36-rasm. a – Davriy tartibda ishlovchi tanlab eritish: 1- aralashtirib sianlash chani; 2- yig’uvchi chan; 3- filtir.
b – To’xtovsiz rejimda ishlovchi dasgohlar: 1- aralashtirib eritish uchun chan; 2 – filtr.
2. Davriy ravishda sianlashga nisbatan uzluksiz ravishda sianlashning qulay tomonlari shundaki, 1) Dastgoxlarning kamligi va to’liq avtomatlashtirish; 2) ishchilar sonining kamligi: 3) chanlarning samarali ishlatilishi 4) kichik quvvatli elekrdvigalellarning ishlatilishi. Shu sababdan zamonaviy amaliyotda ko’p hollarda to’xtovsiz rejimda ishlovchi jarayondan qo’llaniladi.
Aralashtirib sianlash jarayonida ishlashiga qarab chanlar quyidagi turlarga bo’linadi:
a) mexanik aralashtirish bilan ishlaydigan chanlar;
b) pnevmatik aralashtirish bilan ishlaydigan chanlar;
v) pnevmomexanik aralashtirish bilan ishlaydigan chanlar.
Birinchi turdagi dastgoxlarga aralashtirgichli chanlar kiradi. Bu dastgoxning asosiy yutug’i yuqori darajada bo’tanani aralashtirish va aeratsiya holatini hosil qilishdan iborat. Kamchilik tomoni yuqori elektrenergiyani sarf bo’lishi.
Empeller aralashtirgichli chan – markazida diffuzor sirkulyator bilan joylashgan. Diffuzyor orqali empellerli val o’tadi.
3. Pnevmatik aralashtirgichli dastgohlarga hozirgi kunda keng qo’llaniladigan markaziy aeroliftli pachuklar kiradi. Pachuk baland silindirsimon chandan va konussimon asosdan iborat. Channing balandligi uning diametridan 3-4 marta katta bo’ladi. Channing markizida aerolift o’rnatilgan, unga truba orqali siqilgan havo beriladi. Aerolift ichida bo’tana havo bilan aralashadi va xavo-bo’tanali aralashma hosil qiladi, bu aralashmani zichligi oddiy bo’tana zichligidan kam bo’ladi. Shu uchun ham aralashma aeroliftni ustidan chiqib ketadi, pastidan esa kam havo saqlagan bo’tana keladi. Shu holda dastgoxda uzluksiz sirkulyatsiya jarayoni yuzaga keladi. Jarayonni buzilishi oqibatida, ya’ni havo berilishini to’xtatilishi oqibatida dastgohning pastki qismiga qattiq zarrachalarning to’planishi oqibatida tiqilishi mumkin. Bu cho’kib qolgan zarrachalarni jarayonga qaytarish uchun dispergator qurilmasi o’rnatilgan, havo yordamida zarrachalar yana aralashmaga yuboriladi. Pachuklarda havoning sarfi har xil hajmdagi pachuklar uchun har xil bo’ladi. Masalan 100 m3 li pachuklar uchun havoning sarfi 1-3 m3 bo’ladi. Havoning bosimi esa pachukning balandligiga va bo’tananing zichligiga bog’lik bo’ladi, odatda 200-400 kPa bo’ladi, ya’ni 2-4 atm.
Bo’tana
Bo’tana
Havo
6 Havo
Havo
Bo’tana
Bo’tana