Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Bolalar psixologiyasini tizimli o‘rganishning boshlanishi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   240
Ривожланиш психологияси

3.2. Bolalar psixologiyasini tizimli o‘rganishning boshlanishi
Yosh va pedagogik psixologiya fanning alohida tarmog‘i si­
fatida o‘zining kelib chiqish va rivojlanish tarixiga ega. Yosh va 
pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmi- 
da tarkib topadi. Bunda taniqli rus pedagogi K.D. Ushinskiyning 
asarlari, ayniqsa uning «Inson tarbiya predmeti sifatida» nomli 
asari katta rol o‘ynaydi.
Bundan tashqari Ch.Darvinning evolutsion g‘oyalari ham yosh 
psixologiyasining taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Evolutsion 
ta’limot psixik taraqqiyot manbalari muammosiga e’tiborini qa- 
ratishga olib keladi.
XX asrning boshlariga kelib, umumiy psixologiyada o‘tkazi- 
ladigan eksperimental tadqiqotlarni pedagogika sohasiga shun- 
dayligicha o‘tkazish mumkin deb qaraldi. Ammo o‘sha davr- 
ning umumiy psixologiya fani pedagogika uchun yetarli bilimlar 
boyligini bera olmas edi.
Psixik taraqqiyotning dastlabki konsepsiyalari Ch.Darvin­
ning evolutsion ta ’limoti, biogenetik qonun ta’sirida vujudga kel­
di. XIX asrda biologlar E.Gekkel va F.Myuller tomonidan bioge­
netik qonun rekapitulyatsiya (takrorlanish) tamoyiliga asoslanib
55


kashf etildi. Unga ko‘ra organizmning individual taraqqiyoti 
o‘sha turning tarixiy taraqqiyotida aks etadi. Organizmning indi­
vidual taraqqiyoti (ontogenez) o‘sha tur avlodlari tarixiy taraqqi- 
yotini (filogenez) takrorlaydi. Rekapitulyatsiya tamoyili o‘z vaqti- 
da psixologiyaning rivojlanishiga muhim ta ’sir ko‘rsatdi. Uning 
ta ’sirida amerikalik olim E.Xoll (1844—1924) bolalar psixik taraq- 
qiyotining bir butun nazariyasini yaratdi.
E.Xoll AQSHda ta’lim-tarbiya tizim ini va maktablarni qay­
ta tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik talabiga ko‘ra bolalar psixi- 
kasini o‘rganishga kirishdi. Bunda u anketa, so‘rovnoma metod- 
laridan foydalandi. Olimni bolalar atrof-muhitni qanday tasavvur 
qilishi, turli vaziyatlarda o‘zlarini qanday his qilishlari, ularning 
dastlabki xotiralari qanday, ular boshqalarga qanday munosa­
batda bolishi qiziqtirdi. U bolalar o‘yinlari, qo‘rquvlari, nutqi, 
rasmlarini dastlabki odamlarniki bilan solishtirishga harakat qil- 
di. Olingan materiallar asosida turli yoshdagi bolalarning psixik 
hayotini yuqorida ta’kidlangan rekapitulyatsiya tamoyiliga aso- 
san «qayta tuzishga» urinib ko‘rdi. E.Xoll aniq bir bola va ilgari 
yashagan insoniyat rivojlanishida o‘xshashlik borligini aniqladi. 
Masalan, bolalarning qum bilan o‘ynashini dastlabki odamning 
g‘orlarda yashab, ildizlarni to‘plashlariga o'xshatdi. 5-12 yoshli 
bolalarning o‘yinlarini dastlabki odamlarning ovchilik instinkt- 
lariga o‘xshatdi; o‘smirlarning o‘yinlarini hind qabilalaridagi 
hayot tarziga o‘xshatdi. Xollning ta’kidlashicha, psixik rivojla­
nish bosqichlarining ketma-ketligi genetik jihatdan ta’minlangan.
Biologik omil, instinktlarning yetilishi xulq-atvor almashili- 
nishida asosiy determinatdir.
5-jadval

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin