shi» psixik kasalliklar va shaxsiy muammolarning vujudga kelish
xavfini oshiradi (masalan, depressiv holatlar).
Boulbining g‘oyalari hayotga tatbiq etilib, 1950-yillardan ki
chik bolalarni kasalxonalarda onasidan ajratmaslik haqida qaror
qabul qilinib, amalda joriy etildi.
E.Fromning bola tarbiyasida ota va onaning roli haqidagi
fikrlari ham e’tiborga loyiq. Onaning bolaga muhabbati shartsiz
zarur: bola borligi uchun yaxshi ko‘riladi. Ona hayotga ishonishi
va ortiqcha xavotirlanmasligi zarur, shundagina u bolaga xavfsiz-
lik hissini uzatishi mumkin. Otaning muhabbati — shartli mu-
habbatdir, uni majburiyatlarni bajarib, tartibga rioya qilib, kutil-
malarga mos harakat qilib qozonish mumkin.
Bolalar psixoanalizi ta’lim va ijtimoiy sohalarda ishni tashkil
etishda, ota-onalar bilan ishlashda katta ta’sir ko‘rsatadi. Uning
asosida «xatar guruhi» bolalari uchun turli xil «ota-ona — bola»
munosabatlarini tuzatish bo‘yicha dasturlar tuzildi. Zamonaviy
psixoterapiyaning maqsadlari juda keng sohalarda qollanilmoq-
da: nevrotik belgilarni yo‘qotishdan, xavotirlanishni kamaytirish,
aqliy faoliyatni tashkil etish o‘zgarishlarigacha xulq-atvorni yax-
shilashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: