92
Regressiya.
Muammoli vaziyatda avvalgi yoki bolalikdagi istak
va harakatlarni qoniqish shakliga qaytishdir. Regressiya qisman
toliq yoki simvolik bolishi mumkin. Muammoni yordam solash
oqibatida hal qilish «regressiya» sinfiga shuningdek, «harakat faol-
ligi» mexanizmiga kiradi. Shuningdek, xavotirlanishni kamayishi-
ni talab qilish mumkin bolmagan istak orqali kelib chiqqan. Reg-
ressiv xulq-atvor ko‘p hoflarda kattalar tomonidan taqdirlanadi
hamda simbiotik emotsional munosabatlarni talab qiladi.
Proyeksiya — bu individ o‘zining ongli darajasida rad qiluvchi
fikr, tuyg‘u, motiv va istaklarni boshqa shaxs yoki obyektga o lk a
zish mexanizmi. Mexanizm o‘zini va atrofdagilarni ular tomo
nidan emotsional rad etilishi sifatida qabul qilmaslik tuyg‘usini
ushlab turish uchun rivojlanadi. Proyeksiya o‘zini qabul qilmaslik
qolquvi bilan kurashishni uddalay olish uchun boshqalarning rad
etuvchi harakatiga nisbatan chaqirilgan. Proyeksiya atrofdagilarga
ularni qabul qilmasliklarining ratsional asosi sifatida turli negativ
sifatlarni ularning fonida o‘zini qabul qilish uchun yo‘naltirishdir.
«Agar yomon odam meni rad etsa, demak men yaxshiman yoki
yomon odamning fikri men uchun ahamiyatli emas».
Proyeksiyaning noaniq shakllarini kundalik hayotda uchratish
mumkin. Ko‘pchiligimiz o‘z kamchiliklarimizga e’tibor bermay,
boshqalarda ularni osonlikcha sezamiz. Biz atrofdagilarni o‘z
tashvishlarimizda ayblashga moyilmiz. Proyeksiya zararli bolishi
ham mumkin, chunki reallikni noto‘g‘ri anglashga olib keladi.
Bu mexanizm ko‘pincha anglamaydigan va xafa boluvchi shaxs-
larda namoyon boladi.
Introyeksiya — inson yoki obyektni simvolik internalizatsiya-
si (o‘ziga kiritishi). Mexanizm harakati proeksiyaga qarama-qar-
shidir. Introyeksiya yordamida sevgi obyektlari va o‘zining shax-
si oltasidagi farqlar bartaraf etiladi. Ba’zida boshqa odamlarga
nisbatan jaxl yoki agressiya o‘rniga yo‘q qiluvchi tuyg‘ular, o‘zini
o‘zi tanqid qilishga, o‘zini qadrlamaslikka aylanadi, chunki ayb-
lanuvchida introeksiya sodir bolgan. Bunday vaziyat ko‘pincha
depressiya holatida kuzatiladi.
93
Ratsionallashtirish — aslida mumkin bolmagan fikr, tuyg‘u,
xulq-atvorlarini oqlashga ishonchli sabablarni topuvchi hi
moya mexanizmi. Ratsionallashtirish — psixologik himoyaning
eng keng tarqalgan mexanizmi, chunki bizning xulq-atvorimiz
ko‘plab omillar orqali aniqlanadi va biz uni o‘zimiz uchun ma’qul
bolgan yo‘1 bilan tushuntirganimizda ratsionallashtirgan b o la
miz. Ratsionallashtirishni ongsiz mexanizmini to‘qib chiqarilgan
yolg‘on, firib yoki mug‘ombirlik bilan aralashtirib bolmaydi.
Intellektualizatsiya — bu himoya mexanizmi emotsional his-
tuyg‘u va kechinmalarni bartaraf etish maqsadida namoyon bola
di. Intellektual zaxiralarni katta miqdorda qollashni taqozo etadi.
Kompensatsiya yoki sublimatsiya bu real yoki hayotiy kamchi-
liklarni ongsiz tarzda bartaraf etish harakati. Kompensatorlar ha
rakat universialdir, chunki statusini egallash deyarli barcha inson-
laming istagidir. Kompensatsiya ijtimoiy yaroqli (ko‘zi ojizning
musiqachiga aylanishi) va yaroqsiz (bo‘yi past insonni) agressiv-
lik va hokimlikka intilishi bilan kompensatsiyalash, nogironlikni
qo‘pollik va nizolashuvchanlik bilan kompensatsiyalash bolishi
mumkin. Shuningdek, to‘g‘ri kompensatsiya (yutuqsiz yutuqqa eri-
shib bolmaydigan sohada omadga intilish) va bavosita kompensat-
siyaga (o‘zini o‘zi boshqa muhitda tasdiqlashga intilish) ajratiladi.
Reaktiv tuzilmalar himoya mexanizmini anglash uchun to‘g‘ri
kelmaydigan mayl, istak va tuyg‘ularni, ayniqsa, jinsiy va agressiv
ma’no jihatdan unga qarama-qarshi munosabat yoki harakatlarni
rivojlantirish yoki urg‘u berish yo‘li bilan almashtiradi. Bu himoya
mexanizmining rivojlanishi inson oliy ijtimoiy (axloqiy) qadriyat-
larni o‘zlashtirishi bilan boglaydilar. Reaktiv tuzilish xursandchi-
lik emotsiyalarini ushlab turish uchun qollaniladi. Bu mexanizm
harakatdagi qarama-qarshi ustanovkalarni amalga oshirishni
taqozo etadi. Shu jumladan, qarashlarning mustahkam belgilan-
ganligi, uyatchanlik, muruvvat hamda rahmdillik va boshqalar.
Himoya ikki bosqich xarakterga ega. Avval mumkin bolm a
gan istak siqib chiqariladi, so‘ng uning antitezasi kuchayadi.
Masalan, haddan tashqari vasiylik rad etilganlik hissini, haddan
94
ziyod ijobiy va muloyim xulq dushmanlikni berkitishlari mum
kin va boshqalar.
Reallikni rad etish bu anglanilgan vaziyatda og‘riqli bo‘ladigan
o‘y-fikr, tuyg‘u, istak, talab yoki reallikni rad etuvchi mexanizm.
Rad etish atrofdagilarning befarqligi va rad etilishini ko‘rsatsalar,
ularni qabul qiluvchi emotsiyalarni ushlab qolish maqsadida rivoj-
lanadi, harakatlaridan xuddi muammolari yo‘qdek tuyuladi. Rad
etish mexanizmining ko‘p miqdori bolalar uchun xarakterlidir.
Kattalar rad etish mexanizmini inqirozli vaziyatlarda qollaydilar.
Siljish (o‘rnini almashtirish) — kuchliroq, kattaroq va ahami-
yatliroq subyekt bilan nizoli vaziyat yuzaga kelganida o‘zining
agressiya, jahl emotsiyalarini chiqarib tashlaganda bu xavfga ay-
lanadi.
Bolalikdagi jinsiylik tushunchasiga yondashuvlar Freyd tomo
nidan XX asr boshida «Jinsiylik nazariyasi bo‘yicha 3 ocherk»
nomli asarida yoritilgan. U quyidagi fikrdan kelib chiqqan, inson
ba’zi miqdordagi jinsiy energiya bilan tug‘iladi (libido), u ma’lum
ketma-ketlikda tananing turli a’zolariga ko‘chadi.
•
Freyd psixojinsiy bosqichlarni ochilishi ketma-ketligini or
ganizmning yetilishiga ko‘ra, belgilangan (rivojlanishning bi
ologik omillari) va bu bosqichlar universial va barcha insonlarga
ularning madaniylik darajasiga qaramay xosdir. Z.Freydning yosh
rivojlanishi davrlarini shaxsning psixojinsiy nazariyasi deb ataldi,
chunki uning nazariyasini markazida jinsiy instinktlar turadi, bu
keng ma’noda qoniqish deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |