Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


XVI BOB. 0 ‘SMIRLIK DAVRI



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   240
Ривожланиш психологияси

321


XVI BOB. 0 ‘SMIRLIK DAVRI
Reja:
1
. 0 ‘smirlik yoshida rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari.
2
. 0 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat.
3. 0 ‘smir psixikasi va xulq-atvorining o‘ziga xos xususiyatlari.
4. Kattalar bilan muloqotning xususiyatlari.
5. 0 ‘smirlik davrida psixologik yangilik.
6
.Shaxs rivojlanishi va o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Tarbiyaviy:
0 ‘smirlik davrida o‘z-o‘ziga baho berish tizimi- 
ning rivojlanish xususiyatlari, ularning ong va dunyoqarashining 
shakllanishini tushuntirish orqali talabalarni o‘z-o‘zini anglash- 
ga, tahlil qilishga, tarbiyalashga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi:
Talabalarning o‘smirlik yoshdagi bolalarning 
yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bi­
lan ishlash, muammoli vaziyatlarni yechish ko‘nikma-malakala- 
rini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: 
o‘smir, yetakchi faoliyat, muloqot, psi­
xologik yangilik, o‘z-o‘ziga baho berish, jinsiy yetilish jarayoni, 
o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz.
16.1. 0 ‘smirlik yoshida rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari
0 ‘smirlik 10—11 yoshlardan 14—15 yoshlargacha bolgan 
davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nis­
batan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka 
ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish 
oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda 
0
‘smir­
lik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘smir 
bola emas, biroq katta ham emas» ayni shu ta’rif o‘smirlik davri­
ning muhim xarakterini bildiradi. 0 ‘smirlik — bolalikdan katta- 
likka o‘tish davri bolib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga 
xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning 
jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli nar-
322


salarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakllana­
di, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. 0 ‘smirlik ba- 
log‘atga yetish davri bolib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga 
taalluqli chigal masalalarning paydo bolishi bilan ham xarak- 
terlanadi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o'zgarishlar ro'y bera 
boshlaydi. Bu o'zgarishlar fiziologik hamda psixologik o'zgarish- 
lardir. Bo‘yga o'sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5—7 sm o'ssa- 
lar, o‘g‘il bolalar 5—10 sm o'sadilar. Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon 
ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi 
hisobiga ro‘y beradi.
O glz bo‘shlig‘i va halqumdagi o'zgarishlar oqibatida tovush 
tembri ham o'zgaradi. Bu o'g'il bolalarda qiz bolalarga nisbatan 
ko'proq darajada sodir boladi. O'g'il bolalarning tovushi vaz- 
minroq bolib qoladi, do'rillaydi.
Garchi bu davrda mushaklar tez sur’at bilan o'ssa ham, 
mustahkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va qo'l suyaklarining 
o'sish sur’ati orqada qoladi. O'smirlarda bu xususiyat ularning 
beso'naqay xatti-harakatlarida, yurish-turishlaridagi qo'pollikka, 
katta-katta odim tashlashlariga sabab boladi.
Fiziologik o'zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan 
bogliq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivoj­
lanishi va o'sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan 
shakllana boshlashida namoyon boladi. Organizmdagi o'zga­
rishlar bevosita o'smir endokrin sistemasining o'zgarishlari bilan 
bog'liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezi- 
ning funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to'qimalari- 
ning o'sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon 
bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. 
Natijada bo'y o'sishi tezlashadi, jinsiy balog'atga yetish (jinsiy or- 
ganlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo b o li­
shi) amalga oshadi. Ko'krak qafasi ham gavdaning bo'y o'sishiga 
nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o'smirlarning 
yelkasi, ko'kragi tor bolib qoladi, bu esa o'z navbatida kislo- 
rod yetishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi. Kislorod yetish-
323


masligi natijasida ruhiy faoliyatga putur yetadi. Bu davrda yurak 
kengayishi bilan qon tomirlari ham yo‘g‘onlashadi. Qon aylanish 
sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqa­
rorlik qon aylanishini buzadi va o‘smirda ba’zi qon bosimining 
ortishi ro‘y beradi.
Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. 0 ‘smirda 
ro‘y beradigan biologik-jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik 
dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. 0 ‘smirlik yoshida 
ularning xulq-atvoriga xos bolgan alohida xususiyatlarni jinsiy 
yetilishning boshlanishi bilan izohlab bolmaydi. Jinsiy yetilish 
o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko‘rsatib, 
bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir.
0 ‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular 
o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada 
o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni 
oddiy kuzatish yoli bilan ham osongina ko‘rish mumkin. 0 ‘smir­
lik davri «o‘tish davri», «krizis davr», «qiyin davr» kabi nom- 
larni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, 
bu yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sha- 
roitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari 
ham kuzatiladi. 0 ‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni «psi­
xik rivojlanishdagi inqiroz» deb nomlagan. Kichik maktab davri- 
dan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga muno- 
sabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan 
kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik yoshini ikki xil davrga — ki­
chik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. 
Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini «bola»lardan ajratib, endi o‘zini 
kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek boladi. Katta­
lar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristika- 
lari hisoblanadi.
Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish 
va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho be­
ra olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin bolishi, yordam 
berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bogliq
324


bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bos- 
qichda o‘smir endi o‘zining yosh bola emasligiga shubha qilmay- 
di va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini uluglab, o‘ziga 
xos harakatlar qila boshlaydi. 0 ‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi 
fikrlar ko‘proq qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivoj- 
lantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar.
0
‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini 
anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat 
o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishi- 
da irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya si­
fatida o‘smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shax- 
si rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi. Bu davrga kelib 
uning harakatlari o‘zi bilan o‘rtoq bolgan bir guruh tengdosh- 
lariga bogliq bolmay qoladi. 0 ‘rtoqlari o‘smirga o‘zi to‘g‘risida- 
gi noto‘g‘ri tasavvurlardan qaytib, jiddiy o‘ylab ko‘rishga uni maj- 
bur qilmoqchi bolganlarida ham u bemalol rad javobini berishi va 
o‘z fikrida qat’iy turib himoya qilishi mumkin. Bu davrda o‘zga 
kishilarning ichki dunyosiga ortiqcha qiziqish bilan qarash va o‘z 
xatti-harakatlarini o‘zi tahlil qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalashning ele- 
mentlarini yuzaga kelishi mana shu ikkinchi bosqichdagi o‘smir- 
lar hayotiga xos xususiyatlardir. 0 ‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga 
kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, 
urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. 0 ‘smirlar hayotda, 
ekranda va kitoblarda kattalarning mustaqilligini va erkinligini, 
ularning katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini, qahra- 
monliklarini, atrofdagilar orasidagi obrolarini ko‘radilar hamda 
havas qiladilar. 0 ‘smirda katta yoshli odam bolishga yoki hech 
bolmaganda katta yoshli odam bolib ko‘rinishga qiziqish, intilish 
paydo boladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bolib 
ko‘rinadi. 0 ‘smirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining o‘zaro 
mos kelmasligi o‘smirlar bilan ota-onalari, o‘qituvchilari va bosh­
qa murabbiylari o‘rtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi.
0
‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini amal­
ga oshirishga intiladi: katta yoshli odamlar ega bolgan ham-
325


ma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bolish- 
ga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega 
ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, qo‘rqmas va epchil bolishga 
intiladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday 
bolishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat 
«kerakligi» uchun shunday bolishini istaydilar. Ana shunday 
«xohlayman» va «kerak» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan 
oilada, maktabda keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltira- 
di. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» faqat «kerak»ni baja­
rish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o‘smir bola tushunishga 
o‘rgatilmagan bolsa va «kerak» bolgan narsani bajarishga odat- 
lanmagan bolsa, u o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqa­
li tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o‘zining 
shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. 0 ‘smirning 
yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro muno­
sabatlarning butun muhitiga oid boladi. 0 ‘smir avval bajonidil 
bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning 
mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirish- 
ganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, ja- 
zolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan 
hisoblashishmaganda u juda xafa boladi va norozilik bildiradi. 
0
‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo boladi va u o‘zini kam- 
sitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bolmagan 
inson, deb biladi. Bolalikdagi kattalar bilan bolgan munosabat 
haqidagi fikrlari o‘zgaradi va uning o‘z kattaligi darajasi haqidagi 
tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi. U kattalar huquqini chek- 
laydi, o‘zinikini esa kengaytiradi. Kattalarning o‘z shaxsi va in- 
soniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va musta­
qillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum 
teng huquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga eri- 
shishga harakat qiladi.
0
‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya qilish 
xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning 
xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar.
326


0
‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib 
qolishlari ham mumkin. 0 ‘smir katta odam, shuningdek, che- 
kuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini noqulay his qiladi. 
Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan 
kattalarga yaqin bolgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga 
tushuvchi holatlar boladi va ular o‘smirda krizisni yuzaga kelti- 
rib chiqaradi. Bu krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi, shuningdek, 
psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bogliqdir. Bu davrda bola­
ning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, teng­
doshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta 
o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina o‘smir- 
larda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi ha­
qidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bolayotgan o‘zga- 
rishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirning asabiylashishiga olib 
keladi. Bu esa o'smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuza­
ga keltirishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarni nima uchun atrofdagilar, 
kattalar, shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay 
olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiy- 
lashishlariga sabab boladi va o‘smirlik davri inqirozi yuzaga ke­
ladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolglzlikka intilish, 
passivlik yoki aksi, o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy 
munosabatlarning kechishida namoyon boladi. Bunday paytlarda 
u o‘zi singari katta fiziologik, psixologik o‘zgarishlar kechayotgan 
o‘rtog‘i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Do‘sti o‘smir- 
ga ijobiy ta’sir qiladimi yoki uni yoldan urib, yomon ta’sir qiladi- 
mi — bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bogliq.
0
‘rtoqlarining ta’siri ostida o‘smir o‘zining ehtiyojlari va is- 
taklarini qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish un­
ga katta mamnunlik baglshlasa, bunday hollarda uning ba’zi 
bir harakat yoki qiliqlarga nisbatan bolgan tasodifiy qiziqish­
lari dastavval ishtiyoqqa, undan keyin ehtiros yoki odatga aylani- 
shi mumkin. Ana shunday yol bilan o‘quvchilarda, masalan, 
matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki 
qandaydir boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi,
327


ammo o‘quvchilar xuddi shunday yo‘l bilan yolg‘onchilikka, be- 
zorilikka va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham o'rganib qo- 
lishlari mumkin.
0
‘smirlik davridagi barcha nomunosib harakatlar bir on- 
da o‘tib ketadigan xohishlarning ko‘pligidan va kelib chiqadigan 
oqibatni nihoyatda yuza tarzda ko‘ra bilishlikdan kelib chiqadi. 
Deyarli barcha zararli xohishlar oldin zararsiz va yengillik bilan 
amalga oshiriladigandek bo‘lib ko‘rinadigan ko‘ngil ochish tar- 
zidagi ishlardan boshlanadi. Biroq, aslida esa bu ishlarni amal­
ga oshirishga o'smirlarning imkoniyatlari yetmaydi. Bunga shaxs 
taraqqiyotining tabiiy ehtiyojlari ta’sir qiladi. Agarda o‘smir bola­
lar faqat bajara oladigan ishlarni qilganlarida edi, ular o‘zlarining 
psixik xususiyatlarini rivojlantira olmagan bo‘lar edilar. 0 ‘smir- 
lar, o‘zlarining turli xil xohishlarini bevosita qondirishdan bo‘lak 
narsani ko‘ra olmaydilar va bunday xohishlar xatarli oqibatlar- 
ga tomon yo‘llaganda o‘zlarini vaqtida to‘xtatib qola olmasliklari 
ham mumkin. 0 ‘quvchilarni o‘z xatti-harakatlarining oqibatla- 
rini oldindan ko‘ra bilishga va o‘zlarini tuta bilishga o‘rgatish tar- 
biyachilarning asosiy vazifasidir.
0
‘smirlar haddan tashqari g‘ayratli va besaramjon boladilar, 
ular uchun bekorchilik juda oglrdir, bir xil tarzdagi ishlardan 
tezda toliqadilar, bir xildagi ish bilan qiziqmay qo‘yadilar, bu esa 
ularning ta’lim jarayonlari muvaffaqiyatiga kuchli ta’sir qiladi. 
Binobarin, o‘smirlarga muvaffaqiyatli ta’lim va tarbiya berishda 
ularni turli faoliyatlarga qiziqtirish va turli xil foydali mashg‘ulot- 
larga jalb qilish hamda qiyinroq, lekin kuchlari yetadigan ishlar 
bilan shug'ullantirish nihoyatda muhimdir.
« 0 ‘smirlik yoshining mohiyati shundan iboratki, o‘smir bir­
muncha faolroq ijtimoiy muhitga yetilgan bolib, bolalik chog‘ida 
vujudga kelgan eski munosabatlarni buzib, ana shu muhit uchun 
kurasha boshlaydi». Har bir o‘smir muvaffaqiyatli ishlar bilan te­
varak-atrofdagi odamlar o‘rtasida o‘z shaxsini tasdiqlashga intiladi.
Kattalar o'smirlarning foydali jamoa ishlarida muvaffaqi­
yatga erishishlarida yordam berishlari va bu bilan ularning o‘z
328


qadr-qimmatlarini namoyon qilishlariga imkon berishlari lozim. 
Aks holda ular boshqalarning oldida o‘zlarini yuqori qo‘yishlari, 
bepisandlik qilishlari mumkin. Buni ular o‘zlarining qadr-qim- 
matlari tan olinmaganligi yoki kamsitilganligiga qarshi chiqib
salbiy ishlar va xatti-harakatlar orqali amalga oshirishlari mum­
kin bo‘ladi.
0
‘smirlar nihoyatda taqlidchan bolib, ularda hali aniq bir 
fikr, dunyoqarash shakllanmagan boladi. Ular tashqi ta’sirlarga 
va hissiyotlarga juda beriluvchan boladilar. Shuningdek, ularga 
mardlik, jasurlik, tantiqlik ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluv- 
chanlik o‘smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab boladi, 
lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan boladi. 
Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi kattalarning, 
ustozlarning to‘g‘ri yolni ko‘rsatishlariga qaramay, o‘z fikrlarini 
olkazishga harakat qiladilar. 0 ‘smirlarga farosatlilik, tejamkor- 
lik, ehtiyotkorlik va uzoqni k o la bilishlik kabi psixik xususi­
yatlar hali yetishmaydi. Tengdoshlari, shuningdek, sinfdoshlari 
guruhida o‘smir o‘zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namo­
yon boladi. 0 ‘smir o‘z guruhiga bogliq va qaram bolgani hol­
da shu guruhning umumiy fikriga qo‘shilishiga va uning qarori- 
ni doimo bajarishga tayyor boladi. Guruh ko‘pincha o‘smirda 
«biz» hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki ho- 
latini mustahkamlaydi. 0 ‘smir yoshdagi bola uchun do‘st tan- 
lash juda katta ahamiyatga ega. 0 ‘smirlik davrida do‘stlik juda 
qadrli hisoblanadi. Do‘stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin 
bolishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj o‘smir do‘stlarning hol-ah- 
vol so‘rashishi va ko'rishishlarida (qo‘1 berib, quchoq ochib ko‘ri- 
shish) birga olirish va birga yurishga harakat qilishlarida ko‘rina- 
di. Ko‘pgina ana shunday juda yaqin munosabatlar, o‘smirlarning 
shaxs bolib shakllanishida, hamkorlikdagi harakatlarining izi in­
son qalbi va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
0
‘smir yoshlarning xulq-atvori va faoliyatlarida ba’zan o‘zlari- 
ning kuchlari yetmaydigan qarama-qarshiliklar paydo boladi. 
Asosiy qarama-qarshilik juda ko‘p orzu-tilaklarni vujudga kelti-
329


ruvchi, jadal ortib borayotgan jismoniy, ma’naviy va moddiy ehti­
yojlar bilan ularni qondirish uchun nihoyatda cheklangan hamda 
ko‘p jihatdan yetarli bo'lmagan imkoniyatlari o‘rtasidagi qara- 
ma-qarshilikdir. 0 ‘smirning o‘z kuchiga to‘la ishonmasligi uni 
butun vositalar bilan shunchaki o‘zini katta kishi bo‘lib qolgan- 
ligini ta’kidlashga majbur qilibgina qolmay, shu bilan birga bu 
tuyg‘uni yetarli baholay olmaslik holatini ham vujudga keltiradi. 
Bu o‘z navbatida kattalarga qo‘pol munosabatda bo‘lish va agres- 
sivlikni hamda ota-onalar bilan o'qituvchilarning maslahat va ta- 
lablarini pisand qilmaslik kabi xulq-atvor alomatlarini ham kel­
tirib chiqaradi.
«Oltinchi sinf muammolari»ga bag‘ishlangan tadqiqot ishi- 
da shu yoshdagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari va turli xil 
fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
muammolarning o‘sib borishi quyidagicha namoyon bo‘lgan: ol­
tinchi sinf o‘quvchilari to‘rtinchi sinfga nisbatan 6 marta ko‘proq 
qaysarlik qilishlari, 10 marta ko‘proq o‘qituvchilarga qarshilik 
ko‘rsatishlari, 7 marta ko‘proq boshqalar irodasiga to‘sqinlik qi­
lishlari, 9 marta ko‘proq boshqalar kamchiliklariga e’tibor be­
rish lari, 5 marta ko‘proq faqat o‘z xohish-istaklariga bo‘ysunish- 
lari va nihoyat 42 marta ko‘proq o‘z xatti-harakatlari motivlariga 
ega bo‘lmasliklari aniqlangan (Krakovskiy A.P. 1970).

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin