MADANIY ME’YORLAR VA KUTILAYOTGAN NATIJALAR 50. Kreativ mahsulot ijtimoiy kontekstga bogʻliq (Baer, 2016 [56];
Csikszentmihalyi, 1996 [21]) va bu ijtimoiy kontekst, oʻz navbatida, madaniy
me’yorlar va kutilayotgan natijalar tomonidan shakllantiriladi. Madaniy
me’yorlar va kutilayotgan natijalar kreativ fikrlashga taʼsir qiladi, chunki
ular inson rivojlantirishni afzal koʻrgan koʻnikma va aqliy jarayonlarga,
insoniy kamolotini shakllantiruvchi qadriyatlarning paydo boʻlishiga
taʼsir oʻtkazadi (Niu va Sternberg, 2003 [88]; Wong va Niu, 2013 [89]).
Madaniy me’yorlar, shuningdek, bir kontekstda ijodiy fikrlashni qo‘llab-
quvvatlashi, boshqa kontekstda esa ijodiy fikrlashdan qaytarishi (man
etishi) mumkin (Lubart, 1998 [90]). Baʼzi tadqiqotlar madaniy farqliliklarni
milliy ijodkorlik va innovatsiya oʻlchamlariga taʼsirini oʻrgangan. Ularning
umumiy xulosasiga koʻra, faqatgina individualizm/ kollektivizm ijodiy
mahsulot darajasiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi (Rinne, Steel va Fairweather,
2013 [91]; Ng, 2003 [92]).
TAʼLIM YONDASHUVLAR I 51. Madaniy qadriyatlar taʼlim yondashuvlariga, xususan, taʼlim
tizimi talabalar uchun qadrli deb bilgan natijalarga va taʼlim dasturining
kontentiga taʼsir qiladi. Bu yondashuvlar baʼzi hollarda maktabdagi
muayyan ijodiy xatti-harakatlarga befarq qarashi, yoki hattoki, man
etishi mumkin (Wong va Niu, 2013 [89]). Kreativlikning investitsiya
nazariyasiga koʻra, ijodkor boʻlish asosan har kim qilishi mumkin boʻlgan
toʻxtamdir, lekin aslida juda kamchilik bunday toʻxtamga keladi, chunki
aksar insonlar bu toʻxtamning ijtimoiy qimmati baland deb hisoblaydi. Baʼzi
tadqiqotchilar hatto tobora torayib borayotgan taʼlimiy yondashuvlar va
baholash metodlari hozirgi yoshlarning kreativ fikrlashini «bo‘g‘ib», unga
daxl qilayotganini taʼkidlamoqdalar (Berliner, 2011 [94]).