Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   240
Ривожланиш психологияси

4.3. Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari
Bola psixik rivojlanishi va organizm yetilishining biologik omillari
Rivojlanishning biogenetik konsepsiyasi tarafdorlari shaxsning 
asosiy psixik xislatlari insonning hayotiy taqdirini belgilovchi 
uning tabiatini o‘ziga (biologik boshlanish) joylashtirilganligini 
taxmin qiladi. Ular intellekt, shaxsning amoral xislatlari va bosh- 
qalarni genetik dasturlashtirilgan, deb hisoblaydilar.
Biogenetik konsepsiyaning yuzaga kelish yo‘lida birinchi qa- 
dam Ch.Darvinning rivojlanish — genezis — muayyan qonunga 
bo‘ysunishi haqidagi nazariyasi boldi. Kelgusida har qanday yirik 
psixologik konsepsiya hamisha bolalar rivojlanishining qonunlari- 
ni izlash bilan bogliq boldi.
Nemis olimi E.Gekkel (1834—1919) va nemis fiziologi I.Myul- 
ler (1801—1858) hayvon va inson ona qornidalik vaqtida filoge- 
nezning ushbu turida oladigan bosqichlarni qisqacha takrorlaydi, 
degan biogenetik qonunni ta’rifladilar. Bu jarayon bolaning on- 
togenez rivojlanish jarayoniga olkazilgan.
Mashhur rus fiziologi I.P.Pavlov (1849—1936) asosida shartli 
reflekslar yotadigan axloqning egallangan shakllari mavjudligini 
isbotladi. Bu inson rivojlanishi instinkt va o‘rganishning namoyon 
bolishiga olib kelishi to‘g‘risidagi nuqtayi nazarni dunyoga kel- 
tirdi. Nemis psixologi V.Keler (188—1967) insonga o‘xshash may- 
munlarda tajriba olkazib ularda intellekt mavjudligini kashf qildi. 
Bu fakt psixika o‘z rivojlanishida uchta bosqichni olashi haqida­
gi nazariya asosiga joylashdi: 1) instinkt; 2) o‘rgatilish; 3) intellekt.
S.Xollning shogirdi mashhur amerikalik psixolog A.Gezell 
bolalarni tugllgandan o‘smirlik yoshigacha takrorlanuvchi ke-
79


sishmalar yordamida ularni psixik rivojlanishini longityud meto­
di orqali o‘rgangan. Gezellni bola xulqi yosh o‘tgan sari qanday 
o‘zgarishi qiziqtirgan, u bolani harakat ko‘nikmalaridan boshlab 
mashg‘ulotlardagi talablarini intellektual qiziqishlarini ham ino- 
batga olgan holda psixik faollikni aniq shakllarini yuzaga kelishi- 
ni namunaviy vaqtinchalik grafigini tuzishni xohlagan.
Gezzel o‘zining tadqiqot metodini biografik-laboratoriyaviy 
deb atagan. U tomonidan tashkil etilgan markazda laboratori- 
yada motorikani nutqni bolalarni ijtimoiy hamkorligini obyektiv 
ro‘yxatga olish uchun maxsus apparatura qo‘llanilgan bir tomon­
lama ko‘rinadigan oyna ishlatilgan (gezzel oynasi). U kuzatuv 
sharoitlarini bola hayotining tabiiy sharoitlariga yaqinlashtirish- 
ga harakat qilgan. Maxsus jihozlangan eksperimental xonada 
bolaga mashg'ulotlar turini tanlash imkoni berilgan — qum yoki 
suv bilan o‘ynash, taom tayyorlash harakatli o‘yinlar (bir so‘z 
yoki boshqa bolalar bilan). Diagnost va maslahatchilar faqatgina 
ota-onalarning ma’lumotiga tayanmasdan, bola xulqini xarakter- 
li usullarini kuzatishlari mumkin edi.
Shuningdek, Gezell egizaklar rivojlanishini o‘rganishda taqqos­
lash metodini qo‘llagan, norma va patalogiyadagi rivojlanishni 
(masalan, ko‘r bolalarda) o‘rgangan. Natijada u chaqaloqning 3200 
nafaridan iborat tuzilgan atlasni yaratdi, 16 yoshgacha bo‘lgan bola­
larning rivojlanish fenomenologiyasi to‘liq yoritilgan motorika, 
xulq-atvor nutqqa nisbatan rivojlanish normalarining ko‘rsatkichlari 
ajratib olingan. Gezellning testlar tizimi normativ yondashuv doirasi- 
da bola psixik rivojlanishining amaliy diagnostikasini tuzdi.
Gezellning yetilish nazariyasiga asosan, optimal rivojlanishda 
tug‘ma tendensiya mavjud.
Ijtimoiy rivojlanish harakat va psixik rivojlanish ma’lum ket- 
ma-ketlikda bir qator yosh bosqichlarini o‘tadilar. Gezell aniqla- 
gan bosqichlar rivojlanish tempi harakatlar o‘sishi miqdori bilan 
farqlanadi. Gezell shakllantirgan rivojlanishning umumiy qonu- 
niyatiga ko‘ra, psixik rivojlanish tempi yuqori va yutuqlar ham 
ancha ahamiyatli hayotning birinchi davrlarida ulg‘aygan sari
80


rivojlanish tezligi susayadi. Gezellning yosh rivojlanishini davr- 
lashtirilishi bolalikni rivojlanish davrlariga o‘sishning ichki tem- 
pini o‘zgarish mezoni bo‘yicha talab etadi. Tug‘ilgandan 1 yosh­
gacha xulqning eng yuqori o‘sishi 1 yoshdan 3 yoshgacha o‘rta 
va 3 yoshdan 18 yoshgacha rivojlanishning past tempi hisoblana­
di. Gezellning ilmiy qiziqishlari markazida aynan ilk bolalik uch 
yoshgacha bolgan bolalar bolagan. Gezzel bolaning rivojlanishi­
ni organizmning yetilishini biologik omillariga asoslangan mu- 
hitga moslashish shakli sifatida ko‘radi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin