59
tashqarisida oʻrganadigan va qiladigan narsalarga aloqador boʻlishi zarur;
mavjud bilim hech qanday rol oʻynamaydigan, oʻta mavhum vazifalardan
iborat testni yaratish maʼnisiz ish boʻlar edi. Masalan, vazifa ssenariysi
oʻta murakkab boʻlsa va buning natijasida nima qilishlari kerakligini yoki
nimaga qodir ekanliklarini anglamagan oʻquvchilar ijodiy yondashishdan
voz kechishlari mumkin.
142. Taʼlim resurslarini test tuzilishiga qoʻshish
mavjud bilimning
koʻrsatkichlarga taʼsirini kamaytirishning yana bir yoʻli boʻlishi mumkin.
Bu qisqa vazifa boshlanishida beriladigan yoʻriqnoma yoki osonlikcha
foydalanish mumkin boʻlgan yordam funksiyasi shaklini olishi mumkin.
Ustiga-ustak, o‘quvchining ushbu yordamchi
funksiya va vositalardan
foydalanishni kuzatish orqali uning avvalgi bilim va tajribasining darajasi
haqida xulosa qilish mumkin. Masalan, chizish vazifasi mobaynidagi
kompyuter sichqonchasining harakatlanishidan o‘quvchi
sichqonchadan
foydalanish tajribasiga ega emasligini anglash mumkin. Shuningdek, test
tuzilishi vazifa mavzusida yetarlicha bilimga ega boʻlmagan (masalan,
aylanma elektr toki soʻralgan vazifada elektr toki haqida tayanch tushun-
chaga ega boʻlmaslik) yoki test jihozlari bilan yetarlicha tajribaga ega
boʻlmagan (masalan, oldinlari hech kompyuterda rasm chizmagan)
o‘quvchilarni aniqlashga qaratilgan savollarni ham inobatga olishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: