Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi


MAQSAD SA RI INTILISH VA IJODKORLI K BORASIDA



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə16/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

MAQSAD SA RI INTILISH VA IJODKORLI K BORASIDA 

O‘Z-O‘ZIGA ISHONCH
40. Sabr-toqat, qatʼiyat hamda o ʻz ijodiy kuchiga ishonish insonga 
maqsad sari intilish hissi va ushbu maqsadlarini roʻyobga chiqara olishi
borasidagi bardavomlik hissini berish orqali uning ijodkorligiga taʼsir 
qilishi isbotlangan.
41. Sabr – qiyinchiliklarga qaramay maqsad sari harakatni astoydil 
davom ettirish, qatʼiyat – maqsadiga yetishish uchun qiyinchiliklarga
chidash va ularni yengish – ijodkorlik uchun muhim xislatlardir. Cropley 
(1990 [71]) ijodkor shaxslarning «zoʻr berishga astoydil shayligini» eʼtirof
etgan boʻlsa, Torrance (1988 [72]) ularning eng asosiy xislati qatʼiyat 
ekanligini taʼkidlagan. Amabile (1983 [34]) fikricha, uzoq muddat davo mida
shijoat bilan biror vazifa ustida ishlash va oʻnglanmayotgan ish yuzasi dan 
hafsalasini pir qilmaslik ijodiy salohiyatning muhim qismidir.
42. Oʻz ijodiy kuchiga ishonish deganda insonlarning vazifaga ijodiy 
yondasha olishi borasidagi ichki eʼtiqodlari tushuniladi (Beghetto va
Karwowski, 2017 [73]). Maqsad sari intilish va oʻz ijodiy kuchiga isho-
nish chambarchas bogʻliq: bir qator tadqiqotchilar oʻz ijodiy kuchiga
ishonch inson oʻnglanmayotgan ish yuzasidan hafsalasi pir boʻlishi yoki 
qiyinchiliklarga qaramay davom etaverishida va alal oqibat vazifani ijodiy
hal etishida muhim oʻrin egallaydi deb hisoblaydilar (Bandura, 1997 [74]). 
Ushbu ishonchga, oʻz navbatida, avvalgi faoliyat yakunlari, kayfiyat hamda
vazifa bajarilayotgan ijtimoiy muhit taʼsir oʻtkazishi mumkin (Bandura, 
1997 [74]; Beghetto, 2006 [75]).



20
21


43. Taʼlim jarayonida oʻquvchining ijodiy fikrlashini qoʻzgʻatishga 

qaratilgan xatti-harakatlar shu sababli uning oʻz ijodiy salohiyatiga ishonch,


sabr va qatʼiyatini kuchaytirishga qaratilishi mumkin (Davis va Rimm, 
1985 [76]).

Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin