Filogenez (yunoncha, phyle — qabila, genesis — kelib chiqish, paydo
bo'lish) — muayyan tirik mavjudot turining yerda hayot boshlangani-
dan keyingi evolutsion taraqqiyot jarayoni.
Shveysariyalik psixolog E.Klapared «Bola psixologiyasi va ek-
sperimental pedagogika» asarida qiziqish, motiv, ehtiyojlarning
metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivoj
lanish qonuniyatlari, o‘xshashlik va tafovutning bola ongida sodir
etilishi to‘g‘risida mulohaza yuritadi.
Fransuz psixologi E.Dyurkgeym, ulg‘ayish
kishilarning his-
tuyg‘ularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan
tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajri-
ba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini,
biologiyada ir-
siyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday
o‘rin tutishini uqtiradi.
Yana bir fransuz psixologi P.Janening fikriga ko‘ra, inson
psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq, zotan jamiyat va ta-
biat o‘rtasidagi turli aloqalar tizimining shakllanishi,
insonning
ulg‘ayishini belgilaydi. U aloqa sifatida xatti-harakatni tushuna-
di, bu esa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan bosh
qa narsa emas, albatta. P.Janening ta’kidlashicha, eng qimmatli,
ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o‘z ifoda-
sini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning mu
him tamoyili hisoblanadi.
Amerikalik psixolog Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bi
lan ta’lim o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, inson
ning kamolot sari intilishi bilim
olish samaradorligini oshirsa,
o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini jadallashtira-
di, deb uqtiradi.
Shuningdek, J. Piaje, E.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galton, A.Bine,
A.Anastazi, T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning
mavqeyini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim, ko‘nikma
va malakalarning ahamiyatini, mashqlarning o‘rnini ilmiy-amaliy
asoslab berishda muhim o‘rin egallaydilar. Bu ta’limotlar hozirgi
kunda ham o‘zining ahamiyatini saqlab qolmoqda.
65
Hozirgi kunda mamlakatimizda ham yosh davrlari psixologi
yasi va pedagogik psixologiya fanining muhim muammolariga
doir qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar
psixolog olimlar tomonidan
olib borilmoqda.
Respublikamizdagi yetakchi oliygohlarning kafedra va labo-
ratoriyalarida yosh davrlari va ta’lim-tarbiyaning psixologik xu
susiyatlari bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq etish yuqori malaka-
li mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar bilan jihozlangan
sharoitlarda ilmiy tadqiqot ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur muammolarning yechimi hozirgi zamon fanining
metodologik
tamoyillari asosida, yaqin va uzoq xorijiy mam-
lakatlarda bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yu-
tuqlari va g‘oyalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda
o‘zining munosib o‘rnini egallab bormoqda. Bu borada RIvanov,
M.Vohidov, M.Davletshin, E.G‘oziyev, R.Gaynutdinov, B.Qodi-
rov, R.Sunnatova, A.Jabborov va boshqalarning
ilmiy tadqiqot-
larini e’tirof etish mumkin. Jumladan, o‘quvchilarning texnik
qobiliyatlari, o‘quv motivlari, zamonaviy maktab o‘quvchisining
psixologik qiyofasi M.G.Davletshin va uning izdoshlari A.Jab
borov, F.I.Haydarov, M.M.Mavlonovlar tomonidan,
tafakkur va
ta’limni boshqarish muammosi E.G.G‘oziyevning tashabbusi-
da, iste’dodli o‘quvchilar va kasb tanlash muammosi B.R.Qo-
dirov rahbarligida, bolalarning aqliy faoliyat muammosi R.I.Sun-
natovalar tomonidan samarali olib borilmoqda.
Shu tariqa yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlari-
dan o‘tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga 0 ‘rta
Osiyo allomalari, rus va chet el psixologlari munosib hissala-
rini qo‘shdilar. Yuqorida aytilgan nazariyalar,
amaliy va ilmiy
ma’lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalar o‘z ahamiyati
ni saqlab kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: