Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə41/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

Vizual ifodalash
Topshiriq 2/2


TAOMLAR FESTIVALI LOGOTIPI

Ta’rif

Foydalaniladigan shtamplar
130. Bu topshiriqda o‘quvchilar mahalliy taomlar festivali uchun 
logotip yaratishda oʻz kreativ vizual tasavvurlaridan foydalanishlari
kerak. Birinchi vazifada o‘quvchilar festival tashkilotchilari tanlovi uchun 


52
53


logotipning uchta farqli dizaynini taqdim etishlari kerak. Bu vazifa kreativ 

gʻoya ishlab chiqish jihati bo‘yicha ma’lumot beradi. Logotipning dizaynini


yaratish uchun o‘quvchilarga festival mavzusi haqida maʼlumot va logotip 
chizish uchun eng oddiy ( shakl, shtamplar kabi) grafik jihozlar beriladi. Har
bir dizayn uchun alohida joy ajratiladi, u yerda o‘quvchi logotipning maz-
muni haqida qisqa tushuntirish berishi kerak. Dizayn gʻoyalari, agar ular
taom mavzusiga tushunarli tarzda bogʻlangan logotipga oʻxshasa, munosib 
deb topiladi. Kodlovchilar logotip dizayni tushunarsiz yoki nomuno sib dek
tuyulgan paytda o‘quvchi taqdim etgan tushuntirishga murojaat qilishlari 
mumkin. O‘quvchilar farqli dizayn gʻoyalarini bera olish qobiliyatlarini
har bir dizaynda turli vizual elementlarni qamrab olgan holda yoki tayyor 
shakl va shtamplarning turli qorishmasidan foydalangan holda namoyish
qilishlari mumkin. Batafsil baholash rubrikasida ushbu vazifadagi yaqqol 
farqli dizayn yechimlarining namunasi taqdim etiladi. Ushbu namunalar
kognitiv laboratoriya, validlash tadqiqotlari va tajriba-sinov mobaynida 
olingan real javoblar asosida tuziladi. Toʻliq kredit o‘quvchilar uchta ham
munosib, ham original dizayn gʻoyasini ishlab chiqqanda beriladi; qisman 
kredit o‘quvchilar faqat ikkita bir-biridan farqli javob ishlab chiqqanda
beriladi.
131. Ikkinchi va oxirgi vazifada taqdim etilgan logotip dizaynini
original tarzda takomillashtirish soʻraladi. O‘quvchiga festival mavzusi 
(masalan, u vegeteriyan taomlar festivali
ekanligi) haqida qoʻshimcha maʼlumot 
berilib, ushbu yangi maʼlumotni munosib
tarzda aks etgan logotip dizaynini tako-
millashtirish soʻraladi. Bu topshiriq gʻo-
yalarni baholash va takomillashtirish jihati 
boʻyicha maʼlumot beradi. Toʻliq kredit olish
uchun javob oʻziga xos takomillashtirish dan 
iborat boʻlishi kerak. Kodlovchilarga real
o‘quvchilarning javoblari asosida tuzilgan 
odatiy takomillashtirishlar roʻyxati beriladi.
Takomillashtirilgan 
(yaʼni, munosib) logo tip dizayni
joʻyali lo gotipga oʻxshaydi va 
festival mavzusiga yaq qol
aloqador boʻlishi bilan birga, 
taqdim etilgan logotipning
dastlabki elementlarini 
ham saqlab qolgan boʻladi.



53


Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin