Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi


TURLI GʻOYALARNI ISHLAB CHIQISH



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə29/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

TURLI GʻOYALARNI ISHLAB CHIQISH
92. Shaxsning ijodiy fikrlay olish qobiliyatining eng keng tarqalgan 
koʻrsatkichi – bu ko‘pincha gʻoyaviy sermahsullik deb ataladigan, inson
ishlab chiqishga qodir bo‘lgan g‘oyalar miqdoridir. Darhaqiqat, gʻoyaviy 
sermahsullik shaxsning ijodiy faollikka moyilligini aniqlashda eng koʻp
ishlatilgan oʻlchamdir. 
93. Gʻoya ishlab chiqishni baholayotganda yaqqol farq qiladigan toifalar
doirasida berilgan gʻoyalar ayni toifa doirasidagi gʻoyalardan yuqoriroq 
baholanishi kerak (Guilford, 1956 [46]). Masalan, vazifada bir parcha
qogʻozdan foydalanishning ehtimoliy variantlari soʻralganda, «yozish, 
truba yasash, qogʻoz samolyotini yasash, izolatsiyalovchi modda sifatida
ishlatish» deb javob bergan o‘quvchi «yozish, chizish, printerdan chiqarish» 
(yaʼni, bularning barchasi ayni, «qogʻoz tasvir sifatida», toifasida) deb
javob bergan o‘quvchiga qaraganda gʻoya berish koʻnikmasining yuqoriroq 
darajasini namoyish qiladi.
94. Kreativ fikrlash testining turli gʻoyalarni ishlab chiqish jihati 
o‘quvchilarning turli sohalar uzra qayishqoqlik bilan fikrlash qobiliyatiga
diqqatni tortadi: masalan, muammoga turli yechim topish, hikoya uchun 
turli gʻoyalar berish yoki gʻoyani turli usulda ifoda etish orqali. Ushbu
jihatga aloqador vazifalarda, o‘quvchilarga ochiq ssenariy taqdim etiladi, 
ulardan bir-biridan farqli ikki yoki uchta javob berish soʻraladi. Shuni
taʼkidlash lozimki, o‘quvchi bergan gʻoyalarning turfaligini baholash 
javoblar muayyan vazifaga mosligiga bogʻliq boʻladi.



36
37


KREATIV GʻOYALARNI ISHLAB CHIQISH
95. Kreativ fikrlash niyat bilan boshlanadi va joʻyali mahsulot yoki
gʻoya bilan tugaydi. Kreativlik borasidagi nazariy va amaliy tadqiqotlar 
orasidagi tafovutlarga qaramay, umuman olganda ilmiy adabiyot ijodiy
mahsulot ham yangicha, ham foydali ekanligi masalasida yakdildir.
96. Lekin kreativ gʻoyalarni baholashdagi ushbu «foydali va yangicha»
mezon izohtalabdir. Birinchidan, adabiyotda «yangicha» deganda butkul 
yangi narsani anglatadimi yoki faqatgina aʼlosinimi, ijodiy mahsulot
faqatgina ijodkor uchun yangi boʻlishi kerakmi yoki butun jamiyat uchunmi 
degan noaniqliklar mavjud (Batey va Furnham, 2006 [115]). 15 yoshlilarning
gʻoyasini butkul yangilik va jamiyatning ijobiy 
qabuli mezoni asosida PISA tadqiqotida baholash
nooʻrindir. Ushbu kontekstda, aloqador va koʻp tilga 
olinadigan yangilikni baholashning «originallik»
mezoni kreativ gʻoyalarni baholashda foydali 
konsepsiyadir. Guilford (1950 [116]) tomonidan
«statistik nomuntazamlik» deb taʼriflangan 
ushbu mezon oʻz ichiga yangilik, noodatiylik,
muddatlilik sifatlarini qamrab oladi va joriy 
populatsiya ichida kuzatilgan muntazamliklardan ogʻishga aytiladi.
97. Ikkinchidan, kreativ gʻoyalarning «foydali va yangicha» taʼrifi bar cha 
domenlarga birdek tegishliligi masalasi ham mavjud. Yangilik talabi baʼzi
ilmiy faoliyatlarga kamroq tegishli boʻlishi mumkin. Xuddi foydalilik ta labi 
sanʼatdagi ijodiy faollikning asosiy talabi boʻlmaganidek, ilmiy faoliyat-
larda ham samara va tatbiq etish imkoniyati hamda bilimni rivojlantirish 
borasidagi muvaffaqiyat yangilikdan qadrliroq boʻlishi mumkin (Batey
va Furnham, 2006 [117]). Bu tafovutlar test vazifalarini tuzayotganda 
inobatga olinishi zarur: masalan, original boʻlmagan javoblar eng maʼqul
variant boʻlib turganda, yangicha (original) ilmiy yechim qidirishning 
ahamiyatini oʻquvchilarga ochiq-oydin tushuntirib berish muhim.
98. PISA testining kreativ gʻoyani ishlab chiqish jihati o‘quvchilarning 
turli sohalar bo‘yicha munosib hamda original gʻoyalarni topish (masalan,
original hikoya gʻoyasi, gʻoyani oʻziga xos usulda vizual ifodalash, ilmiy 
yoki ijtimoiy muammoning oʻziga xos yechimi) qobiliyatiga e’tibor qaratadi.
Demak, PISA sinovida 
originallik tamal nuq-
taga – ayni vazifani 
bajargan boshqa o‘quv-
chilarning javoblariga 
nisbatandir.



37
Boshqacha aytganda, o‘quvchilar oldiga boshqa insonlar, hattoki oʻylab 


koʻrmagan munosib yechimni taqdim etish vazifasi qoʻyiladi. Munosiblik
mezoni javob vazifaning asosiy talablariga mos boʻlishi vazifa cheklovlariga 
(mavjud boʻlsa) rioya etishi hamda minimal tarzda foydalilikning aks etishi
kerak degani. Ushbu jihatga oid vazifalarda, talabalarga ochiq ssenariy 
beriladi va ular birmuncha batafsil shaklda yangicha gʻoyani taqdim etishi
lozim.


Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin