65
ishonchi va turli sohalarda ijodiy fikray olish qobiliyati borasidagi fikr-
larini oʻlchaydi.
KREATIVL IKKA ISHONCH
160. O‘quvchi so‘rovnomasidagi yana bir
shkala yoshlar kreativlik
haqida qanday fikrda ekanligini oʻlchaydi. Ushbu bo‘lim o‘quvchilardan
kreativlik tugʻma talantmi yoki uni rivojlantirish mumkinligini, ijodkorlik
faqatgina sanʼatda boʻladimi, kreativ boʻlish barcha kontekstda joiz deb
hisoblanishini va ularning kreativlikni oʻrganishiga toʼsiq bo‘lishi mumkin
boʻlgan boshqa eʼtiqodlari haqida soʻraydi.
SINF VA MAKTABD AGI IJODIY FAOLIYAT
161. O‘quvchi so‘rovnomasidagi bir-ikki savollar o‘quvchilardan ular
maktabda faol boʻlgan ijodkorlik faoliyati haqida soʻraydi, bu, oʻz navbatida,
ularning soha tayyorgarligi hamda turli ijodiy domenlarga moyilligiga
taʼsir qilishi mumkin. Masalan, o‘quvchilardan ular maktabda muntazam
shugʻullanadigan faoliyat turi (rasm chizish, sheʼr yozish,
insho yozish,
ilmiy tajribalar oʻtkazish, debatlar oʻtkazish, mehnat darslari va hokazo)
hamda maktabdan tashqari faoliyati haqida soʻralishi mumkin. O‘qituvchi
va maktab so‘rovnomasida ham taʼlim dasturi hamda darsdan tashqari
vaqtlardagi ijodiy faoliyatlar haqidagi savollar boʻladi.
IJTIMOIY MUHIT
162. O‘quvchining ijimoiy muhiti haqidagi maʼlumot o‘quvchi, o‘qituvchi
va maktab direktori so‘rovnomalaridan yigʻiladi. So‘rovnoma
bandlari
oʻquvchi/o‘qituvchi munosabatlari (masalan, sinfda kreativ fikrlash
qoʻllab-quvvatlanishi yoki o‘qituvchilar o‘quvchining gʻoya va takliflariga
jiddiy qarashi haqidagi oʻquvchilarning fikri) va kengroq maktab muhiti
haqida maʼlumot to‘playdi. Ushbu bandlar o‘quvchining ijodiy faolligidagi
tashqi motivatsiyaning (masalan, intizom vaqt
talabi va sinov haqidagi
o‘quvchining fikrlari) oʻrni haqida kengroq maʼlumot berishi mumkin.
163. Qoʻshimcha savollar 15 yoshlilarning hayotidagi boshqa, oila
va doʻstlari kabi ijtimoiy taʼsirlar haqida qoʻshimcha maʼlumot to‘plashi
mumkin.