M qadimgi Misr o'lchov birliklari tizimi bo'yicha ijodiy ish Qadimgi davrlarda yaratilgan o'lchov birliklari sekin-asta mukamalashib, aniq o'lchamga kirib borgani sari, ularning qo'llanish sohasi ham aniqlashib bordi



Yüklə 3,7 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü3,7 Kb.
#201280
MT2. Qadimgi Mi-WPS Office


MT2. Qadimgi Misr o'lchov birliklari tizimi bo'yicha ijodiy ish Qadimgi davrlarda yaratilgan o'lchov birliklari sekin-asta mukamalashib, aniq o'lchamga kirib borgani sari, ularning qo'llanish sohasi ham aniqlashib bordi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari inson uchun o'lchov birliklarining ahamiyati ham ortib bordi. Bu qadim zamonlarda mavjud bo'lgan ko'plab davlatlar va ularning aholisi tomonidan yaratilgan o'lchov birliklarida o'z aksini topgan. Eng qadimgi o'lchov birliklarining butun boshli sistemasini ixtiro qilgan qadimgi xalqlar orasida misrliklar alohida o'rin egallaydi. Ular dehqonchilik, hunarmandchilik va me'morchilik bobida butun bashariyat uchun ulkan meros qoldirganlar. Ushbu merosning bir qismi metralogiyaga oid desak, xato bo'lmaydi. Chunki qadimgi Misr aholisi oddiy dehqonchilik yo hunarmandchilikdami murakkab piramidalarni barpo etish yo kanallar qurishdami aniq hisob-kitobga tayanganlar. Bu jarayonda uzunlik,og'irlik, yuza va hajm singari o'lchovlarning dastlabki sistemasi shaklandi. Qadimgi Misrliklarning o'lchov birliklaridan tirsak (lokot) bo'lib, bu haqida "tarix otasi" Geradot ham ma'lumot beradi. Uning aytishicha, misrliklarning tirsak o'lchovi yunonlarda qo'llanilgan lokot bilan teng bo'lgan. Uning ikki xil shakli bo'lib, podsho tirsagi 52,5 sm, kichik tirsak esa 44,83 smni tashkil etgan. Tirsakdan kichik uzunlik odatda kaft va barmoq kabi birliklar bilan o'lchangan. Agar tirsakning ikki xil sistemasi borligini hisobga olsak: oddiy tirsak =6 kaft=24 barmoq;podsho tirsagi =7=kaft=28 barmoqdan iborat bo'lgan.Misrda eng kichik uzunlik birligi teb (qad.kopt. -barmoq) bo'lib, 2,18 smni tashkil etgan.Nisbatan kattaroq birliklar shesp 4 teb yoki 8,725 smga, dixas 2 shesp - 17,45 smga teng bo'lgan. Nisbatan uzunroq birliklar spitam, zerets va pigon hisoblangan. Qadam =2 1/3 zerets=81,44sm; Ksilon=3 podsho tirsagi=1,57 m; Orgiya=1 1/3 ksilon =2,09m; Kanna = 5 qadam = 11 2/3 zerets =4,07m; Xet (senus) =25 orgiya =52,35m; Stadiy =3 1/3 xet = 174,5m; Mil =10 stadiy = 1,745km; Shem = 1 1/5 atur (oddiy) =6,282km; Parasang = 1 1/9 Shem = 6,98 km; Oddiy atur =3 mil = 5,235 km;
Yüklə 3,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin