62
63
152. PISA dasturida kreativ fikrlashni baholashda kamchilik
quyidagilarni oldindan rasman belgilab olish ehtimoliy masalasidan kelib
chiqishi mumkin: a) konseptuallashtirish, amalga oshirish, oʻlchamlar
raqami va konstruktning maqsadli xatti-harakati
nuqtayi nazaridan
oʻlchanayotgan kreativ fikrlash koʻnikmalarining madaniyatlararo bir
xilligi; b) topshiriq formati bilan o‘quvchining tanishligini (masalan,
interaktiv simulatsiyali test vazifalarida); d) zaruriy avvalgi bilim vazifa
ko‘rsatmalarini sharhlash hamda berilgan stimullar tushunarliligi (masalan,
soʻzlashuv tiliga oid soʻzlardan yoki tasvirlardan foydalanish) nuqtayi
nazaridan muammoli topshiriq mazmunida (kontentida).
153. Ushbu boʻlim koʻp jihatli ekvivalentlikning oʻta muhimligiga urgʻu
beradi, tavsiya etilgan test tuzish hamda psixometrik tahliliy bosqichlar
turkumini belgilab beradi, bu esa ham milliy, ham xalqaro guruhlarga qatʼiy
moslashtirilgan sinov vazifalari va shkalalariga olib keladi (International
Test Commission, 2017 [123]). Boʻlimda,
shuningdek, PISA kreativ fikrlash
sinovini tashkil etish mobaynida IHTT Kotibiyati hamda pudratchi tashkilot
olib borgan validlash mashqlari keltirilgan.
SINOV MATERIALI VALIDLIGI HAMDA UNING MADANIYATLARARO
SOLISHITIRA OLISH IMKONI
154. Kreativ fikrlashni validli baholashni, barcha ishtirokchi davlatlarda
kreativ fikrlash malakalar doirasini munosib qamrab olish hamda ehtimoliy
davlatlararo va guruhlararo farqliliklarni hisobga olish maqsadida, testni
tuzish siklida quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. Madaniyatlararo tashqi validlik taqrizlari: baholanayotgan tuzilma
barcha lingvistik va madaniy guruhlar tomonidan birdek anglashilishini
taʼminlash. Tuzilmaning ushbu turli madaniy
va lingvistik guruhlarga
aloqador boʻlishini taʼminlash maqsadida, ham kreativ fikrlashni
baholashda mutaxassis boʻlgan, ham test qilinayotgan madaniiy guruh
bilan tanish shaxslar baholash doirasining va
test materiallarining bir
qancha taqrizi sikllarida qatnashdilar. Bu test shakllantirishning ilk
bosqichida kreativ fikrlashga aloqasi boʻlmagan madaniy va lingvistik
xususiyatlarni aniqlashga imkon berdi. Barcha ishtirokchi davlatlar
ham madaniy xoslikka moyil boʻlishi mumkin boʻlgan topshiriqlarni
aniqlash maqsadida test materiallarini bir necha bor koʻrib chiqqan.
63
2. Kognitiv laboratoriyalar: testning maqsadli auditoriyasidagi shaxslar
test materiallari bilan qanday munosabatda boʻlishini kuzatish. Test
sohasining tajribali mutaxassislari uch mamlakatning o‘quvchilari
ishtirok etgan kognitiv laboratorya mashqlarini olib borgan. Fikrini
baralla aytish formatidagi mashqlarda PISA yoshidagi o‘quvchilardan
kognitiv va kognitiv boʻlmagan savollarga javob berish, testga javob
berayotganda fikrlash tarzini tushuntirib berish hamda tushunarsiz
yoki noaniq ko‘rsatmalar va test vazifalarini koʻrsatish soʻralgan.
Ushbu jarayon borasidagi qoʻshimcha maʼlumotlar alohida hujjatda
keltirilgan [EDU/PISA/GB(2019)8].
3. Kichik masshtabdagi validlik mashqlari: amaldagi test materiali test
sharoitida qanday ishlashini kuzatish maqsadida, umumiy test tuzish
jarayoniga parallel ravishda validlik mashqlarini oʻtkazish. Real
o‘quvchilar maʼlumotining tahlili koʻzlangandek ishlamayotgan test
materiallarni koʻrsatadi, test materiallarini, shu jumladan kodlashtirish
yoʻriqnomasini dalillarga asoslangan holda takomillashtirishga imkon
beradi. IHTT Kotibiyati va PISA pudratchilari
tomonidan amalga
oshirilgan validlik mashqlaridan koʻzlangan maqsad hamda uslubi
alohida hujjatda keltirilgan [EDU/PISA/GB(2019)8].
4. Tarjima taqrizlari: tarjima, masalan, vazifa ssenariysi yoki shartlari,
muammolarini aniqlash. Test kontenti PISA sinovining barcha tilla-
riga tarjima qilinishini taʼminlash maqsadida IHTT Kotibiyati test
tuzishda ishtirok etayotgan mutaxassis va pudratchilar bilan yaqindan
hamkorlik qilmoqda. Munosib tarjima har bir til guruhi bilan bogʻliq
til va madaniy mulohazalarning moslashtirilishini aks ettirishi lozim.
Ushbu jarayon kreativ fikrlash koʻnikmalar
hamda test konstrukti
haqida salmoqli bilimni taqozo etadi.
5. Tajriba-sinov: maqsadli auditoriyaning katta, reprezentativ qismi
orasida sinov oʻtkazish. Test tuzilishi jarayonidagi ushbu muhim bos-
qich asosiy sinovdan oldin toʻlaqonli tuzilma va sinovni validlash
mashqini oʻtkazishga imkon beradi. U barcha qatnashuvchi davlatlarda
oʻtkazilib, statistik tahlil orqali yetarlicha madaniyatlararo munosib-
likni namoyish qilmagan test topshiriqlarini
olib tashlashga imkon
beradi. Maʼlumotlar tahlili mamlakat ichra va mamlakatlararo tuzil-
ma hamda baholash validligi va ishonchliligi muammolarini hal etadi.
64
65
Guruhlararo ekvivalentlik, oʻlcham ekvivalentligi va tuzilmaviy ekviva-
lentlik, odatda, ushbu maʼlumot asosida oʻtkaziladi. PISA oʻtkazish
muddatlari tufayli ushbu bosqichdan keyin testga yangi topshiriqlarni
qoʻshish imkonsiz, mavjud topshiriqlarga salmoqli oʻzgartirishlar ham
kiritilmaydi, yaʼni yaxshi natija koʻrsatmagan test topshiriqlari test
bazasidan olib tashlanadi.
155. Qisqa qilib aytganda, sinov materialini validlash va uning mada-
niyatlararo solishitirish masalalariga bunday yondashuv konstrukt ekvi-
valentligi hamda til ekvivalentligi masalalarini hal etadi.
Dostları ilə paylaş: