•
4. Latent bosqich
— jinsiy sokinlik 6—7 yoshdan 12 yoshga
cha o‘smirIik yoshi boshlangungacha davom etadi. Asosiy energiya
kuchi o‘qish, sport, bilishga intilish asosan o'zining jinsidagi teng-
doshlari bilan do'stlashishga yo‘naltiriladi. Freydning shaxs jinsiy
shakllanishidagi bu uzilishining ahamiyatini oliy insoniy madani-
yatni rivojlanishi uchun sharoit sifatida alohida ta’kidlaydi.
•
5. Genetal bosqich
(12—18 yosh)
- pubertat davrda biologik
yetilish bilan asoslangan va psixojinsiy rivojlanishni yakunlovchi
bosqich. Jinsiy va agressiv tuyg‘ularning ko'payishi sodir b o la
di hamda Edip kompleksi qaytadan yuzaga keladi. Autoerotizm
yo‘qoladi, uning olniga boshqa jinsiy
obyektlarga qiziqish paydo
boladi. Normada o‘smirlikda jamiyatda o‘z o ln in i topish, tur-
mush o‘rtog‘ini izlash, oilasini yaratish harakatlari boladi.
• Bu bosqichning muhim vazifalaridan biri ota-ona qara-
mogldan qutulishdir.
5.2. Bolalik psixoanalizi
Klassik psixoanaliz nuqtayi nazaridan bolalar bilan ish olib bo
rish qiyinchilik tug‘dirgani uchun Freydning izdoshllari A.Freyd
va M.Klyayn o‘zlarining bolalar psixoterapiyasi variantlarini ishlab
chiqdilar. A.Freyd (1895—1982) «Bolalar psixoanaliziga kirish (1927),
«Bolalikdagi norma va patologiya» (1966) bolalar psixoanalizi asos-
larini bayon etdi. Psixolog bola xulq-atvoridagi qiyinchilik sababla-
rini tushunish uchun nafaqat bola psixikasining ongsiz qatlamlariga
kirishi, balki shaxsning barcha uch tarkibiy qismlari (Men, U, Oliy
Men) haqida har tomonlama ma’lumotlarga ega bolishi,
ularning
tashqi dunyo bilan munosabatlari, psixologik himoya mexanizmlari
va ularning shaxs rivojlanishidagi roli haqida bilishi zarur.
A.Freydning ta’kidlashicha, bolalar psixoanalizida birinchi-
dan, kattalar bilan umumiy analitik metodlardan foydalanish
mumkin emas: gipnoz,
erkin assotsiatsiyalar, tushlar talqini, qa-
rama-qarshiliklar tahlili va ko‘chirish. Ikkinchidan, u bolalar
ning tahlil qilish texnikasi o‘ziga xosligini kolsatib oldi. A.Freyd
Menni tadqiq etuvchi yangi texnik metodlarni taklif etdi. Ular-
99
dan biri transformatsiyalar analizidir.
Uning fikricha, kutilgan
va namoyon qilingan emotsional reaksiyalarning mos kelmasli-
gi bolada himoya mezanizmlari ishga tushganligidan dalolat be
radi.
Shunday qilib, bolaning Meniga kirish imkoniyati tug‘iladi.
Ingliz psixoanalitiki M.Klyayn (1882—1960) bolalar psixoanali-
zini tashkil etishda o‘z variantini ishlab chiqdi1. Bunda u bolaning
to‘satdan o‘yin faoliyatidagi faolligiga e’tibor qaratdi. A.Freyddan
farqli ravishda M.Klyayn bolalarning ong ostiga to‘g‘ridan to‘g‘ri
kirish mumkinligi haqidagi fikrni ilgari surdi.
Uning fikricha, hara
kat nutqqa nisbatan bolaga ko‘proq xos, erkin o‘yin kattalardagi as-
sotsiatsiyaga o‘xshaydi; o‘yin bosqichlari — bu kattalardagi assotsia-
tiv mahsulotning analogidir. Terapevt bolaga kichik o‘yinchoqlar
to‘plamini, «butun dunyo kichiklashtirilgan» to‘plamni taklif eta
di va bir soat davomida bolaga erkin harakat qilish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: