Konstruksion po`latlar deb, mashinasozlikda va inshootlarni ko`rishda detallar va konstruksiyalarni yasash uchun qo`llaniladigan po`latlarga aytiladi. Bunday po`latlar uglerodli yoki legirlangan bo`lishi mumkin. Konstruksion po`latlarda uglerod miqdori 0,5-0,6% dan ko`p emas, ammo, ba'zi bir paytlarda hattoki 0,8-0,85% ga ham yetishi mumkin.

Hozirgi zamon mashina detallari ko`pincha yuqori dinamik kuch ta'sirida, katta kuchlanish hamda past temperaturalarda ishlaydi. Bunday sharoit materialni mo`rt yemirilishiga olib keladi, natijada mashinani ishonchli ishlash muddatini kamaytiradi. Shuning uchun, statik sinash natijasida aniqlangan yuqori mexanik xarakteristikalardan tashqari, yuqori konstruksion mustahkamlikka ham ega bo`lishi kerak, ya'ni real sharoitda qo`llaniladigan detallar hamda konstruksiyalarni mustahkamligi yetarli bo`lishi kerak, to`satdan hosil bo`ladigan yuqori kuchlanishga qarshilik ko`rsata olishi kerak