Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi


Ijtimoiy muammoni hal qilish



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə43/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

Ijtimoiy muammoni hal qilish 
Topshiriq 2/3


SUVNI TEJASH UCHUN ILOVA

G‘oya
Bir necha kundan keyin foydalanuvchilar siz 
ning
ilovangizdan avvalgidan ko‘ra kamroq foydalanayot-

ganidan xavotirga tushdingiz.


Odamlar ilovangizdan uzoq muddat foydalanishi uchun 
uni takomillashtirishni o‘ylab topa olasizmi?
G‘oyangizni quyida ifodalang.
PISA 2021 Kreativ fikrlash (namuna)
Ijtimoiy muammoni hal qilish 
Topshiriq 3/3


SUVNI TEJASH UCHUN ILOVA

G‘oya
133. Birinchi vazifada o‘quvchilar uylarida suvni tejashning uch farqli 
usuli haqida oʻylab koʻrishlari soʻraladi. Bu topshiriq turli g‘oyalarni ishlab
chiqish jihati boʻyicha maʼlumot beradi. Vazifadagi gʻoyalar munosibligi, 
ular muammoga mantiqli yechim ekanligi va taklif etilgan yechim tatbiq
etilganda uydagi suvni tejashga olib kelishi bilan oʻlchanadi. Baholashda
(ham kodlovchi, ham o‘quvchining) soha tayyorgarligi taʼsirini kamaytirish
maqsadida, kodlovchilarga o‘quvchilar javobining samarali va amaliyligini 


55
yuqoridagi munosiblik mezonidan ortiq tarzda koʻrib chiqilmaslik haqida 


koʻrsatma beriladi. Boshqacha aytganda, yechim qanday boʻlmasin
roʻzgʻorda suvni tejashga olib kelsa, boshqa yechimlar undan samaraliroq 
yoki amaliyroq boʻlishidan qatʼi nazar, demak, gʻoya munosib, deb
hisoblanishi kerak. Goʻyalar turli boʻlishi uchun, ularning amaliyotga tatbiq 
etilishida yo farqli uslub, yo farqli jihoz, yoki bajaruvchi mavjud boʻlishi
kerak. Kodlashtirish yoʻriqnomasida javoblar biriktirilishi mumkin boʻlgan 
yechim toifalarining batafsil roʻyxati keltiriladi.
134. Topshiriqning ikkinchi vazifasi kreativ gʻoyalar berish jihati bora-
sida maʼlumot yigʻadi. Unda suvni tejagan foydalanuvchilarni ragʻbatlanti-
ruvchi smartfon ilovasini yaratish gʻoyasi taqdim etiladi. O‘quvchilar ushbu 
ilovani ehtimoliy foydalanuvchilarga reklama qilishning kreativ usullari
haqida gʻoya berishlari kerak. Bu vazifadagi munosib gʻoya reklama 
strategiyasi borasidagi joʻyali gʻoya boʻlish bilan bir qatorda, tatbiq etilganda,
ilovani muvaffaqiyatli reklama qilinishiga olib keladigan gʻoya hisoblanadi. 
Originallikkni belgilashda kodlovchilar yoʻriqnomaning vazifaga tegishli
qismiga murojaat qilgan holda, o‘quvchining javobi mavzusida yoki yonda-
shuvida noodatiy ekanligini aniqlaydilar. Ushbu topshiriq uchun odatiy
javoblar quyidagicha boʻlishi mumkin: 1) ilovani reklama qiladigan plakat 
yoki reklama shitlarini o‘rnatish; 2) televideniyada qurgʻoqchilikning salbiy
oqibatlari va ilova haqida rolik koʻrsatish. O‘quvchining javobi ushbu odatiy 
toifalar qatoriga kiritilganda ham, agar unda noodatiy yondashuv ishlatil-
gan boʻlsa, u original deb baholanishi mumkin. Noodatiy yondashuvlar 
roʻyxati kodlashtirish yoʻriqnomasida keltiriladi.
135. Ushbu topshiriqdagi soʻnggi vazifa o‘quvchilardan foydalanuv-
chilarni ushlab qolish (odamlar ilovani yuklab olgandan soʻng undan
foydalanmasligi) masalasini hal etishga qaratilgan ilova borasida original 
takomillashtirish gʻoyasini berish soʻraladi. Ushbu vazifa kompetensiyaviy
modelning gʻoyani baholash va takomillashtirish jihati borasida maʼlumot 
beradi. O‘quvchilar foydalanuvchilarning ilovadan foydalanishda davom
etishlari uchun ragʻbatlantirish kerakligini anglashlari zarur. Shuning 
uchun bu vazifa munosib gʻoya tatbiq etilganda, foydalanuvchi ilovadan
foydalanishda davom etsa, unga qoʻshimcha ragʻbat beruvchi joʻyali yechim-
dan iboratdir. Takomillashtirish taklifining originalligi taklif etilgan gʻoya
mavzusi yoki yondashuvida odatiy ekanligi bilan oʻlchanadi. 


56
57



Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin