I ll BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING SHAKLLANISH
TARIXI
Reja:
1. Psixologiya fanlarining mustaqil sohasi sifatida yosh psi
xologiyasining shakllanishi.
2. Bolalar psixologiyasini tizimli o‘rganishning boshlanishi.
3. XIX asr o‘rtalari va XX asr boshlarida Rossiyada yosh psixo
logiyasining shakllanish tarixi.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
bo‘lajak psixologlar tomonidan yosh psixologiya
si fanining rivojlanish tarixi haqidagi bilimlarni o‘zlashtirilishi-
ni tashkil etish.
Tarbiyaviy:
bolajak psixologlar tomonidan yosh psixologiyasi
fanining rivojlanish tarixi haqida bilim, malaka va ko‘nikmalari
asosida dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi:
mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv
maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar:
yosh psixologiyasi, bolalar psixologiya
si, rivojlanish, ontogenez, filogenez.
3.1. Psixologiya fanlarining mustaqil sohasi sifatida yosh
psixologiyasining shakllanishi
Yosh psixologiyasi alohida fan sifatida XIX asrning boshlari
da vujudga kelgan bolishiga qaramay, uning mustaqil fan sifati
da rivojlanishi va qaror topish yo‘li ancha murakkab kechgandir.
0
‘tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini,
muayyan ilmiy yo‘nalishda o‘rganmagan bo‘lsalar-da, biroq allo-
malarning qo‘lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon b o li-
shi, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuk
sak ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular
bilan bog‘liq bolgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy
hal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o‘zaro uzviy bog‘liq
bolgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy mavjudotni bilish-
52
da ilm-fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha in
son tanasi, miyasi, sezgi organlari tugllishda mavjud, lekin aqliy
bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va axloqiy xislatlari, xarak-
teri, dini, urf-odatlari, m a’lumoti tashqi muhit, boshqa insonlar
va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o‘z faoliya-
ti yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli, fikri,
ruhiy yuksalishning eng yetuk mahsuli boladi, deb ta’kidlaydi.
0 ‘qituvchi shaxsining psixologik xususiyatlari masalasida Abu
Nasr Forobiy: « 0 ‘qituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega b o li-
shi va o‘quvchilarga aytmoqchi bolgan fikrlarini to la va aniq ifo-
dalay olishni bilm ogl zarur», «
0
‘qituvchi va rahbarning vazifa-
si dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi
eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosat
ga, chiroyli nutqqa ega bolishi, o‘quvchilarga aytmoqchi bolgan
fikrlarini to la va aniq ifodalab berishni bilm ogl lozim. Shu bi
lan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bolishi lozim. Ana
shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega boladi va baxt
cho‘qqisiga erishadi», — deb ta’kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari
va mavqeyi, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari
chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida yaratil
gan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik tamoyillarini muta-
fakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiat-
ning bir qismi deb ta’kidlaydi.
Beruniy ta’lim jarayonining mohiyatiga chuqur kirib borib,
bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan
o‘qitish samarali bolishini uqtiradi. Beruniy pedagogik ijodi-
da inson va uning baxt-saodati, ta’lim-tarbiyasi, kamoloti bosh
masala bolgan.
0
‘rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining
dohiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va qalbning birligi,
inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning
tarmoqlanishi, holatlari haqidagi qimmatli m a’lumotlari hozir-
ga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi. Abu Ali ibn
53
Sinoning fikricha: «...0‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y
va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi bila-
digan odam bo‘lmog‘i lozim.
0
‘qituvchi o‘quvchining butun ich-
ki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira ol-
mog‘i lozim».
Yusuf Xos Hojib ijodining bosh masalalaridan biri — komil in-
sonni tarbiyalashdir. U o‘z asarlarida eng komil, jamiyatning o‘sha
davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur
qilgan bolsa, shu asosda u o‘z tamoyillarini izchil bayon eta-
di. «Qutadg‘u bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilim») asari ta’lim va
tarbiya, m a’naviy kamolotning yo‘l-yo‘riqlarini, usullarini, cho-
ra-tadbirlarini o‘zida mujassamlashtirgan, axloq va odobga doir
ma’naviy manbadir.
Abdurahmon
Jomiyning
«Bahoriston»,
«Xirandnomai
Iskandari», «Tuhfat-ul-axror» va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat,
ta’lim-tarbiya, kasb-hunar o‘rganish, inson ijobiy fazilatlari ha
qidagi flkrlari ifodalangan.
Ta’lim va tarbiya jarayonida tarbiyachi va o‘qituvchi shaxsi eng
m uhim omil bolganligi tufayli Nasriddin Tusiy « 0 ‘qituvchilarni
tarbiyalash to‘g‘risida» degan asarida shunday fikrlarni ifodalay-
di: «
0
‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bolm ay-
digan darajada isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga
ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadi-
gan bolishi lozim...
0
‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayer-
da zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bolishi mumkin emas. Dars
paytida o‘qituvchi o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin...».
Alisher Navoiyning «Xazoyin-ul-maoniy», «Mahbub-ul-qulub»
va boshqa shu singari asarlarida yetuk, barkamol insonning ax-
loqi, ma’naviyati, o‘zgalarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati
to‘g‘risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik
mezonlar ijtimoiy adolatning qaror topishi uchun muhim aham i
yatga ega ekani ta’kidlangan. Shu bilan birga o‘qituvchi mehnati-
ni xolisona baholab: «Agar shogird podsholikka erishsa ham, un-
ga (muallimga) qulluq qilsa arziydi», deydiki, bu orqali ta’lim
54
va tarbiya jarayonidagi o‘qituvchi shaxsini markaziy shaxs sifati
da ko‘radi. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol
inson sifatida shakllanishida ota-onaning roli, ayollarning iffat-
liligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikr-mulohazalari alohida
o‘rin egallaydi.
Navoiy «Xamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda,
qat’iyatlilik, itoat, insonparvarlik tuyg‘ulari, ijodiy xayolot, in
sonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Shu
ningdek, bu borada Mahmud Qoshg'ariy, Ulug‘bek, Naqshbandiy,
Ogahiy singari buyuk Sharq mutafakkirlarining yoshlar tarbiyasiga,
o‘qituvchi, tarbiyachining jamiyatdagi o‘rni, axloq-odob, fe’l-atvor,
oilaviy hayot, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ularning
asarlarida ravon va ixcham bayon etilganligini ta’kidlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |