Faoliyat va motivatsiya



Yüklə 66,06 Kb.
tarix20.01.2023
ölçüsü66,06 Kb.
#79790
Faoliyat va motivatsiya

Faoliyat va motivatsiya

Erkinova E'zoza

Prep 501

Reja:

  • Motivatsiya haqida umumiy tushuncha
  • Faoliyat va motivatsiya

Motivatsiya haqida umumiy tushuncha

  • «Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega.
  • «Motivatsiya» so‘zi hozirgi zamon psixologiyasida hulq-atvorni determinatsiyalovchi omillardir.
  • Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko‘pchilik) tizimini belgilovchi va hulq-atvor faolligini ma’lum darajada tutib turuvchi, rag‘batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan ma’noda qo‘llaniladi.
  • Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma’noda qo‘llaymiz. SHunday qilib, motivatsiyani inson hulq-atvori, uning kelib chiqishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar yig‘indisi sifatida belgilash mumkin.
  • «Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday mohiyatga ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Hulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi mumkin.
  • Birinchi vaziyatda motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va h.k.lar, ikkinchisida esa – yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan rag‘batlar haqida so‘z yuritiladi.
  • Ba’zan inson hulq-atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs dispozitsiyalari deb ataladi.
  • Dispozitsiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra motivlardir.
  • Motiv motivatsiyadan farqli o‘laroq, – bu hulq-atvor sub’ektining o‘ziga tegishli bo‘lgan, uning ma’lum harakatlari amalga oshirishga ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi.
  • Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan ko‘rinishda ko‘pchilik dispozitsiyalarni ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin.
  • Mavjud bo‘lgan dispozitsiyalardan eng muhimi ehtiyojlar tushunchasi hisoblanadi.
  • Ehtiyojdan keyingi motivatsion ahamiyatga ega bo‘lgan tushuncha – bu maqsad.
  • Odamning asosiy xususiyatlaridan biri uning mehnat qilish qobiliyatidir, mehnatning istalgan turi esa faoliyat bo‘lib hisoblanadi.
  • Shunday qilib, faoliyatni odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta’riflash mumkin.
  • Faoliyat predmetlilik va sub’ektlilik xususiyatlariga ega.
  • Faoliyat predmeti deb, u bevosita shug‘ullanadigan hodisalarga aytiladi.
  • Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo‘lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o‘quv faoliyatining predmeti – bilim, malaka va ko‘nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti – yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi.
  • Faoliyat sub’ekti bo‘lib odam, individ hisoblanadi.

Faoliyat belgilari

  • - faollikning ichki motivga ega shaklidir;
  • - inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy yoki har tomonlama etuk mahsulotning yaratilishi;
  • - insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi;
  • - insonning faoliyati o‘zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon bo‘ladi, faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o‘zida insoniy bilimlar va malakalarni mujassamlashtiradi.

Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketmaketlik tuzilishiga ega.


alohida faoliyatlar darajasi (yoki faoliyatning alohida turlari);
harakatlar darajasi;
muolajalar darajasi;
psixofiziologik vazifalar darajasi.
  • Harakat – bu faoliyat tahlilining asosiy birligi. Ta’rifga ko‘ra harakat – bu maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon. «Harakat» tushunchasiga oid quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin.

«Harakat» tushunchasi xususiyatlari


Birinchi xususiyat
harakat zarur tarkibiy qism sifatida maqsad qo‘yish va uni ushlab qolish ko‘rinishidagi ong aktini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi xususiyat
harakat – bu bir vaqtning o‘zida hulqatvor akti ham bo‘lib hisoblanadi .
Uchinchi xususiyat
Shunday qilib, faoliyat nazariyasi avvalgi konsepsiyalardan (bixeviorizm) tafovutlari ko‘rsatilgan birlamchi ikki xususiyatlarining ong va hulqatvorning uzluksiz birligini tan olishidan iborat.[2]
To‘rtinchi xususiyat: harakat tushunchasi odam faoliyatini ijtimoiy va jismli dunyoga «olib chiqadi».
  • Faoliyat nazariyasida ma’lum sharoitlardan ko‘zlangan maqsad masala deb ataladi. Masala echish jarayonini tasvirlashda ularni amalga oshiruvchi harakatlarni ham, muolajalarni ham ko‘rsatish lozim.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 66,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin