Psixologlar egizaklarni kuzatgancha va olingan natijalarni
taqqoslagancha rivojlanish jarayoniga biologik va ijtimoiy omil-
larning ta’sirini aniqlay oldilar. Bu usulni egizaklar usuli deb
nomladilar. D.B.Elkonin ko‘rsatdiki, metodologik nuqtayi na-
zardan egizaklar tadqiqotida jiddiy nuqson bor: nasliy fond
muammolari aynanlik yoki aynan emaslik nuqtayi nazaridan,
muhitli ta’sir muammosi esa hamisha aynanlik nuqtayi nazari
dan ko‘rib chiqiladi. Biroq egizaklar tarbiyalanadigan bitta (bir
xil) ijtimoiy muhit mavjud emas — bola muhitning qanday ele-
mentlari bilan o‘zaro faol harakat qilishini, albatta, inobat-
ga olish zarur. Shu sabab ishonchli natija olish uchun ikki no-
ma’lumli tenglama bolgan vaziyatlarni tanlash kerak. Shundan
xulosa kelib chiqadi, ushbu usul yordamida rivojlanish muam
molari emas, balki individual farqlar o‘rganilishi mumkin.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. Bolalar psixologiyasi predmeti.
2. Bolalar psixologiyasining metodlari.
3. Bolalar psixologiyasi fanida kuzatishning qanday turlari
qollaniladi?
4. A.Gezzelning yetilish nazariyasida tadqiqot metodlari qay
silar?
5. K.Byulerning 3 bosqichli nazariyasida tadqiqot metodlari
qaysilar?
Dostları ilə paylaş: