoʻllab-quvvatlaydi (Amabile, 1985
[120]); ijtimoiy muammoni yechish domenida ham mavjud muammo yoki 


60
61


oʻzgalarning ehtiyojlari haqida koʻproq bilish ishtiyoqi yangicha va samarali 

yechimlar taklif etish bilan chambarchas bogʻliq. Ushbu mexanizmlarni


inobatga olmaslik, testga qiziqmagani yoki ishtiyoqi bo‘lmagani uchungina 
past kreativ fikrlash darajasi koʻrsatkichlariga sabab boʻlishi mumkin.
144. Shaxs texnologiyalar bilan munosabatga kirishgan – oʻyin oʻynash, 
Internetdan maʼlumot olish, onlayn bozor yoki kompyuterda test qilinish
kabi boshqa tajribalarida boʻlganidek, kirishish toʻrt yaqqol bosqichdan 
iborat jarayondir: kirishish nuqtasi, davomiy faoliyat davri, kirishishni
toʻxtatish va qayta kirishish (OʻBrien va Toms, 2008 [121]).
145. Ushbu nazariyani PISA sinovi doirasida tatbiq etishning bir yoʻli
vazifa borasida o‘quvchining ishtiyoqi darajasini baholashdir. Masalan, 
faraz qilish mumkinki, vazifani bajarish uchun ajratilgan mavjud yoki
tavsiya etilgan vaqtdan toʻlaligicha foydalangan (yoki minimal shartlarni 
bajargandan soʻng qoʻshimcha faollik koʻrsatgan) o‘quvchilarning kiri-
shishganligi yuqoriroqdir. O‘quvchilarning vazifaga kirishishganligini 
bunday baholashning joizligi qoʻshimcha amaliy va validlash tadqiqotlarini
taqozo etadi, chunki vazifaga ketgazgan vaqt, shuningdek, intellektual 
faoliyatning tezkorligini ham anglatishi mumkin.

Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin