Mavzu: O‘quvchilar bilimlari va kompetensiyalarini baholashning turli
strategiyalari
Reja:
1.
O‘quvchilar bilimlari va kompetensiyalarini baholashning turli
strategiyalari.
2. Rasmiy va norasmiy baholash usullari.
3.
Diagnostik va umumiy yondashuvga asoslangan baholash usullari.
Mashg‘ulotning
maqsadi:
Tinglovchilarni
o‘quvchilar
bilimlari
va
kompetensiyalarini baholashning turli srtategiyalari bilan tanishtirish. Rasmiy va
norasmiy, diagnostik va umumiy yondashuvga asoslangan baholash usullari
haqidagi bilimlarini takomillashtirish.
Tayanch iboralar: O‘quvchilar bilimlari, o‘quvchilar kompetensiyalari, rasmiy
baholash, norasmiy baholash, baholashda diagnostik yondoshuv.
O‘quvchilarning bilim, o‘quv hamda malakalarini nazorat qilish o‘z vaqtida
va tizimli ravishda o‘tkazilgandagina zarur o‘quv va tarbiyaviy samara bеradi.
O‘qituvchi har bir o‘quvchining muvaffaqiyatlari qanday ekanligini hamma vaqt
bilishi kеrak, shundagina u o‘quvchilarning xatosini o‘z vaqtida aniqlashi va uni
tuzatishi, tеgishli yordam ko‘rsatish mumkin bo‘ladi O‘quvchilarning o‘qishdagi
muvaffaqiyatlarini nazorat qilish ular uchun o‘quv mеhnatining motivlarini ko‘p
jihatdan bеlgilaydigan rag‘batlantiruvchi faktor bo‘ladi.
O‘quvchining intellektual taraqqiyoti va bilimlarini baholashning turli usullari
mavjud. Asosiy usullarning ikkitasi rasmiy va norasmiy baholashdir.
Rasmiy baholashda testlar, viktorinalar va loyihalar mavjud. O‘quvchilar
ushbu baholarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari va tayyorlanishlari mumkin va
ular o‘qituvchilarga o‘quvchilarning bilimlarini o‘lchash va o‘zlashtirish
taraqqiyotini baholash uchun vosita hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |